Nodavlat tashkilotlari ma’muriy huquq subyekti sifatida


Download 1.22 Mb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1618098
  1   2
Bog'liq
JUMANAZAROVA SHAHRIZODA MA\'MURIY HUUQU MUSTAQIL ISH

NODAVLAT TASHKILOTLARI - MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi201-guruh talabasi Jumanazarova Shahrizodaning Ma’muriy huquq fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.


Reja:
  • Nodavlat notijorat tashkilotlari.
  • Jamoat birlashmalari.
  • Siyosiy partiyalar.
  • Kasaba uyushmalari.

Nodavlat notijorat tashkilotlari — davlat boshqaruvi jarayonida ma’lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, ma’muriy-huquqiy munosabatlaming ishtirokchilari sifatida namoyon bo'lishlari mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomi 0 ‘zbe- kiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi Qonun'iga binoan tartibga solinadi. Ushbu Qonun nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining, xalqaro hamda chet el nodavlat notijo tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlami (foydani) o'z qatnashchilari (a’zolari) o'rtasida taqsimlamaydigan o'zini-o'zi boshqarish tashkilotidir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko'rinib turibdiki, nodavlat notijorat tashkilotlari boshqa jamoat birlashmalaridan farq qilgan holda, quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga egadir: a) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy tashkil etiladi; b) o'zini-o'zi boshqaradi; d) daromad (foyda) olish faoliyatining asosiy maqsadi hisob- lanmaydi.
«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g‘risida»gi Qonunga binoan, nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi maqsadlarda tashkil etilishi mumkin:
1) jismoniy va yuridik shaxslaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; , 2) demokratik qadriyatlarni himoya qilish; 3) ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish; 4) ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish; 5) xayriya faoliyatini amalga oshirish. Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko‘mak ko'rsatishi mumkin. Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan o'zaro munosabatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi: — nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni qabul qilish; — nodavlat notijorat tashkilotlarini ro'yxatga olish (qayta ro'yxatga olish), ularning faoliyat ko'rsatishi va faoliyatini tugatish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlami yaratib berish;— nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali das- turlarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish; — nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o'zaro ijtimoiy hamkorlik; — nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish. Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to'g'ridan to'g'ri xalqaro aloqalar o'matishi, hamkorlik to'g'risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi. Nodavlat notijorat tashkiloti, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo'lmasa, faoliyat muddati chek- lanmagan holda tashkil etiladi.
«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi Qonunga binoan nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega: 1) o'z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
2) ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv oiganlariga takliflar kiritish; 3) davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish; 4) o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish; 5) ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish; 6) ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish; 7) o'z ramziy belgilarini ta’sis etish; 8) o'z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar, konferensiyalar o'tkazish; 9) qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filial- lar tashkil etish. Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
Nodavlat notijorat tashkiloti: 1) qonun hujjatlariga rioya etishi; 2) o‘z mol-mulki va pul mablag'laridan foydalanish to'g'risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlashi; 3) nodavlat notijorat tashkilotini ro'yxatdan o'tkazuvchi organga o'zi o'tkazayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berishi; 4) ro'yxatdan o'tkazuvchi soliq va statistika organlariga o'z faoliyati to'g'risida hisobotlar taqdim etishi shart. Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo'ladi. Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi — u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo'linma bo'lib, nodavlat notijorat tashkilotining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Nodavlat notijorat tashkilotining filiali — u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo'linma bo'lib, uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan, vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi. Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo'lishi mumkin. Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir.
O'z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro'yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolaming xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma — jamoat birlashmasidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olim- laming jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolaming boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. Konstitutsiyaviy tuzumni zo'rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsiz- ligiga, fuqarolaming konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ'ib qiluvchi, xalqning sog'lig'i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning,'milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalaming hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling