Namangan iqtisodiy zonasi


Download 379.26 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi379.26 Kb.
#1494619
  1   2   3
Bog'liq
Namangan iqtisodiy zonasi 72a-20 guruh

Namangan erkin iqtisodiy zonasi

Namangan erkin iqtisodiy zonasini tashkil topishi

  • Namangan viloyati hududida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida nazarda tutilgan.
  • Hujjatda aytilishcha, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5517-sonli Farmoniga muvofiq Namangan viloyati Chust tumani hududida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan.
  • Boshqaruv xodimlari soni 4 nafardan iborat boʻlgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga Direksiyaning tasdiqlangan tuzilmasiga va xodimlari soniga investitsiyalar hajmi va erkin iqtisodiy zona hududida joylashtirilgan investitsiya loyihalari soniga bogʻliqlik asosida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
  • “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Namangan viloyati, Chust shahri, Charagʻon koʻchasi, 1-uy manziliga joylashtiriladi.
  • “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan ustavda koʻrsatib oʻtilgan.

“Namangan” erkin iqtisodiy zonasida Shangan brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi

  • Chust tumani hududida joylashgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida Xitoyning Shangan brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi boshlaBunga bagʻishlangan marosimda viloyat hokimi Xayrulla Bozorov ishtirok etdi.
  • Mazkur erkin iqtisodiy zona Prezidentning 2018-yil 20-avgustdagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, 681 gektar maydonni egallagan. Hozirda bu yerda umumiy qiymati 601 million dollarlik 18 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ulardan ikkitasi — “Chust tekstil” va «Ifoda agrokimyohimoya» korxonalari allaqachon oʻz faoliyatini boshlagan.
  • Xitoyning Shangan brendiga mansub kichik yuk avtomobillarini ishlab chiqarish “Xorijdagi vatandoshlar” loyihasi doirasida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishga soʻnggi 10 yil davomida BAAning Ajman shahrida istiqomat qilib kelayotgan asli namanganlik tadbirkor Jobirxon Homidov tomonidan 800 ming dollar, 2 million dollar xorijiy investorlar ulushi va 3 million dollar bank krediti, jami 5,8 million dollar miqdorida investitsiya kiritilmoqda.
  • Namangan Shangan Motors MCHJ tomonidan loyihaning birinchi bosqichida yiliga 1800 ta 1—1,5 tonna yuk koʻtaradigan 4 xil rusumdagi avtomobillar ishlab chiqariladi va 120 kishi ish bilan taʼminlanadi. Keyingi 3 yil davomida mahalliylashtirishni 50 foizgacha yetkazish va mahsulotning uchdan bir qismini BAA hamda Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilish koʻzda tutilgan.

Download 379.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling