Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish
Download 181.63 Kb.
|
11-Amaliy Quyish to‘kish moslamalarning xisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish.11-Amaliy “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti A.I.Tog‘ayev QUYISH TO‘KISH MOSLAMALARNING XISOBI Vagon-sisterna universal to‘kuvchi asbob, saqlovchi prujinali klapan, lyuk va narvon bilan jihozlangan. Saqlovchi klapan sisternaning yuqorisida joylashgan bo‘lib, sisterna ichidagi bosimni moslab turadi. Lyuk (mo‘rkon) ham sisternaning yuqori qismida joylashgan. Undan ta’mirlash, tozalash hamda mahsulotlarni quyish va ularni isitish jarayonlarini amalga oshirishda foydalaniladi. Universal to‘kuvchi asbob (d-200 mm) sisternaning pastki qismida joylashgan bo‘lib, u orqali mahsulot oqizib olinadi. To‘rt o‘qli (60 t) vagon-sisternaning umumiy chizmasi. O‘rnatilgan to‘kuvchi asboblarning konstruksiyalari turlicha bo‘lib, ayrimlari isituvchi moslamalar bilan ham jihozlangan. Masalan, universal to‘kuvchi-quyuvchi asbob (UTQ) mahsulotlarni isitmasdan to‘kishga mo‘ljallangan. Mahsulotlarni isitib to‘kish uchun suv bug‘i va elektr energiyasi bilan isitishga mo‘ljallangan to‘kuvchi-quyuvchi asbob (UTQP va UTQPE)lar ishlatiladi. UTQP – bug‘ yordamida, UTQPE – elektr energiyasi yordamida sisternadagi mahsulotlarni isitadi. Hozirgi paytda mahsulotlarni vagon-sisternalardan to‘kib olish uchun avtomatlashtirilgan to‘kuvchi-quyuvchi asboblar– ASN–7V6, ASN–8B6 va SPG–200 asboblaridan foydalanilmoqda. ASN–7B suyuq, ASN–8B quyuq va SNP–200 yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarini to‘kish uchun ishlatiladi. Yuqori qovushqoqli va yuqori haroratda qotuvchan neft va neft mahsulotlarini tashuvchi vagon-sisternalar tashqi isituvchi «ko‘ylak» (rubashka) yoki ichki isituvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini isitish vagon-sisternalarning ichida o‘rnatilgan isituvchi quvur seksiyalariga suv bug‘ini haydash orqali amalga oshiriladi. Hosil qilingan harorat kamaymasligi uchun sisternaning tashqi yuzasi issiqlik izolatsiya qoplamasi bilan o‘ralgan bo‘lib, uning yuzasi metall qavati bilan qoplangan bo‘ladi. Bunday vagon-sisternalar maxsus «Òermos» sisternalari deb ham ataladi. Bundan tashqari vagonsisternalar ichidagi mahsulotlarni isitish ularning tashqi yuzasida hosil qilingan bug‘ «ko‘ylagi» yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi «ko‘ylak» sisternaning pastki qismi (yarmigacha) ga o‘rnatilgan bo‘lib, unga suv bug‘i beriladi (28- rasm). Yuqori qovushqoqli va yuqori haroratda qotuvchan neft va neft mahsulotlarini tashuvchi vagon-sisternalar tashqi isituvchi «ko‘ylak» (rubashka) yoki ichki isituvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini isitish vagon-sisternalarning ichida o‘rnatilgan isituvchi quvur seksiyalariga suv bug‘ini haydash orqali amalga oshiriladi. Hosil qilingan harorat kamaymasligi uchun sisternaning tashqi yuzasi issiqlik izolatsiya qoplamasi bilan o‘ralgan bo‘lib, uning yuzasi metall qavati bilan qoplangan bo‘ladi. Bunday vagon-sisternalar maxsus «Termos» sisternalari deb ham ataladi. Bundan tashqari vagonsisternalar ichidagi mahsulotlarni isitish ularning tashqi yuzasida hosil qilingan bug‘ «ko‘ylagi» yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi «ko‘ylak» sisternaning pastki qismi (yarmigacha) ga o‘rnatilgan bo‘lib, unga suv bug‘i beriladi. (2- rasm). 2- rasm. Sisterna ichidagi mahsulotni bug‘ «ko‘ylagi» yordamida isitish: 1– neft mahsuloti; 2– sisterna; 3– isituvchi «ko‘ylak»; 4– suv bug‘ining kirishi; 5– suv kondensatining chiqishi. Turli surkovchi yog‘lar, smazkalar yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati 2,5 va 5 tonnali sister 2- rasm. Sisterna ichidagi mahsulotni bug‘ «ko‘ylagi» yordamida isitish: 1– neft mahsuloti; 2– sisterna; 3– isituvchi «ko‘ylak»; 4– suv bug‘ining kirishi; 5– suv kondensatining chiqishi. 70 na-konteynerlarda tashiladi. Ular ham isituvchi bug‘ «ko‘ylagi» bilan jihozlangan bo‘ladi. Qadoqlangan neft mahsulotlari (bochkalar, bidonlar va turli polietilen idishlarida) bortli vagonlarda tashiladi. Suyultirilgan gazlarni vagon-sisternalarda tashish Suyultirilgan uglevodorod gazlari propan, butan va izobutanlar ma’lum bir bosim ostida (~0,8 MPa) suyuq holatda, oddiy sharoitda esa gaz holatida bo‘ladi. Bug‘ holatida bo‘lgan gazlar suyuq holatga o‘tganda ularning hajmi 350–500 martagacha kamayishi yuzaga keladi. Suyultirilgan gazlarning bunday xususiyatlari ularni barcha turdagi transport vositalari orqali tashish imkoniyatini yaratadi. Suyultirilgan gazlar temiryo‘l transporti orqali vagon-sisternalarda va ballonlar bilan jihozlangan vagonlarda tashiladi. Maxsus konstruksiyaga ega bo‘lgan vagon-sisternalarning hajmi ishlatilish maqsadlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Propanni tashishda hajmi 54 m3 bo‘lgan sisternalardan, butanni tashishda 60 m3 hajmga ega bo‘lgan vagon-sisternalardan foydalaniladi. Ikkala turdagi suyultirilgan gaz aralashmasini tashishda esa 98 m3 li sisternadan foydalaniladi. Sisternalar: saqlovchi klapan, xizmat qilish maydonchasi, narvon, monometrni ushlab turuvchi quvur moslamasi va to‘kuvchi-quyuvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Saqlovchi klapan sisterna ichida hosil bo‘ladigan ortiqcha bosim 2,16 MPa ga moslangan. Sisternalarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari 5- jadvalda keltirilgan. Suyuq gazlarni ballonlarda tashish yopiq vagonlarda amalga oshiriladi. Ballonlar hajmi 50 litrdan bo‘lib, ularning 360 donasi bitta 4 o‘qli vagonga ortiladi. Ballonlar vagonga tik yoki yotiq holatda ortiladi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tik holatdagi ballonlarga rezina halqalar kiygiziladi. Yotiq holatdagi ballonlar orasiga maxsus izolatsiya materiali qo‘yiladi. ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT:Download 181.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling