Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti kimyo-metallurgiya fakulteti biokimyo va biotexnologiya asoslari fanidan mustaqil ish guruh: 41 20kt bajardi


Download 59.78 Kb.
bet1/10
Sana25.03.2023
Hajmi59.78 Kb.
#1294266
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jalol



NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI
Biokimyo va biotexnologiya asoslari FANIDAN

MUSTAQIL ISH

GURUH: 41 - 20KT
BAJARDI: Rustamov Jaloliddin
TEKSHIRDI: _______________________

MAVZU: Uglevodlarning biologik ahaamiyati Oziqlanishdagi uglevodlar roli. Glikogen: glikogenezis va glyukoneogenez
REJA:

  1. Uglevodlarning biologik ahaamiyati

  2. Oziqlanishdagi uglevodlar roli

  3. Glikogen: glikogenezis va glyukoneogenez

  4. Xulosa

  5. Adabiyotlar

Uglevodlar tabiatda juda keng. tarqalgan boʻlib, ular barcha tirik mavjudotlar: oʻsimlik, odam va hayvon organizmlarining tarkibida uchraydi. Lekin, oʻsimlik va hayvon organizmlarining tarkibida uglevodlarning miqdori bir xil emas. Odam va hayvon organizmida uglevodlarning miqdori 2% dan oshmaydi. Lekin odam va hayvon oziqasining asosiy qismi (oʻrtacha 50-60%i) uglevodlarga toʻgʻri keladi. Oʻsimlik organizmlarida esa ularning miqdori 80-85% ga qadar boʻladi, chunki yashil oʻsimliklar xlorofil donachalari va quyosh energiyasi ishtirokida karbonat angidrid bilan suvdan foydalanib, uglevodlarni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bu sintez oʻsimliklarda fotosintez jarayoni asosida amalga oshiriladi.


Turli xil oʻsimlik mahsulotlari va donlarning tarkibida uglevodlarning miqdori bir xil emas. Donlardan uglevodlarga eng boy boʻlganlari guruch (76 %), makkajoʻxori (68%), bugʻdoy (52%) kabilardir. Olma, sabzi, karam, piyoz kabi mahsulotlar tarkibida esa uglevodlar 6-13% ga qadar boʻladi.
Oʻsimliklarda uglevod asosiy oziqaviy manba (krax­mal) sifatida xizmat qiladi hamda tayanch vazifasini bajaruvchi birikmalar (kletchatka) sifatida hujayra va toʻqimalar tarkibiga kiradi.
Odam va hayvon organizmida esa oqsillar singari uglevodlar ham hujayra Shiralari tarkibiga kiradi hamda tirik organizm hayotida hal qiluvchi rol oʻynaydi, ayniqsa energiya manbai sifatida xizmat qiladi, ya’ni 1 g uglevod oksidlanganda 4,1 kkal energiya ajralib chiqadi.
Murakkab tuzilishga ega boʻlgan uglevodlardan mukopolisaxaridlar hayvon organizmlarida birlashtiruvchi toʻqima va hujayralararo moddalar tarkibiga kiradi hamda organizmga ta’sir qiladigan har xil moddalarning toʻqimalar orqali oʻtishiga qarShilik qiladi.
Uglevodlar kimyoviy tarkiblari jihatidan koʻp atomli spirtlarning al’degid va ketonlari hisoblanadi. Chunki bularning molekulalarida al’degid, karbonil, gidroksil funksional guruhlari uchraydi.
Al’degid va spirt guruhini tutuvchilarni al’dospirtlar (glyukoza, galaktoza, riboza, ksiloza), keton guruhini tutuvchilarni (fruktoza) ketospirtlar deyiladi.
Uglevodlar asosan uch guruhga – monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlarga boʻlib oʻrganiladi.
2. Monosaxaridlar sof holatda oddiy bitta molekuladan tashkil topgan, suvda juda yaxshi eriydigan, Shirin ta’mli qattiq kristall moddalardir. Monosaxaridlarning umumiy formulasini quyidagicha CnH2nOn belgilash mumkin. Ular molekulalaridagi uglerod atomlarining soniga qarab: triozalar, tetrazolar, pentozalar, geksozalar va geptozalar deb oʻqiladi.
Bularning ichida hayvon organizmida keng tarqalganlari va muhim ahamiyatlilari trioza, pentoza va geksozalardir. Triozalar molekulasida uchta uglerod atomini tutuvchi monosaxarid C3H6O3 boʻlib, hayvon toʻqimalarining tarkibidagi uglevodlarning parchalanish va uch atomli spirt glitserinning birlamchi yoki ikkilamchi spirt guruhlarini oksidlash yoki degidrotatsiya qilish mahsulotlaridir.
Pentozalar molekulasida beshta karbon atomini tutuvchi monosaxaridlar C5H10O5 boʻlib, ularga riboza, dezoksiriboza, arabnoza va ksilozalar kiradi, Bulardan riboza va dezoksiribozalar hayvon toʻqima hujayralarining tarkibiga, ya’ni ribonuklein kislota (RNK) va dezoksiribonuklein kislota (DNK) larning tarkibiy qismlariga kiradilar
Assimetrik karbon atomlarining borligi monosaxaridlarda optik izomerlar boʻlishiga sababchidir. Optik izomerlarning soni N=2n ga mos keladi (n-assimetrik uglerod atomi soni). Triozada 2 ta, pentozada 8 ta, geksozada 16 ta izomeri bor.
Monosaxaridlar tabiatda faqat aldegid va keton Shakldagina boʻlib qolmay, siklik Shaklda ham mavjud boʻladi. Siklik holat monosaxaridlar aldegid yoki keton guruhining molekulasidagi biror spirt guruhi bilan oʻzaro ta’sirlanishi natijasida hosil boʻladi.
Bu vaqtda glyukoza, galaktoza, mannozalarning birinchi uglerod atomi assimetrik uglerod atomiga aylanadi va poluatsetal guruh hosil boʻladi. Bu guruhdagi vodorod va gidroksil guruhlar assimetrik uglerod atomiga nisbatan tekislikning turli tomonida joylashishiga qarab α- va β- izomerlar hosil qiladilar.
Fruktozaning birinchi uglerod atomi (birlamchi spirt guruh boʻlganligi sababli) asosan furanoza tipidagi siklni hosil qiladi.
Monosaxaridlar Sharoitga qarab oksidlanish va qaytarilish reaksiyalariga kirishishlari mumkin. Kuchsiz oksidlovchilar ta’sirida monosaxaridlarning aldegid funksional guruhlari oksidlanib, glyukon kislotasini va kuchli oksidlovchilar ta’sirida esa birlamchi spirt guruhlari ham oksidlanib, Shakar kislotasini hosil qiladi.
Tarkibi ikki molekula monosaxarid geksozalardan tashkil topgan uglevodlar disaxaridlar deb atalib, ularga, saxaroza, maltoza, laktoza kabi uglevodlar kiritiladi. Ularning molekulyar tarkibi C12H22O11 deb belgilanadi. Molekulasi uchta monosaxarid geksoza qoldiqlaridan tashkil topgan uglevod esa trisaxarid deb yuritilib, uning molekulyar tarkibi C18H32O16 ga tengdir. Trisaxaridlarning asosiy vakili rafinoza boʻlib, u uch molekula monosaxariddan 2 molekula suv ajralib chiqib qoldiq geksozalarning 1,6 va 1,2 holatlarda oʻzaro birikishidan hosil boʻlgan mahsulotdir. Rafinoza qand lavlagisi, chigit, qurigan evkalipt (asosan Avstraliyada oʻsadigan doimiy yashil ulkan daraxt) Shirasi tarkibida uchraydi.

Download 59.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling