Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan


Download 269.21 Kb.
bet1/5
Sana20.02.2023
Hajmi269.21 Kb.
#1215418
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12 hwjasjsj


Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti
Konchilik fakulteti

Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan




Bajardi: __________________________
Guruh 9c(b)-19 KI
Tekshirdi: ________________________
Navoiy -2022yil
Rudani ikkilamchi maydalash, blokdan tushirish va tashish
gorizontiga yetkazib berish.

Reja:

1. Rudani ikkilamchi maydalash


2. Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarish va qazish tizimlari
3.Blokdan tushirish va tashish gorizontiga yetkazib berish

Rudani ikkilamchi maydalash
Texnologik jarayonlar talabiga muvofiq massivdan ajratib olingan ruda bo‘laklari ma'lum kattalikka ega bo‘lishi kerak. Alohida olingan bo‘lakning maksimal o‘lchami ruda tushirish voronkasi, yuklash va tashish vositalari o‘lchamlariga mos kelsa,bunday bo‘laklar konditsion bo‘laklar deyiladi. Ruda konlarini qazib olish amaliyotida konditsion bo‘lakning o‘lchamlari 330—400 mm dan 800—1000 mm gacha bo‘lishi mumkin. Biroq rudani massivdan portlatish orqali ajratib olinganda, ma'lum miqdorda nokonditsion bo‘laklar hosil bo‘ladi, bunday bo‘laklarni noga-barit bo‘laklar deb yuritiladi. Ajratib olingan ruda uyumi tarkibidan o gabarit bo‘laklar miqdori 5—12% dan 20—25% gacha bo‘lishi mumkin. Bu bo‘laklarni yuklash va tashish vositalari o‘lchamlariga moslash uchun ularni qo‘shimcha maydalash, ya'ni ikkilamchi maydalash lozim bo‘ladi.
Tushirilgan rudani blok hududi chegaralarida yuklash joyiga yetkazib berish turli mexanik vositalar orqali bajarilishi mumkin (skreperlar, o‘ziyurar mashinalar, konveyerlar va boshqa vositalar). O‘zining sodda tuzilishi tufayli skreperlar ruda qazish korxonalarida keng qo‘llaniladi. Skreper qurilmasi—bu davriy (siklli) ishlash tamoyiliga ega bo‘lgan transport vositasi bo‘lib, skreper chig‘iri (lebedkasi), skreper bosh va yordamchi simarqoni, asosiy va ushlab turuvchi blok (shkiv)lardan tashkil topgan. Skreper bilan ruda tashish skreperning mokisimon harakati natijasida bajariladi.
Rudani blokdan tushirish, tushirilgan rudani skreperlash vanogabaritlarni ikkilamchi maydalashga xizmat qiladigan lahimlar majmui skreperlash gorizonti deyiladi.
Rudani skreperlashda ikki, ba'zida uch barabanli, quvvati 7dan 100 kvt gacha bo‘lgan chig‘irlar, hajmi 0,1—2 m3gachabo‘lgan sidirib oluvchi yoki kajava shaklidagi skreperlar, diametric 10—28mm gacha bo‘lgan simarqonlardan tashkil topgan skreper qurilmalari qo‘llaniladi. Skreper qurilmalarining unumdorligi 20—350 m3/smena gacha bo‘lishi mumkin. Keyingi vaqtlarda rudani yetkazib berish jarayonida o‘ziyurar mexanizmlar qo‘lla-nishi tufayli skreper qurilmalardan foydalanish biroz cheklanib qolgan. G‘ildirakli relssiz yuradigan va mustaqil yuritgichga ega bo‘lgan transport vositalari o‘ziyurar mashinalar deyiladi. Bu mashinalar ochiq kavjoy bo‘shliqlari va yetkazib berish lahimlarida yurishga mo‘ljallangan bo‘lib, yuklovchi, yetkazib beruvchi va yuklab tashuvchi mashinalar guruhiga bo‘linadi.
Nogabaritlarni maydalash uchun portlovchi modda yoki mexanik maydalagichlardan foydalaniladi. Eng ko‘p qo‘llaniladi ganusul portlatish usuli bo‘lib, bunda portlovchi moddaning ust quyma va shpurli zaryadlari ishlatiladi. Nogabarit bo‘lakda burg‘ilanadigan shpurning chuqurligi 15—20 smni tashkil qiladi. Ruda bo‘laklarini ikkilamchi maydalash bevosita qazish kavjoyida (agar u yerga yetib boorish imkoniyati xavfsiz bo‘lsa) yoki rudani tushirish va tashish lahimlarida amalga oshiriladi. Ayrim hollarda esa, bu jarayon maxsus barpo etilgan ikkilamchi maydalash lahimlarida bajarilishi mumkin.
Ruda konlarini yer osti usulida qazib chiqarishda nogabaritlarni ikkilamchi maydalashning portlatish usulidan boshqa (mexanik, gidravlik, mexanogidravlik va hokazo) usullar kam qo‘llaniladi. Massivdan maydalab ajratib olingan rudani tushirib, tashish gorizontigacha yetkazib berish kon qazish ishlari texnologiyasining jarayonlari hisoblanadi va ularni bajarishga ketgan xarajatlar miqdori qazish ishlari umumiy xarajatlarining 40—50% ini tashkil qiladi.
Rudani yetkazib berish deganda uni massivning ajratib olin-gan joyidan boshlab blokning tashish lahimlarigacha (shtrek yokiortlarga) yetkazib berish tushuniladi. Blok hududida, dastlab o‘zog‘irligi ta'sirida ruda massasi skreperlash gorizontiga tushiriladi, so‘ngra turli transport vositalari orqali vagonchalarda yuklash joyiga yetkazib beriladi.
Ruda massasini blokdan tushirish ikki xil, ya'ni ostki yokichetki bo‘lishi mumkin.
Ostki tushirishda blokning tub qismida maxsus voronkasimon tushirish lahimlari barpo qilinadi. Blokdagi ruda massasi blokning butun maydoni bo‘ylab voronkalar orqali yetkazib berish lahimiga tushadi va skreper qurilmasi bilan ushbu lahim orqali vagonchalarga yuklash joyiga tashiladi. Ruda tushirish voronkalari kesik konus shaklida blok tubining butun maydoni bo‘yicha hosilqilinadi. Voronkaning yuqori qismi diametri 6—12 m bo‘ladi

Skreperlash gorizontisxemasi. 1 — tashish lahimi (shtrek yoki ort); 2— skreperchig‘iri; S— skreperlashlahimi(ortyokishtrek); 4— voronka; 5—simarqoni; 6—kreper.

Download 269.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling