Ning mazmuni va vazifalari Режа


Evolyutsion nazariyasining o‘rganish usullari


Download 29.24 Kb.
bet3/5
Sana03.10.2023
Hajmi29.24 Kb.
#1690722
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Evolyutsiya nazariyasi faniga kirish(1)

Evolyutsion nazariyasining o‘rganish usullari.

Evolyutsion jarayon shu qadar murakkabki, bu jarayonni biror usul yordamida to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham evolyutsion jarayonni o‘rganish uchun biologiya fanlarida qo‘llaniladigan usullarning kompleksi qo‘llaniladi. Ya’ni hayvonni o‘rganish uchun zoologiya, mikroorganizmlarni o‘rganish uchun mikrobiologiya usullaridan foydalaniladi. O‘z navbatida olingan ilmiy natijalardan taqqoslash, solishtirish asosida tegishli ilmiy xulosalar chiqariladi.

  1. Evolyutsiya nazariyasining prinsiplari

Evolyutsion jarayonni tadqiq qilish ikkita prinsipga asoslanadi. Ulardan biri tarixiy prinsip. Bu prinsipga ko`ra, o`tgan davrlarda organik olamda ro`y bergan voqea-hodisalarni o`rganish asosida hozirgi davrda yashayotgan tirik organizmlarning tuzilishi, kelib chiqishi aniqlanadi. Ikkinchi prinsip aktualizm hisoblanadi, mazkur prinsipga muvofiq, hozirgi tirik organizmlarning turli darajadagi tuzilishini va funksiyasini o`rganish asosida qadimgi davrlarda organik olamning rivojlanishida haqida mulohaza yuritiladi

  1. Evolyutsiya nazariyasining muammolari.

Hozirgi zamon evolyutsion ta’limotining quydagi muammolari mavjud.
1. Yerda hayot paydo bo‘lishining evolyutsiyasi
Bunda ana shu jarayonga ta’sir etgan turli-tuman faktorlar ham o‘rganiladi.
2. Evolyutsiya jarayonining shart-sharoitlari.
Biologik evolyutsiya orqaga qaytmaydi, u to‘xtovsiz jarayondir. Buning ham sabablarini o‘rganadi.
3. Evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar-o‘zgaruvchanlik, irsiyat, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ekanligi. Bular tufayli tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar tadqiq qilinadi.
Evolyutsiya nazariyasi fanining muammolari:
1. Tur va tur paydo bo‘lish muammosi
2. Yangi tur paydo bo‘lish mexanizmi, yo‘llari o‘rganiladi
3. Tirik tabiatdagi progressiv taraqqiyot qonuniyatlari
4. Odamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi
5. Evolyutsion jarayonni boshqarish, ya’ni yangi zot, nav va shtamm chiqarish. Seleksiyani paydo bo‘lishi va uning inson hayotidagi ahamiyati.
Bu mavzular bo‘yicha ko‘plab ilmiy natijalar olingan bo‘lsada, hali hal etilmagan juda ko‘p muammolar mavjud. Ana shular hisobga olingan holda evolyutsiya nazariyasi fani 2 ta qismga bo‘linadi.
1. Evolyutsion ta’limotning paydo bo‘lishi tarixi.
2. Evolyutsion ta’limotning hozirgi zamon muammolari.

Download 29.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling