Navoiy viloyati xalq ta`limi boshqarmasi navoiy shahar xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi


Download 124.5 Kb.
bet1/10
Sana30.04.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1416068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4- sinflar uchun matematikadan masalalar toplami




NAVOIY VILOYATI XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
NAVOIY SHAHAR XALQ TA`LIMI MUASSASALARI
FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASH
VA TASHKIL ETISH BO`LIMI


4- SINFLAR UCHUN MATEMATIKADAN MASALALAR
TO`PLAMI
(Uslubiy tavsiya ixtisoslashtirilgan maktablarning
boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun tavsiya etiladi)


Navoiy-2013
Ushbu uslubiy tavsiya boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun matematika darslarini samaradorligini oshirish maqsadida tavsiya etiladi. To`plamdagi masalalar o`quvchilarni mustaqil fikrlashga, aqliy faoliyatini peshlashga, eng muhimi matematika fanining yanada qiziqarli ekanligini va uni o`zlashtirish hayotiy zaruriyat sifatida tavsiya etiladi.
Matematika bo`yicha ilg`or pedagogik texnologiyaga asoslangan mantiqiy, arifmetik va geometrik masalalar hamda ularni yechish metodikasi uslubiy tavsiyada o`z aksini topgan.
Tuzuvchi: Azimov Asqar Qahhorovich
Navoiy shahar 11- davlat ixtisoslashtirilgan
umumta`lim maktabi boshlang`ich
ta`lim o`qituvchisi.


Taqrizchi: Ungarov Baxtiyor Hayitovich
Navoiy Davlat pedagogika instituti
“Boshlang`ich ta`lim metodikasi” kafedrasi
katta o`qituvchisi.


Rahmatullayeva Hilola Sanoqulovna
Navoiy shahar 11- davlat ixtisoslashtirilgan
umumta`lim maktabi o`quv ishlari bo`yicha
direktor o`rinbosari
Ushbu uslubiy tavsiya Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi metodika kengashining 2013-yil 4-yanvardagi 3-sonli qarori bilan tasdiqlanib foydalanish uchun tavsiya etildi.
Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi,
Kim uni tushunmasa zulmatda yashaydi.
R. Dekart


SO'Z BOSHI
Ilg`or pedagogik texnologiya yutuqlari asosida, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda „Ta'lim to'g'risida"gi Qonun talablarini bajarish maqsadida o'quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumiy ta'lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun bugungi kunda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talab va vazifalarini amalga oshirishda, Davlat ta'lim standartlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishida belgilangan asosiy vazifalardan biri darslik o`quv qo`llanmalar yaratishdan iboratdir.
Zamonaviy boshlang`ich talim jarayonida bolalarni rivojlantiruvchi xarakterga ega bo`lgan talim tizimi tadbiq qilinadi. Unda kichik maktab yoshidagi bolalar o`z yosh xususiyatlari va tafakkur hamda ruhiy taraqqiyot darajalari o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga kirishadilar. Qaysiki, bu faoliyat o`quvchilar uchun yetakchi faoliyat bo`lib hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda o`qish hamda o`rganishga qaratilgan faoliyatning shakllanishida, har bir o`quv predmeti bo`yicha nazariy bilimlarni egallash jarayonida ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur o`z xarakteriga ko`ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o`zlashtirish natijasida vujudga kelgan ong va tafakkur bo`lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini, dunyoqarashining rivojlanishini ta’minlaydi.
Mazkur uslubiy tavsiya ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktablar boshlang`ich sinflarida matematika fanini o`qitishni samarali tashkil etishga mo`ljallangan. Ushbu uslubiy tavsiya boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kichik yoshdagi maktab o'quvchilariga matematikani o'qitishda amaliyotda yuzaga keladigan turlicha ijtimoiy-iqtisodiy, bozor iqtisodiyotiga oid o'quvchilarni ijodiy (interfaol) faollikka yetaklaydigan metodik vazifalarini mustaqil hal etish uchun tayyorgarlik saviyalarini oshirishga yordam beradi.
Uslubiy tavsiyada turli mantiqiy, geometrik hamda arifmetik masalalar va ularni yechish to`g`risida metodik ko'rsatmalar hamda eng muhim nazariy manbalar keltirilgan.
Uslubiy tavsiya orqali mashg'ulotlarga tayyorlanishda I—IV sinflar uchun matematika darsliklari, didaktik materiallar to'plamlaridan qo'shimcha foydalanishlari ko'zda tutilgan va dastlab ba`zi bir murakkab masalalarning berilishi va uni yechish metodikasi to`g`risida namunalar tavsiya etilgan.



Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling