Narx va narx siyosati


Download 1.16 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1595909
Bog'liq
Marketing Qurbonov Shamshod (2)

Narx va narx siyosati

Bajardi:Qurbonov SH

Tekshirdi:Fazliyev S

Reja: 1. Narx tushunchasi va uning mohiyati 2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari

1. Narx tushunchasi va uning mohiyati Narx bozor kategoriyasi tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatning bozordagi ko‘rinishidir.

Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘liqqan bo‘ladi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:

Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi; Hisob-kitob, o‘lchov funksiyasi; Iqtisodiy regulyator funksiyasi; Raqobat vositasi funksiyasi; Ijtimoiy himoya funksiyasi.

2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari


Ikki narx segmenti yaqqol ko‘zga tashlanadi: “narx” xaridori va “sifat” xaridori mavjud. Ko‘pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul sarflaydilar. Yuqoriroq narxlar go‘yo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar xaridida ko‘pincha kuzatiladi.

Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi: 1. Talab omillari (bozorda o‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo‘lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo‘naltirilgan narx) 2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda). 3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‘xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo‘lgan narxni bilish.

Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat: - narxni belgilash masalasi qo‘yiladi, - talab aniqlanadi, - xarajatlar baholanadi, - raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi, - narxni shakllantirish uslubi tanlanadi, - oxirgi natijaviy narx o‘rnatiladi.

«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga yetib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.

«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling