Ning mazmuni va vazifalari Режа


Download 29.24 Kb.
bet1/5
Sana03.10.2023
Hajmi29.24 Kb.
#1690722
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Evolyutsiya nazariyasi faniga kirish(1)


1-Mavzu: Evolyutsiya nazariyasi faniga kirish. Evolyutsiya nazariyasining kursining mazmuni va vazifalari
Режа:

  1. Evolyutsiya nazariyasining mazmuni va maqsadi

  2. Evolyutsiya nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqasi

  3. Evolyutsion nazariyasining o‘rganish usullari.

  4. Evolyutsiya nazariyasining prinsiplari

  5. Evolyutsiya nazariyasining muammolari

Tayanch so‘zlar: Evolyutsiya nazariyasining mazmuni, boshqa fanlar bilan aloqasi, metodlari, prinsiplari, muammolari.

  1. Evolyutsiya nazariyasining mazmuni va maqsadi. Hozirda insoniyat tomonidan to‘plangan bilimlar shu qadar kengki, hech bir inson ularni to‘liq egallashga qodir emaslar. Lekin har birimiz bizni o‘rab turgan dunyoni aniq tasavvur qilishi biz bu dunyoning qanday qonunlar asosida rivojlanishini bilishimiz zarur. Odamzot bu bilimlarsiz o‘zini jamiyatning foydali a’zosi deb seza olmaydi, o‘zini o‘ragan tabiatni baholay olmaydi ҳamda kundalik hayotda to‘g‘ri javob qabul qila olmaydi. Biologiya hayot haqidagi fandir. U tirik organizmlarning kelib chiqishi, tuzilishi, rivojlanishi, o‘zi yashab turgan atrof muhit bilan hamda o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi. Biologiya eng qadimgi fanlardan biri, ammo ,, biologiya ,, atamasi 1797 yilda nemis olimi T. Ruz ( 1771-1803) tomonidan taklif etilgan. Bu atamaning hamma tomonidan e’tirof etilish 1802 yilda fransuz olimi J. B. Lamark ( 1744-1829 ), L.K. Treviranus ( 1779-1864 ) ishlarida ishlatganlaradan so‘ng sodir buldi.

Hozirgi kunda biologiya qator ilmiy fanlarining differensiatsiyasi va integratsiyasi natijasida shakillangan kompleks fandir. Fan - bizni o‘rab turgan dunyoni o‘rganishning va bilishning usullaridan biri. Antik dunyoda fanlarning differensiatsiyasi bo‘lgan emas. Keyinchalik bu jarayonning sodir bo‘lganligini ko‘ramiz. Masalan: Botanikadan mikologiya (zamburug‘lar xaqidagi fan, briologiya (moxlar haqidagi fan), algologiya (suv o‘tlarini o‘rganuvchi fan), paleobotanika (qadimgi o‘simliklvr qoldiqlarini o‘rganuvchi va boshqa fanlar ajralib chiqdi. Biologiyaning nisbatan yosh fanlarida xam differensiatsiyani kuzatishimiz mumkin. Masalan: Genetika umumiy va molekulyar genetika, o‘simliklar genetikasi, xayvonlar, mikroorganizmlar, odam, populyatsion genetika va boshqa tarmoqlarga bo‘linadi. Shu bilan bir qatorda fanlarning bir-biriga yaqinlashishini – integratsiyasi xam sodir bo‘lmoqda. Masalan: biofizika, biokimyo, radiobiologiya, kosmik biologiya kabilar. Hozirgi vaqtda Yer yuzida 350.000 dan ortiq o‘simlik turlari, 100000 ga yaqin zamburug‘ turlari, 2,5 mln. dan ortiq xayvon turlari xamda katta sondagi prokariotlardan tashkil topgan. Olimlar tinimsiz yangi turlarni topish va ularni tasvirlash bilan mashg‘uldirlar. Tirik organizmlarning umumiy xossalarini aniqlash, ular xilma-xilligining sabablarini tushuntirish, tuzilishlari bilan atrof muxit sharoitlari bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganish biologiyaning vazifasi xisoblanadi. Bu fanda muxim o‘rinni organik olamning kelib chiqishi va Yerda hayotning rivojlanishi qonuniyatlari xaqidagi fan evolyutsion ta’limot egallaydi. Bu qonunlarni bilishlik ilmiy dunyoqarashning asosini xamda amaliy masalalarni yechishning poydevori xisoblanadi.
,, Evolyutsiya ,, termini ostida boshlang‘ich xolatning makon va zamonda qandaydir bir yangilik paydo bo‘lishiga olib keluvchi asta – sekinlik bilan bo‘ladigan o‘zgarishi tushuniladi. Biologik evolyutsya boshqa evolyutsiyalardan tubdan farq qiladi. Uning asosida ajoyib jarayon – makromolekula va tirik organizmlarning o‘zini – o‘zi yangilash xodisasi yotadi. Biologik evolyutsiya sodir bo‘ladigan jarayonlar va natijalari bo‘yicha turli – tuman. Biologik evolyutsiya – qaytarilmas jarayon, populyatsiyalar genetik tarkibining o‘zgarishi, adaptatsiya ( moslanishlar)ning shakilanishi, turlarning paydo bo‘lishi va o‘lishi, biogeotsenoz va biosferaning butun xolida qayta xosil bo‘lishi bilan amalga oshadigan, ma’lum darajada tirik tabiatning yo‘naltirilgan tarixiy taraqqiyotidir.
Xususiy fanlarning dalillariga asoslangan xolda Ch. Darvin asos solgan tiriklikning umumiy qonuniyatlari va tarixiy taraqqiyotini xarakatlantiruvchi kuchlarni evalyutsion ta’limot o‘rganadi. Hozirgi zamon evolyutsion ta’limotinig asosini Ch. Darvinning Evolyutsiyaning bosh xarakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi kuchi bo‘lgan tabiiy tanlanishning yetakchi roli xaqidagi tasvirlar yotar ekan, evolyutsion ta’limot xaqli ravishda darvinizm deb atalishiga xaqlidir. Evolyutsion ta’limotni xar xil fanlardan yig‘ib olgan dalillardan iborat deb tushunish xato bo‘lur edi. Evolyutsion ta’limot evolyutsiyaning umumiy qonuniyatlarini bilish zaruratidan kelib chiqqan xolda masalalarni mustaqil ravishda yechadi.
Evolyutsion talimotning asosiy maqsadi- organik dunyoning tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlash va ular asosida bu jarayonlarni boshqarishdan iboratdir.
Evolyutsiya qonuniyatlarini shunchaki bilish emas, balki ularni o‘sib borayotgan insoniyat talablarini qondirish yo‘lida aloxida olingan tirik organizmlar va tabiatni qayta tuzishdagi muammolarni boshqarishda muxim axamiyat kasb etadi.
Evolyutsion yondashish biologiyaning barcha tarmoqlari uchun muxim. Biologiyada har qanday faktni tabiiy – ilmiy ravishda evolyutsion nuqtai nazarda yondashmasdan turib tushuntirish mumkin emas.
Tirik tabiat turli xil tuzilish darajadagi va bir-biriga bo‘ysinadigan biologik sistemalarning ( sistema – yunoncha bo‘lib o‘zaro bog‘langan qisimlardan tashkil topgan yaxlit degan ma’noni beradi) yigindisidan iborat.
Olimlar hayotning bir qancha tuzilish darajalarini farqlaydilar: molekulyar, xujayra, to‘qima, organ, organizm, populyatsion tur, biogeotsenotik, biosfera.
Evolyutsiya mexanizmlari hayotning molekula darajasidan tortib, to biosfera darajasigacha qamrab oladi. Ammo asosiy evolyutsion xodisalar molekula, xujayra, organizm, populyatsiya-tur va biogeotsenotik darajalarda kuzatiladi. Masalan biror bir o‘simlikda hayotning tuzilishi darajalari quyidagi tartibda o‘rganiladi: O‘simlik (organizm ) ­­­­­­­­– barg (organ) – assimilyatsion – xujayra – xujayra to‘qimasi organoid ( mitoxondriya ) – ultrastruktura – molekulyar struktura ­– strukturaviy oqsil.
1. Molekulyar daraja – tiriklik tuzilishining eng chuqur darajasi bo‘lib, organik moddalar – oqsil, nuklein kisllotalar, uglevodlar, yog‘lar molekulalaridan tashkil topadi. Aynan shu tuzilish darajada organizm hayot faoliyatining eng muxim jarayonlari boshlanadi: moddalar almashinuvi va energiya almashinuvi, irsiy axborotni uzatish va boshqalar sodir bo‘ladi.
2. Hujayra – strukturaviy va funksional birlik, shuningdek barcha turli organizmlarning ko‘payishi va rivojlanish birligi. Hayotning noxujayraviy formasi yo‘q, viruslarning mavjudligi bu qoidani tasdiqlaydi, chunki ular tirik sistemalarga xos xususiyatlarni xujayra ichidagina namayon etadilar.
3. To‘qima – tuzilishi o‘xshash xujayralar va xujayralararo moddalari. Umumiy funksiyani bajarishga birlashtirilgan xujayralar tuzilishi va xujayralararo moddalari ( o‘xshash bo‘lgan) xujayralarning yig‘indisi.
4. Organ – aksariyat xayvonlarda organ – bir qancha tipdagi to‘qimalarning strukturaviy funksional birlashmasi. Masalan inson terisi organ sifatida epiteliya va biriktiruvchi to‘qimalarni o‘z ichiga oladi, ular birgalikda bir qator funksiyalarni bajaradilar. Ular orasida eng muximi – ximoya.
5. Organizm. Mustaqil yashashga qobiliyatli bo‘lgan bir butun yaxlit bir xujayrali yoki ko‘pxujayrali tirik sistema.
Ko‘pxujayrali organizm – xar xil funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan to‘qima va organlar yig‘indisidan xosil bo‘lgan.
6. Populyatsion – tur – organizmdan yukori tartibli populyatsiyalar tizimini xosil kilidigan yashash joyi bir bulgan bir turga mansub organizmlar yig‘indisi.
7. Biogeotsenoz – tuzilish darajasi turlicha murakkablikda bo‘lgan va xar xil turlarga mansub organizmlar yig‘indisi. Biogetsenozning asosiy funksiyasi – energiyani akkumilyatsiya qilish va qayta taqsimlash.

Download 29.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling