Neolit davriga kelib jamoalarning dehqonchilikka


Download 110.02 Kb.
bet1/4
Sana27.03.2023
Hajmi110.02 Kb.
#1300990
  1   2   3   4
Bog'liq
tarix ms







1

6-sinf Qadimgi dunyo tarixi

1-20




1. [1,3 ball]
Neolit davriga kelib jamoalarning dehqonchilikka o’tib borishi qaysi tarixiy jarayon natijasida yuz bergan?



  1. Qadimgi Sharqda ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilishi natijasida;

  2. hunarmandchilik va chorvachilikning shakllani- shi natijasida;

  3. o’troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi;

  4. dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqi- shi natijasida;

2. [2,2 ball]


Qadimgi Misr podsholigi uchun muhim ahamiyat- ga ega bo’lgan jihatni aniqlang.

  1. fir’avnlar tomonidan Bolqon yarim oroli sharqi- da joylashgan Frakiya bosib olindi;

  2. fir’avnlar qo’shni mamlakatlarga harbiy yurish- larini endilikda bosqinchi sifatida davom ettirdilar;

  3. fir’avnlar tomonidan Janubiy Falastin va Nubiyaning shimoliy hududlari bosib olindi;

  4. fir’avnlar Nubiya va Liviyaga yurishlar qilib, shaharlarni taladilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklar egallab oldilar;

5.


3. [1,3 ball]
Qadimgi davrda quyidagi qaysi mintaqa ibodatxo- nalari xudolar haykallari bilan hashamatli bezatilgan?

  1. Misr B) Mesopotamiya C) Eron D) Hindiston



4. [3,2 ball]


Quyidagi tarixiy voqealar (ma’lumotlar) ni to’g’ri xronologik ketma-ketlikda ko’rsatilgan javobni aniqlang.

    1. Bobilda tosh ustunlarga bitilgan qonunlar to’pla- mi joriy etildi;

    2. Yuqori va Quyi Misr podsholiklari o’rtasida urush kelib chiqdi;

    3. Mauriya podsholigi o’z qudratining cho’qqisiga erishdi;

    4. Falastin hududida Isroil podsholigi tashkil topdi;

    5. «Xudolarsiz din» vujudga keldi;

    6. Ossuriya podsholigi tarix sahnasidan ketdi; A) 2, 1, 4, 6, 5, 3 B) 1, 2, 6, 5, 4, 3

C) 2, 1, 6, 4, 3, 5 D) 1, 2, 4, 6, 5, 3


[3,2 ball]


Quyidagi davrlar va ularga oid voqealar bilan to’g’ri moslashtirilgan javobni aniqlang.









A) I-b, II-e, III-f, IV-c B) I-d, II-c, III-e, IV-f C) I-b, II-c, III-f, IV-a D) I-d, II-a, III-f, IV-c



6. [3,2 ball]


Quyidagi davlatlar va ularga oid voqealar bilan to’g’ri moslashtirilgan javobni aniqlang.









A) I-b, II-e, III-f, IV-c B) I-d, II-c, III-e, IV-f C) I-b, II-c, III-f, IV-a D) I-d, II-a, III-f, IV-c

7. [2,2 ball]


Tarixiy shaxsni aniqlang.
U mil.avv. 1-mingyillikning birinchi yarmida yashab o’tgan tarixiy shaxs bo’lib, ushbu shaxsni Yunoniston hududlarida ham bilishgan.
A) Yaxmos B) Sidharta Gautama
C) Zardusht D) Kserks Ahamoniy

8. [2,2 ball]


Tarixiy shaxsni aniqlang.
U Hindiston shimolidan O’rta yer dengiziga qadar bo’lgan hududlarda o’z hukmronligini o’rnatgan edi. Pul islohoti va ma’muriy islohotlarni amalga oshirgan edi.
A) Tutmos II B) Doro I Ahamoniy
C) Makedoniyalik Aleksandr D) Kir II Ahamoniy

9. [2,2 ball]


Tarixiy davlatni aniqlang.
Kavkazorti, hozirgi Turkiyaning sharqiy qismi va Armaniston hududlarida tashkil topgan. Yagona davlatning tashkil topish jarayoni o’zini mudofaa qilish zarurati natijasida yuzaga kelgan.
A) Xett podsholigi B) Urartu podsholigi
C) Ossuriya imperiyasi D) Finikiya podsholigi


10. [2,2 ball]


Quyida berilgan ma’lumotlar qaysi tarixiy davlat haqida ekanligini aniqlang.
Savdo-sotiq ularning asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Ular qo‘shnilariga yog‘och, metallar va gazlamalar sotardilar. O‘rtayer dengizi sohilida
Tir, Sidon, Ugarit singari yirik dengiz bo‘yi shaharlariga asos solganlar.
A) Xett podsholigi B) Urartu podsholigi
C) Ossuriya imperiyasi D) Finikiya podsholigi



11. [3,2 ball]


Ma’lumki, Mesopotamiyada turli mahsulotlar va hunarmandchilik buyumlari bilan ham savdo qilishgan.

Quyidagi keltirilgan qaysi hunarmandchilik buyumlari ayniqsa qadrlanganligini aniqlang.


1) metall buyumlar; 2) sopol idishlar; 3) zeb-ziynat buyumlari; 4) qurol-yarog’lar; 5) kumush idishlar;
6) mis o’roqlar; 7) kulolchilik buyumlari; 8) fil suyagidan yasalgan kichik uy-ro’zg’or buyumlari; A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 3, 4, 7
D) 2, 3, 4, 6


12. [1,3 ball]


Quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri mil.avv. XVIII asrga oid ekanligini aniqlang.

  1. Falastin hududida Isroil podsholigi tashkil topdi;

  2. Kichik Osiyoning markazida shimollik xalq finikiyaliklar o’z davlatiga asos soldilar;

  3. Qadimgi Bobil podsholigi hududiga tog’lik kassit qabilalarining hujumlari boshlandi;

  4. O’rta Osiyo hududlaridan qazishmalar davomi- da bronzadan yasalgan to’g’nag’ich va tosh munchoqlar topilgan;



13. [3,2 ball]


Quyidagi keltirilgan tarixiy shaxslardan qaysilari- ning mil.avv. VI asrga aloqasi borligini aniqlang.

    1. Kir II ; 2) Kiaksar ; 3) Sidharta Gautama ;

4) Navoxudonosor II ; 5) Kambiz II ; 6) Kserks ;

  1. U-Di ; 8) Ashoka ; 9) Doro I ;

A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 3, 5, 9 C) 2, 4, 6, 8
D) 2, 3, 5, 9

14. [1,3 ball]


Insonlar o’zlari uchun ilgari ma’lum bo’lmagan mehnat qurollarini yasay boshlagan davrga oid to’g’ri berilgan ma’lumotni aniqlang.

    1. aholi qurilish sohasida katta yutuqlarga erishdi;

    2. turar-joylar (sun’iy boshpanalar) qurila boshlandi;

    3. xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlandi;

    4. paxsa imoratlar qurila boshlandi;



15. [2,2 ball]


Qadimgi Xitoy tarixi bilan bog’liq to’g’ri berilgan ma’lumotlarni aniqlang.

      1. Mil. avv. 3-ming yillikning oxirlarida qadimgi Xitoy hududida ilk davlat Yanszi daryosining o‘rta oqimida paydo bo’ladi; 2) Dehqonchilik Xitoyda azaldan e’tiborli va faxrli kasb hisoblab kelingan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug‘doy bo‘lgan; 3) Sin Shixuandi hali tirikligidayoq o‘ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi; 4) Sin Shixuandi o‘z davlatini ko‘chmanchi xunnlarning hujumlaridan himoya qilish uchun Janubiy Xitoy bo‘ylab qurilgan mudofaa devorini yanada mustahkamlashni buyurgan. Devorni qurish ishlari dastlab mil. avvalgi IV asrda boshlangan; 5) «Sariq ro‘mollilar» qo‘zg‘oloni II asrdagi eng yirik isyon bo‘ldi. Qo‘zg‘olon butun mamlakatni qamrab oldi. Faqat hukmdorning yaxshi qurollangan va harbiy ta’lim ko‘rgan qo‘shinlarigina uni bostirishning uddasidan chiqishdi; 6) Qadimgi Xitoyda o‘ziga xos yuksak madaniyat yaratilgan. Mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, chorvachilik, binokorlik va boshqa sohalar bilan bog‘liq bo‘lib, ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan; 7) Bundan 2,5 ming yil muqaddam yozuv uchun bambuk o‘rnida shoyidan foydalanishga o‘tildi. Shoyi matolariga mo‘yqalam bilan yozilgan;

A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 4, 5, 6
D) 2, 3, 5, 7




Download 110.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling