Navoiy viloyati xalq ta`limi boshqarmasi navoiy shahar xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi


Boshlang`ich ta`limning asosiy yo`nalishlari


Download 124.5 Kb.
bet2/10
Sana30.04.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1416068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4- sinflar uchun matematikadan masalalar toplami

Boshlang`ich ta`limning asosiy yo`nalishlari
Boshlang`ich ta`lim jarayoni mustaqil davlatning ta`lim tarbiya tizimida umumiy o`rta ta`limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo`ladi. Ma`lumki, amaldagi boshlang`ich ta`lim predmetli o`qitishga asoslangan bo`lib, uning asosiy maqsadi bolalarda elementar tarzdagi o`qish, yozish, hisoblash ko`nikmalarini hosil qilishdan hamda ob`yektiv olam haqidagi tasavvurlarni oshirishdan iborat edi.
Ko`rinib turibdiki, amaldagi boshlang`ich ta`lim jarayoni o`z xarakteriga ko`ra yopiq, unitar (yakka) xarakterdagi ta`limdan tashkil topgan edi. Bolalarga milliy axloq va nafosat me`yorlarini singdirish vazifasi bu tizimdan tashqarida qolgan edi. Uzoq yillar davomida boshlang`ich ta`lim goh to`liqsiz o`rta ta`limning, gohida esa o`rta ta`limning tarkibiy qismi bo`lib keldi. Mamlakatimizda Milliy kadrlar tayyorlash tizimiga asos solinishi natijasida boshlang`ich ta`lim umumiy o`rta ta`limning tarkibiy qismi sifatida e`tirof etildi. Endi boshlang`ich ta`limning mazmuni ham, bu bosqichda o`qitiladigan o`quv predmetlari ham, yopiq tizim sifatida davlat va jamiyat boshlang`ich ta`lim oldiga qo`yayotgan ijtimoiy buyurtmani bajara olmaydi. Bu sharoitda boshlang`ich ta`limning mazmuni ham, bu bosqichda o`qitiladigan o`quv predmetlarining mazmuni ham konseptual asoslarga tayangan holda yangilanishi kerak. Yangicha ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojlanayotgan hozirgi davrda Milliy kadrlar tayyorlash tizimining poydevori bo`lgan boshlang`ich ta`lim quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
1. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda o`qish, o`rganish istagi va ko`nikmalarini shakllantirish;
2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish jarayoniga, bilish faoliyatiga intilishni kuchaytirish;
Bilish faoliyatiga bo`lgan ongli intilish shakllangandagina ta`lim muvoffaqiyatli bo`ladi. Agar boshlang`ich ta`lim jarayoni o`quvchida bilishga bo`lgan ishtiyoqni shakllantira olmas ekan, yuqori sinflarga borgan sari uning bilishga bo`lgan intilishi susayadi. Bu esa, o`z navbatida, boshlang`ich sinf bitiruvchilarining ko`nikma va malakalariga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.



Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling