Nammqi qurulish fakulteti 34 biq – 16 guruh talabasi Abdulhaev Ayubxonning Hayot faoliyati xavfsizligi Fanidan 2 – oraliq nazorat ishi


Download 22.27 Kb.
Sana25.04.2020
Hajmi22.27 Kb.
#101305
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI


NamMQI Qurulish fakulteti

34 BIQ – 16 guruh talabasi

Abdulhaev Ayubxonning

Hayot faoliyati xavfsizligi

Fanidan 2 – oraliq nazorat ishi

10 – Variant

  1. Yonuvchi moddalardan himoyalanish chora – tadbirlari.

  2. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam.

  3. Yoqori xavfli elektr toki.

JAVOBLAR;

  1. Yonuvchi moddalardan himoyalanish chora – tadbirlari:


Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini loyihalash:

Portlashga moyil xonalari mavjud bo‘lgan sanoat korxonalarini loyihalashda, ularni portlashdan va butunlay buzilib ketishdan asrab qolish uchun xizmat

qiladigan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Bunday tadbirlarni asosiy vazifasi sanoat korxonasining portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘lib, portlashga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi. Bu kabi xavfsizlik muammolari ishlab chiqarish tartibini yaratish yoki tanlash jarayonida mukammal echilishi kerak. Ya’ni ishlab chiqarishda shunday texnologik tizimni tanlash lozim bo‘ladiki, uni ishlatish jarayonida dastgoh va uskunalardan portlovchi gaz va havo aralashmasini hosil bo‘lishiga etarli bo‘lgan yonuvchi gaz va suyuqliklarni oqib chiqishiga va chiqqan taqdirda ham portlaydigan miqdorgacha yig‘ilib qolmasligini ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak. Agar barcha tadbirlarni bajarganda ham, portlash xavfi to‘liq bartaraf etilmaydigan bo‘lsa, bu holda bino va inshootlarni loyihalashda maxsus konstruktiv echimlar vositasi bilan ularni portlash oqibatidagi buzilish darajasini kamaytirish choralari qo‘llaniladi.

«Portlash xavfsizligi» davlat me’zoni talablari bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari shunday takomillashgan bo‘lishi lozimki, yil davomida ularda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlash ehtimoli 1/106 dan oshmasligi kerak. Ammo har qancha texnologik ogohlantirishlar va texnik-tashkiliy tadbirlarni qo‘llanishiga qaramay, ba’zan talofatli portlashlar sodir bo‘lib turadi. Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi bo‘yicha A va B toifasiga kiruvchi sanoat korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo‘lishi sababli yong‘in yoki portlash sodir bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib ketishdan saqlash maqsadida «Ishlab chiqarish binolari» loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda portlash paytida hosil bo‘ladigan bosimni ta’sir kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi» binoning yuk ko‘taruvchi asosiy qismlarini saqlab

qolish uchun xizmat qiladigan qurilmalar rejalashtiriladi.

Engil otilib ketuvchi qurilmalarga qo‘yiladigan asosiy talab, xonadagi xavfli gaz va havo aralashmasi bosimini portlash vaqtida, binoning asosiy yuk ko‘taruvchi qismlarini buzilib ketmasligini ta’minlay oladigan darajada chegaralashdan iborat.

Engil otilib ketuvchi qurilmalari tashqi devorlarda yoki tomda o‘rnatiladi. Devorda o‘rnatiladigan qurilmalar tomdagisiga nisbatan 3050%ga samaraliroq va tiklash jarayonida kam xarajatli hisoblanadi. Engil otilib ketuvchi qurilmalarni xisoblash va loyihalashda ularni massasini va mustahkamligini shunday tanlash kerakki, portlash vaqtida devorlarga tushadigan bosim (Rp), ruxsat etilgan bosim (Rrux) dan ortiq bo‘lmasin, ya’ni Rp < Rrux. Bunday qurilmalar, bino va inshootlarni tom yopiladigan qismida yoki tashqi devorida o‘rnatiladi. Ularning umumiy maydoni, A toifadagi korxonalar uchun portlash xavfi mavjud bo‘lgan xonalarning har 1m3 hajmiga 0,05m2 dan va B toifadagi korxonalar uchun esa har 1m3 hajmiga 0,03m2 dan kam bo‘lmagan miqdorda loyihalashtiriladi.

Engil otilib ketuvchi qurilmalarga deraza, eshik, darvoza, asbestsement fanerdan, alyumin va po‘lat tunukalar bilan qoplanib, ichiga engil isitgich polimerlar bilan to‘ldirilgan panellar va shunga o‘xshash engil qurilmalar misol bo‘la oladi. Bunday qurilmalarning engil otilib ketishi uchun ruxsat etilgan og‘irligi 120kg/m2 dan oshmasligi kerak.

Derazalarning engil otilib ketuvchi qurilmalarga aylanishi uchun ulardagi oynalarning qalinligi 3, 4 va 5mm bo‘lganda, sirti mutanosib holda 0,8; 1,0 va 1,5m2 dan kam bo‘lmasligi lozim. Tomyopgich sirtida o‘rnatilgan engil otilib ketuvchi qurilmasining umumiy maydoni aniqlangandan keyin, uni har biri 180m2 dan oshmagan, alohida to‘rtburchaklarga bo‘lingan holda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu qurilmalarning og‘irligidan hosil bo‘ladigan bosim 0,7kPa (70kgs/m2)dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. A va B toifadagi bir qavatli binolarni tomida o‘rnatilgan Engil otilib ketuvchi qurilmalari, ishlab chiqarish tartibi talablarini buzmagan va atrof-muhitni hisobga olgan holda tashqi devorga yaqin joylashtirilishi va ko‘p qavatli binolarda oxirgi qavatda yoki tashqi devorda o‘rnatilishi lozim. Bunday xonalarni erto‘la va er osti qavatlarida joylashtirilishi ruxsat etilmaydi.



  1. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam:


Birinchi yordam — baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini saklab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. Birinchi yordam oʻz-oʻziga yoki boshqalar tomonidan (oʻzaro) koʻrsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish alomati boʻlganida, mas, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, oʻz-oʻziga Birinchi yordam koʻrsatishi mumkin. Oʻzaro Birinchi yordam odatda boshka kishi tomonidan koʻrsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mas, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam koʻrsatish zarur. Keyingi koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq. Mac, suyak ochiq singanda bogʻlov va shina (taxtakach)ning tez va toʻgʻri qoʻyilishi (qarang Immobilizatsiya), koʻpincha shok va boshqa ogʻir kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi.

Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi: 1) tashki shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan ogʻir narsa va boshqalar) taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan olib chiqish va boshqalar); 2) shikastlanish tarziga qarab Birinchi yordam koʻrsatish (bular haqida q. Suyak chiqishi, Suyak sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va b.); 3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam chakirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur. Toʻgʻri Birinchi yordam koʻrsatish uchun doim tegishli bilim va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi dori kugichada Birinchi yordam uchun zarur boʻlgan hamma narsalar boʻlishi kerak.




  1. Yoqori xavfli elektr toki:


Elektr toki — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun:

moddada erkin elektr zaryadlari;

ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon;

zanjir berk boʻlishi kerak.

Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlarda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat.

Zaryadli zarralarning elektr maydon taʼsirida jismga nisbatan koʻchishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki oʻtkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, suyuqlik yoki gaz)larning koʻchishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bogʻliq boʻlmay, balki elektr maydon kuchlanganligining vaqt boʻyicha oʻzgarishiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Siljish toki magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina oʻtkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir.

Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi taʼsir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin:

issiqlik taʼsiri — tok oʻtayotganda oʻtkazgich (oʻta oʻtkazgich bundan istisno) qiziydi;

kimyoviy taʼsiri — Elektr toki oʻtkazgichning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi (masalan, elektroliz hodisasi);

magnit taʼsiri (masalan, tokli oʻtkazgich yonida magnit milining ogʻishi, elektromagnitlar);

kuch taʼsiri (masalan, magnit maydonida tokli oʻtkazgichning ogʻishi, elektr dvigatellar);

yorugʻlik taʼsiri (masalan, siyraklangan gazlarda razryad, elektr yoyi). Tok kuchi ampermetr, milliampermetr, mikroampermetr va galʼvanometr bilan oʻlchanadi.



Zaryadlarning tartibli harakatiga oʻzgarmas tok dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan
Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling