Nizomiy nomidagi tdpu tarix fakulteti “Milliy g’oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” yo`nalishi III bosqich 303 – guruh talabasi Baxtiyorova Layloning Ta`lim tarbiya jarayonida huquqiy normativ hujjatlar fanidan tayyorlagan
Download 113.16 Kb.
|
Rahul S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ta`limning me`yoriy-huquqiy asosi sifatida qonunosti hujjatlari
- Foydalanilgan adabiyotlar
Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti “Milliy g’oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” yo`nalishi III bosqich 303 – guruh talabasi Samandarov Rahulning Ta`lim tarbiya jarayonida huquqiy normativ hujjatlar fanidan tayyorlaganMUSTAQIL ISHIMavzu:Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ta`limning me`yoriy-huquqiy asosi sifatida qonunosti hujjatlariReja:
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: - umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi; - umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi; - umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari; - baholash tizimi. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida NIZOM O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Umumiy o‘rta ta’limning muddati 11 yil bo‘lib, uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadiUmumta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek o‘z ustavlariga amal qiladi Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining muassislari tomonidan tasdiqlanadi va hududiy tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Umumiy o‘rta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish; o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish; ta’limning uzluksizligini va izchilligini, umumta’lim muassasalari o‘quv dasturlarining o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash; ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish; o‘quvchilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish; Umumta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib beradi.Foydalanilgan adabiyotlar:
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 113.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling