Namozov Asliddin Turobovich
INTENSIV KURS
Darslik va test to‘plami bilan muvofiq ishlash
REJASI:
1. Adabiyot darsi haftada bir marta o‘tiladi. Abiturientlar darslikni shu asosda belgilangan dars mobaynida o‘qib tugatishadi.
2. Abiturientlar har bir darsni darslik asosida o‘qib, mustaqil yoki o‘qituvchi nazoratida og‘zaki savol-javob qilib olishgandan so‘ng test savollarini birgalikda ishlashadi.
3. Keyingi darsda abiturientlar o‘tilgan darsning har bir mavzusiga ijodiy yondashib DTM testlarida tushishi mumkin deb hisoblangan, test to‘plamida keltirilmagan 10 tadan 15 tagacha yangi, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan savollarni tuzib kelishadi.
4. Abiturientlarning tuzib kelishgan yangi test savollari o‘qituvchi nazoratida xulosalanadi va test to‘plamiga ilova qilinadi.
5. Darslik o‘qib tugatilgandan so‘ng yakuniy nazorat kompyuterda test to‘plamining elektron versiyasi orqali o‘tkaziladi. Bunda abiturientlar bazadagi barcha o‘rganilgan savollardan tanlangan 36 talik variant asosida imtihon topshirishadi.
Qo`llanma o`rta maktab o`quvchisi, akademik litsey talabasi, adabiyot o`qituvchisi va oliy o`quv yurtiga kirish uchun mustaqil tayyorlanuvchilar uchun mo`ljallangan.
Tuzuvchi: Namozov Asliddin Turobovich
Mas’ul muharrir: Nurmatov Javlonbek Nabievich
Tex. Muharrir: Obidov Azamat Erkinjonovich
5-SINF
1-DARS. ADABIYOT – SO’Z SAN’ATI. (3-347-betlar)
Reja:
1. Hikmat durdonalari.
2. Rivoyat va ertaklar olamida.
3. Bolalikning beg’ubor olami.
4. Mumtoz adabiyot bo’stoni.
5. Vatanni sevmoq iymondandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |