Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»
Download 129.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 kurs Biznes kommunikatsiyasi sirtqi O \'quv dastur SILLABUS NII
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIZNES KOMMUNIKATSIYASI FANINING O`QUV DASTURI SIRTQI TA’LIM (Sillabus)
- Navoiy - 2022 Fanning asosiy parametrlari
- Fanning nomi BIZNES KOMMUNIKATSIYASI Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) 24
- Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim o’quv yuklamasi (soatlarda) ajratilgan semestr bo‘yicha taqsimoti
- II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu. O‘zgaruvchan ishbilarmonlik muhitida tavakkal qilish va
- 2-Mavzu. Global bozorda biznes yuritish
- 3-Mavzu. Qanday qilib biznesni shakllantirish lozim
- 4-Mavzu. Boshqaruv va yetakchilik.
- 5-Mavzu. Xodimlarni motivatsiyalash
- 6-Mavzu. Kasaba uyushmalari va xodimlar bilan ishlash
- Biznes kommunikatsiyasi ” fanidan ma’ruza mashg‘ulot rejasi
NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTI
BIZNES KOMMUNIKATSIYASI FANINING O`QUV DASTURI SIRTQI TA’LIM (Sillabus)
Navoiy - 2022 Fanning asosiy parametrlari
Faning mazmuni Kommunikatsiyaning ko‘nikma va samaradorlik kabi ikki jihatlari mavjud. Ular ko'pincha bir-birining o'rnida ishlatiladi. Olimlarning ko'pchiligi faqatgina ko'nikmalarni rivojlantirish haqida tadqiqotlar olib borishganining sababi ham shu bo'lishi mumkin. Ushbu kitobda ko'nikmalar orqali samaradorlikka erishish usullari yoritilgan. Xususan ko’nikma va samaradorlik kommunikatsiya jarayonida turli tushunchalar hisoblanadi. Ko’nikma bu ijod bo’lib, samaradorlikka erishish uchun ko’nikmalardan biznes jarayonlarida qanday foydanalishlari lozim degan savol tu’giladi. Bu esa o’z navbatida Biznes kommunikatsiya fani ilmiy jihatdan yaratish lozimligini taqozo etadi. Biznes kommunikatsiya jarayonida samaradorlikka erishish uchun harakat qilish ko’nikmalarni yanada rivojlantirishga olib keladi. Kommunikatsiya insonlar uchun ijtimoiy zaruriyat hisoblanib, tashkilotda jarayonning qon tomiri vazifasini bajaradi. Inson umri davomida 70 % holatini kommunikatsiya bilan o’tkazadi, tashkilot esa to’liq ish jarayonini 90 % ini kommunikatsiya bilan tashkil etadi. Insonlar o'zlarining shaxsiy maqsadlari uchun kommunikatsiya qilsalar, tashkilotdagi kommunikatsiya esa biznes maqsadlari uchun tashkil etiladi. Shunday qilib kommunikatsiya tashkilotda biznesning barcha tomonlarini - xodimlarni, mijozlarni, yetkazib beruvchilarni, vositachilarni, jamoatchilikni va boshqalarni birlashtiradigan muhim vosita hisoblanadi. II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu. O‘zgaruvchan ishbilarmonlik muhitida tavakkal qilish va foyda olish Tavakkalchilik tushunchasi va mohiyati.Tavakkalchilikni boshqarishda xavfning asosiy xususiyatlari.Tavakkalchilik darajasi, ularni kamaytirish yo‘llari. Tavakkalchilikni boshqarish tamoyillari asosida biznesdagi xavflarni kamaytirish usullari. O‘zgaruvchan biznes muhitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va foyda olish. Iqtisodiy sharoitlarning biznesga ta’siri. Erkin bozor iqtisodiyotini mohiyatini tushunish. Aralash iqtisodiyot tendensiyalari. 2-Mavzu. Global bozorda biznes yuritish Jahon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda ustunlik. Jahon bozorlariga chiqishda qo‘llaniladigan strategiyalar va ko‘p millatli korporatsiyalarning roli. Xalqaro faoliyatda strategik muqobil variantlar tahlili. Xalqaro strategiya turlari. Biznes axloqi va ijtimoiy javobgarlik tushunchalarini ishlab chiqish. Biznesning ijtimoiy javobgarligi va ziddiyatli sabablar. Korporativ barqarorlik to‘g‘risida hisobot (ijtimoiy mas'uliyat axloqi bo‘yicha biznes) 3-Mavzu. Qanday qilib biznesni shakllantirish lozim Biznes va tadbirkorlik qanday farqlanadi. Biznesni boshlash uchun zarur bo‘lgan shaxsiy sifatlar va yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar. Biznesni shakllantirishning asosiy bosqichlari. Biznes rejani ishlab chiqish. Biznes yuritish turlari. Biznes yuritish shakllari. Biznesda qay biri afzal: yolg‘izlikmi yoki sherikchilik. 4-Mavzu. Boshqaruv va yetakchilik. Menejment va menejer tushunchasi mazmuni. Menejment vazifalari. Lider kim? Menejer va lider o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqli tomonlar. Ishlab chiqarish va xizmatlar mazmuni. Ishlab chiqarishni boshqarish. Ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish. Operatsion boshqaruvni rejalashtirish. 5-Mavzu. Xodimlarni motivatsiyalash Motivatsiyaning ahamiyati. Motivatsion nazariyalar. Motivatsiya nazariyalarini hayotga tatbiq etish. Xodimlarni rag‘batlantirishning jahon tajribalari. Tashkilotlarda inson resurslari bilan ishlash. Inson resurslarini boshqarishning huquqiy asoslari. Firmaning inson resurslariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash. Xodimlarni ishga jalb etish manbalari. 6-Mavzu. Kasaba uyushmalari va xodimlar bilan ishlash Biznesni yuritishda kasaba uyushmalarning ahamiyati va roli. Kasaba uyushmalari tuzilmasining zamonaviy tamoyillari. Kasaba uyushmalarning huquq va vazifalari. Kasaba uyushmalarning jamoatchilik nazoratidagi o‘rni. Marketing nima? Marketing miksi. Marketingni axborot bilan ta’minlash. Marketing muhiti. Moliyaviy resurslarni boshqarishning mazmuni va mohiyati. Moliyaviy menejment va moliyaviy munosabatlar. Moliyalashtirish va investitsiya qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozoridan foydalanish. Xalqaro moliya tashkilotlari va moliyaviy institutlar. “Biznes kommunikatsiyasi ” fanidan ma’ruza mashg‘ulot rejasi
Download 129.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling