Nazariy Qism Ut hosil bo’lishi va ajralishi


Download 28.82 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi28.82 Kb.
#1718932
Bog'liq
MashG’ulot №2 mavzu Jigarning hazm jarayonidagi roli. O’t-safro-www.hozir.org



Nazariy Qism
Ut hosil bo’lishi va ajralishi.
O’t jigarda hosil bo’ladi va hazm jarayonida ishtirok etadi. O’tning xazmdagi ahamiyati kuyidagilardan iborat: yoglarni emulsiyaga aylantiradi, natijada lipaza ta’sir etadigan sath kattalashadi; lipidlar gidrolizidan hosil bo’lgan moddalarni eritadi, ularning so’rilishini va enterostitlarda triglisteridlar resintezini osonlashtiradi; me’da osti va ichak bezlari fermentlarini, ayniqsa lipaza faolligini orttiradi, shuningdek,o’t oqsil, karbonsuvlar gidrolizi va so’rilishlarini kuchaytiradi.
O’t kuyidagi boshqaruv vazifalarini ham o’taydi: o’t hosil bo’lishini va ajralishini, ingichka ichakning motor va sekretor faoliyatini, enterostitlar proliferastiyasi va ko’chib tushishini kuchaytiradi. O’t kislotalilikni kamaytirish va pepsin faolligini yo’qotish orqali 12 barmoqli ichakka tushgan me’da shira ta’sirini to’xtatadi. O’t bakteriostatik ta’sirga ega. Yog’da eruvchi vitaminlar, xolesterin, aminokislotalar va kalstiy tuzlarini ichakda so’rilishida o’tning ahamiyati katta.
Bir sutkada 1000-1800 ml o’t xosil bo’ladi. Ut hosil bo’lishi (xolerez)- uzluksiz ketadi, o’tajralishi (xolekinez)-davriy, ovqat iste’mol qilgandagina sodir bo’ladi. Nahor paytida o’t ichakka tushmaydi, o’t pufagida yig’iladi va u erda depo sifatida sakqlanadi, hamda quyuqlashadi, shuning uchun ham ikki xil o’t tafovut qilinadi – jigar va pufak o’tlari. O’t bir vaqtning o’zida ham shira, ham ekskret moddadir. O’tning tarkibida har xil endogen va ekzogen moddalar ajraladi, biroz fermentativ faollikka ega. Jigar o’tining rN 7,3-8,0 ga teng, o’t pufagida saqlangan 9tniyag rN 6,0-7,0 ga teyag bunga sabab pufakda tning tarkyabyadagi gidrokarbonatlar so’rilishi va o’t kislotalari tuzlari hosil bo’lishidir. Jigar o’ti suyuq oltinga o’xshash sariq rangga ega, solishtirma og’irligi 1,008- 1,015 ga teng, pufakda saqlangan o’t esa (suv va mineral tuzlar so’rilishi hisobiga) quyuq, rangi to’kq sariq, solishtirma og’irligi 1,026-1,048 ga teng. O’t yo’llarida ishlab chiqarilgan mustin hisobiga o’t yopishqoqligi ortadi.
Ut glikokol (80%) va tauroxol (20%) kislotalarini saqlaydi. Odamlarda asosiy o’t pigmenti bilirubin bo’lib qizg’ish-sariq rangga ega. Bilirubin oqsidlanishi natijasida ichaklarda hosil bo’luvchi ikkinchi pigment biliverdin zangori rangga ega. O’t tarkibiga fosfolipidlar, o’t kislotalari, xolesterin oqsil va bilirubin kiruvchi lipoproteinlt birikma majmuasi bor. Bu birikma ichakda lipidlarning tashilishi, ularning ichak jigar orasida aylanib yurishi va umumiy modda almashinuvida katta ahamiyat kasb etadi.
Parasimpatik nerv tolalari qitiqlanganda o’t xosil bo’lishi va ajralishi kuchayadi, simpatik tola qitiqlanganda esa, aksincha susayadi. Parasimpatik tola ko’zg’alganda o’t pufagi tanasi mushaklari qisqaradi, sfinkterlari esa bo’shashadi, natijada o’t un ikki barmoqli ichakka ajraladi. Simpatik nerv qo’zg’alganda sfinkter qisqaradi va o’t pufagi tanasi bo’shashadi.
O’t haydovchi gumoral omillarga birinchi bo’lib o’tning o’zi kiradi. Shuningdek, gastrin, XSK-P3, sekretin, prostaglandinlar ham o’t ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Tuxum sarig’i, sut, yog’lik ovqatlar, non, go’sht kabi oziq moddalar o’t hosil bo’lishini va ajralishini kuchaytiradi.
O’t ajralishini XSK-PZ, gastrin, sekretin, bombezin, astetilxolin, gistaminlar kuchaytiradi, glyukagon, kalstitonin, VIP, PP lar tormozlaydi.
Ichak shirasi tarkibi va xossalari.
Ichak shirasi ichakning shilliq qavatida joylashgan (duodenal, yoki brunner, ichak burmalarida joylashgan liberkin, ichak epiteliostitlari, bokalsimon xujayra, ponet xujayrasi) bezlar mahsulidir. Katta yoshdagi odamlarda bir sutkada 2-3 litr ichak shirasi ajraladi. Shira rN 7.2 da 9.0 gacha ajraladi, u suv va kuruq anorganik va organik moddalardan iborat. Shira tarkibida anorganik moddalardan bikorbonatlar , xloridlar, natriy, kalstiy, fosfatlardan bor. Organiktarkibiga oqsil, aminokislotalar, mustinlar kiradi. Ichak shirasi tarkibida 20 dan ortiq gidrolitik fermentlar mavjud. Bularga enterokinaza, peptidazalar, ishqoriy fosfataza, nukleaza, lipaza, fosfolipaza, amilaza, laktaza va saxarazalar kiradi. Fermentlarning ichak shirasi, , shilliq qavatidan emirilgan epiteliostitlar tarkibida tushadi. Katta mikdordagi fermentlar epitelostitlar yuzasiga shimdirilib olinadi va devor oldihazmida ishtirok etadi.
Ichakda shira ajralashaning boshqaralishi.
Ingichka ichak bezlari faoliyati mahalliy, reflektor mexanizmlari, hamda gumoral ta’sir qilish va ximus tarkibidagi moddalar ta’sirida boshqariladi. Ingichka ichak shilliqqavati mexanik qitiqlansa kam ferment saqlovchi suyuq shira ajraladi. Oqsil, yog’ gidrolizi natijasida oqsil bo’ltan maxsulotlar, xlorid kislota, pankreatik shiralarning shilliqqavatga mahalliy ta’siri fermentga boy ichak shirasi ajralishini ta’minlaydi. Ichak shirasi ajralishini GIP, VIP, motilinlar xam kuchaytiradi. Ingichka ichak shilliqqavatida xosil bo’ladigan enterokrinin va duokrinin gormonlari liberkin va bruner bezlari shira ajratish faoliggini kuchaytiradi. Shira ajratishni somatostatin tormozlaydi.
Ingichka ichakdagi bo’shliqva devoroldihazmlari.
Ingichka ichakda ikki xil: bo’shlikdagi va devoroldi hazmlari tafovut qilinadi. Bo’shlikdagi hazmichakka hazm shiralari (me’da osti bezi shirasi, o’t, ichak shirasi) tarkibida tushgan fermentlar ta’sirida amalga oshiriladi. Bo’shlikdagi hazm natijasida yirik molekulali (polimerlar) moddalar oligomerlargacha parchalanadi. Keyingi gidroliz jarayoni shilliqqavati sohasida sodir etiladi.
Devoroldi hazmi shilliqqavat, shilimshiqqoplama, glikokaliks va mikrovorsinkalar sohasida davom etadi. Shilimshiqqoplama ichak shilliqqavatida ishlab chiqarilgan shilimshiq modda va ko’chib tushgan ichak epiteliylaridan iborat. Bu qavatda ko’p mikdorda me’da osti bezi va ichak shirasi fermentlari bor. Bu qavat orqali o’tayotgan oziq moddalar ana shu fermentlar ta’siriga uchraydi, glikokaliks yuzasiga ichak bo’shligidagi hazm shirasidan shimib olingan fermentlar yordamida oziq moddalar gidrolizga uchraydi. Enterostitlarning apikal pardasida ichak fermentlari sarflanib turadi va bu erda xaqiqiy devoroldi hazmi sodir bo’ladi, oziq moddalar shu pardaga tegib monomerlargacha parchalanadilar.Apikal pardadagi fermentlar va tashuv tizimi yaqin turganlikari tufayli gidroliz va so’rilish jarayonlari bir-biri bilan bog’lik holatda ketadi. Gidrolizning tugallanishi so’rilishning boshlanishiga sharoit yaratib beradi. Devoroldi hazmining asosiy belgilari quyidagilar:
ichak burmalaridan vorsinkalar uchiga borgan sari epiteliostitlarning shira ajratish faolligi kamayib boradi. Vorsinkalar uchida asosan dipeptidlar, asosida esa disaxaridlar fermentlar faolligiga, pardaning shimib olish xossasiga, ingichka ichak arakatiga, bo’shlikdagi hazm jadalligiga, parhezga bolg’ik.
Ingichka ichak xarakat faoliyati.
Ingichka ichak harakati ximusning hazm shiralari bilan aralashishini, ximusning ichak bo’ylab siljishini, ichak shilliq qavati sohasidagi moddalarning almashishini ta’minlaydi, ichakdan suyuq moddalarni qon va limfaga filtrlanib o’tishi uchun zarur bo’lgan bosimni xosil qiladi. Demak, ingichka ichak harakati oziq moddalarning gidrolizi va surilishi uchun imkoniyat yaratib beradi.
Ingichka ichak arakati bo’ylanma va halqasimon muskullarining qisqarishi orqali amalga oshadi. Ingichka ichakda bir necha xil harakatlar o’ziga xos xususiyatlari bilan tafovut qilinadi: ritmiksegmentastiya, mayatniksimon , peristaltik (juda sekin, sekin, tez va juda tez), tonik.
Ritmik segmentastiyaasosan halqasimon muskullar qisqarishi natijasida ichak qismlarga ajratib qo’yiladi. Navbatdagi qisqarish tufayli yangi segment ‚hosil qilinadi, ya’ni avvalgi segment bir necha qismlarga bo’linadi. Bu qisqarishlar tufayli ichakda ximus aralashishi va ‚har bir segmentda bosim ortishi kuzatiladi.Mayatniksimon harakat bo’ylama va halqasimon muskullar qisqarishi natijasida amalga oshiriladi. Bunda ximus oldinga va orqaga siljitiladi. Ichakning boshlang’ich qismlarida bunday harakat 1 daqiqada 9-12 marta va 1quyi qismida 6-8 martagacha sodir bo’ladi.
Peristaltik to’lqin ichakda bo’g’iq hosil qilish va quyi qism kengayishi natijasida amalga oshirilib, ximusning kaudal yo’nalishda harakatlantirishidan iborat. Ichakda peristaltik ‚harakatlar har xil tezlikda 0,1-0,3 sm /s dan 7- 21sm /sgacha bo’lishi mumkin.
Amaliy qism
http://hozir.org
Download 28.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling