Natijalarini va kompetensiyalarni baholash


Download 34.04 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi34.04 Kb.
#1583438
  1   2   3   4
Bog'liq
Baholash mezoni Falsafa


FALSAFA FANIDAN O‘QITISH
NATIJALARINI VA KOMPETENSIYALARNI BAHOLASH

Tasdiqlayman”


Tabiiy va gumanitar fanlar
kafedrasining mudiri
____________ B.Kabirova
“__” ___________ 20__-yil

O‘quv fani o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish va baholash o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida, amaliy ravishda amalga oshiriladi. Baholash metodlarini shakllantirish baholash ob’ekti nima ekanligini aniqlash kerak (aniq nimani baholash). O‘qitish natijalarini faoliyat natijalari orqali baholash, kompetensiyalar faqat faoliyat jarayonida baholanadi (faoliyatning to‘g‘ri bajarilganligini kuzatib borish). O‘quv fan (modul) ining o‘qitish natijalarini va kompetensiyalarni baholash:


A’lo” 5 baho:
Amaliy faoliyatni to‘g‘ri bajarilishi (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va hokazo) 90-100% ga bajarish;
Falsafa fanidan o‘tilgan mavzu mazmunini chuqur va to‘la egallab olgani, o‘quv materialidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda o‘rgatiladigan bilimlarni mazmun jihatidan ajrata bilganligi, o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga erkin, ijodiy fikrlab javob qila olgani, aytilgan ta’rif va tushunchalarni izohlay bilgani, shuningdek, javoblarni to‘g‘ri usulda, ijodiy, ishonchli va bexato bo‘lishi.
Yaxshi” 4 baho:
Amaliy faoliyatni (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va boshqalarni) bajarish algoritmiga muvofiq 75-89 foizga bajarish;
Falsafa fanidan o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv materialining mazmunini chuqur va to‘la o‘zlashtirgani, o‘rganilgan tushunchalar ta’riflarini to‘la bayon eta olishi, berilgan topshiriqni bajarish malakasiga ega bo‘lganligi, lekin topshiriqlarni bajarishda noaniqliklarga, javob mazmunida, shakli va uslubida ayrim xatolarga yo‘l qo‘yilganligi.

Qoniqarli” 3 baho:


Amaliy faoliyatni bajarish algoritmiga muvofiq talab qilinadigan ish turlarini (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va h.k) 60-74 foizga bajarish;
Falsafa fanidan o‘quv materialidagi asosiy bog‘lanish va qoidalarni o‘rganganligi, tushunganligi, lekin tushunchalarni, amaliy topshiriqlar mazmunini yetarli darajada chuqur egallab olmaganligidan dalolat beradigan xatolarga yo‘l qo‘yilishi, aytadigan fikrini bayon eta olmasligi. Javobda birlik yo‘qligi. Javob to‘g‘ri bo‘lsa ham, u alohida, tarqoq fikrlardan iborat bo‘lishi. Javob berishda ikkilanish borligi, ko‘p hollarda ta’lim beruvchining yordami bilan javob berishi.
Qoniqarsiz” 2 baho:
Kerakli ish turlarini algoritmini bajarish ketma-ketligini sezilarli darajada buzilishi, mashg‘ulot davomida topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishga intilmaslik; kerakli ish turlarini bajarish algoritmini qo‘pol ravishda buzgan holda (60% dan past) ish turlarini (manipulyatsiyalar, modellar, ko‘nikmalar va boshqalar) bajarish.
Falsafa fanidan tinimsiz, tarqoq bilimlarga ega bo‘lganligi. Nazariy, amaliy topshiriqlar mazmunini bir-biridan farqini bilmasligi. Javob berish mazmunida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishi.

Falsafa fani o‘qituvchisi: A.Xolmatov




Download 34.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling