Navbatchi-o’qituvchining vazifalari


Download 17.89 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi17.89 Kb.
#1698869
Bog'liq
Navbatchi


NAVBATCHI-O’QITUVCHINING VAZIFALARI

Navbatchi-o’qituvchining asosiy vazifasi – talabalarning tungi vaqtlarida ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish bo’yicha dolzarb ma’naviy, huquqiy, axloqiy mavzular bo’yicha yakka tartibdagi suhbatlar, treninglar va boshqa turli tadbirlarni tashkil etish orqali talaba yoshlar o’rtasida sog’lom ijtimoiy-axloqiy muhitni yaratish, ularda millliy va umumbashariy qadriyatlarga o’zaro hurmat tuyg’usini shakllantirish, shuningdek talabalar turar joyida – talabalar tomonidan yotoqxona tartib qoidalariga va kun tartibiga qat’iy amal qilishlari ustidan nazorat olib borishdan iborat.


TTJ da quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:



  1. Navbatchi- o’qituvchi talabalar turar joyiga belgilangan vaqt (19:00) da yetib kelib komendatga ( tarbiyachi-pedagog ) navbatchilikga kelganligi haqida bildirgi beradi, komendatdan yo’riqnoma olganidan so’ng jurnalga navbatchilikga kelganligi haqida imzo qo’yadi;

  2. Talabalar turar joyi navbatchisi va o’zidan oldingi navbatchi-o’qituvchi jurnalga yozib qoldirgan axborotlar bilan tanishadi;

  3. Binoni va biriktirilgan hududni aylanib ko’rib chiqadi, aniqlangan kamchiliklarni qorovulga yetkazadi;

  4. Talabalar turar joyi talabalar kengashi raislari, qavat sardorlari va qo’riqlovchi qorovullar bilan suhbatlashib, fikr almashadi;

  5. 5 ta muhim tashabbus xonasidagi kitoblar, jurnallarni ko’zdan kechiradi;

  6. Agar talabalar tomonidan arizalar, shikoyatlar, talabnomalar bo’lsa o’z imkoni darajasida xal etishga harakat qiladi, hal eta olmagan masalani komendatga (tarbiyachi-pedagog) yozma ravishda bildirgi beradi;

  7. Navbatchi-o’qituvchi o’zi shug’ullanadigan fan ixtisosligi bo’yicha talabalarga imkon qadar konsultatsiya (maslahat)lar beradi. Shu fanning mohiyati, ahamiyati va uning rivojlanayotgan Vatanimiz tarixidagi o’rni va hozirgi kundagi vazifalari haqida suhbat o’tkazadi;

  8. Tartib-intizomga oid muammolar, hal etilishi kerak bo’lgan masalalar bo’lsa aniq tarzda hal etish yo’llarini qidiradi. Jumladan, zarurat bo’lsa huquq organlariga murojaat etadi;

  9. Sanitariya-gigiyena, yong’in xavfsizligiga oid masalalar bo’lsa tegishli ya’ni shu sohadagi navbatchilar bilan birga hal etadi;

  10. Qizlar istiqomat qiluvchi qavatlardan alohida qavat sardorlariorqali xabar oladi;

  11. Bino atrofidagi yoritgichlar ahvolini bilib, zarurat bo’lsa qo’shimcha takliflar kiritadi;

  12. Agar nojo’ya xatti-harakat sodir bo’lsa, albatta universitet ma’sul rahbarlariga va universitet profilaktika inspektoriga tezkorlik bilan xabar beradi;

  13. Navbatchi-o’qituvchi tanishuv, tekshiruv, tahliliy ishlarni tugatib, talabalar bilan samimiy suhbatlashish jarayonida so’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi isloxotlar, undagi erishilgan yutuqlar, barkamol avlod tarbiyasiga bog’liq bugungi kunning dolzarb masalalari yuzasidan turli mavzularida muloqot-suhbatlarini o’tkazadi.

  14. Navbatchi-o’qituvchi talabalar yotoqxonasidagi kun tartibiga amal qiladi va kechki yo’qlama o’tkazib kitobga belgilaydi, o’z o’rnida mavjud bo’lmagan talabalarni qavat sardorlari bilan Talabani qayerda ekanligini aniqlab yotoqxonaga kelishini ta’minlaydi;

  15. Kechki yo’qlama o’tkazish paytida talaba aniqlanmasa va uni topishning iloji bo’lmasa yotoqxona komendantiga (tarbiyachi-pedagog) yozma ravishda bildirgi beradi.

  16. Talaba – navbatchi-o’qituvchi talabalarini, kun tartibi, odob-axloq kodeksi talablarini buzsa yoki bo’ysunmasa ushbu talabaga nisbatan chora ko’rish uchun komendatga (tarbiyachi-pedagog) yozma ravishda bildirgi beradi.

  17. Navbatchi-o’qituvchi yotoqxona navbatchisi (qorovul)ning majburiyatini bilishi lozim.

  18. Navbatchi-o’qituvchi navbatchilikni olib borish vaqtida yotoqxonaga universitet rahbariyati kelganida uni kutib oladi va navbatchilik haqida bildirgi beradi.

  19. Kun tartibida belgilangan vaqtda ertalab – talabalarni ovoz chiqaruvchi vositalar va qavat sardorlari orqali uyg’otib ertalabki badan tarbiya mashqlarini tashkillashtiradi (qish faslida havo harorati -5C* va undan past darajada hamda yog’ingarchilik bo’lsa badan tarbiya mashqlarini har bir qavatning yo’laklarida qavat sardorlari orqali tashkillashtiradi).

  20. Navbatchi-o’qituvchi navbatchilik yakunida barcha masalalar bo’yicha o’z shaxsiy fikr va mulohazasini “Navbatchilik jurnali”da bayon etib, imzo chekadi.

  21. Navbatchi-o’qituvchi navbatchilik vaqtida boshqa vaziyatlarda yo’riqnomaga asosan yo’l tutadi.

Izox: har bir fakultet dekani hamda dekan muovini o’z tasarrufidagi talabalar turar joylaridagi navbatchi o’qituvchining navbatchiligini nazorat qiladi va uning faoliyati uchun to’liq javobgar shaxs bo’lib hisoblanadi. Navbatchilikga tayinlanadigan o’qituvchini (pedagog) ni, oldindan dars jadvaliga asosan mashg’ulotlari yo’q kunlariga tayinlanishlarini nazoratga oladi.

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash


va ijara ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i: O.Jumayev
Download 17.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling