Namangan shaxar Toshkent Kimyo xalqoro universiteti Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo`nalashi talabasi Xamdamov Javoxirning Makroiqsodiyot fanidan tayyorlagan


Download 1.53 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1381034
Bog'liq
xamdamov javohir

Namangan shaxar Toshkent Kimyo xalqoro universiteti Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo`nalashi talabasi Xamdamov Javoxirning Makroiqsodiyot fanidan tayyorlagan


Tayyorladi : Xamdamov.J
Qabul qildi: Soliyev.I
Mustaqil ishi

Qozogiston davlati haqida

  • Reja:
  • Qozogiston davlati haqida
  • Davlat tuzumi
  • Xoʻjaligi
  • Transporti
  • Eskport va import
  • Oʻzbekiston – Qozogʻiston munosabatlari

Bayrogi
Gerbi
Joylashuvi

Qozogiston davlati haqida

  • Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi (qozoqchaҚазақстан, Qazaqstan, Қазақстан Республикасы, Qazaqstan Respublikası) – Oʻrta Osiyo va Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 17 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Astana shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Astana, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qaragʻandi va Aqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubda – Turkmaniston – 380 km, Oʻzbekiston – 2 300 km va Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km hosoblanadi.[5] Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi.[6] Qozogʻiston aholisi soni 19,17 mln. kishi (2022-yil) Qozoqlar aholining 70.4% ni tashkil qiladi.

Davlat tuzumi

  • Qozogʻiston – boshqaruvning prezidentlik shaklidagi unitar davlat.[7] Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30-avgustdagi referendumda qabul qilingan; 1998-yil 7-oktabrda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.[8] Davlat boshligʻi – prezident (2019-yil apreldan Qosim-Joʻmart Toqayev), u umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Xoʻjaligi

  • Qozogʻiston – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 23 %, savdo va umumiy ovqatlanish 18 %, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi 12,7 %, transport va aloqa 11,8 % ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi 167 milliard dollar (2018 y) va bu borada Markaziy Osiyodagi mutloq yetakchi davlat.

Transporti

  • Transportida temir yoʻllar uzunligi 13,5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 87,4 ming km. Kaspiy va Orol dengizlariBalxashIrtishUralSirdaryo daryolarida kema qatnaydi. Truboprovod transporti rivojlangan. „Air Kazakhstan“ havo yoʻllari kompaniyasi mavjud

Eskport va import

  • Qozogʻiston chetga avtomobillar, turli harbiy texnikalar, lokomotivlar, neft va tabiiy gaz, qora metall, mis, gʻalla, koʻmir, oziq-ovqat va boshqa turli hil yuqori sifatli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va jihozlar oladi. Tashqi savdoda ItaliyaFinlandiyaJanubiy KoreyaBAARossiyaUkrainaQirgʻizistonGermaniyaXitoy bilan faol hamkorlik qiladi. Pul birligi – tenge. Qozogʻiston Markaziy Osiyodagi iqtisodi eng kuchli davlat.

Oʻzbekiston – Qozogʻiston munosabatlari

  • Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari — izchil rivojlanmoqda. Qozogʻiston Oʻzbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning yarmi uning hissasiga toʻgʻri keladi. Shunga qaramasdan, ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan imkoniyatlar koʻpdir.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling