Nonning sifatini organoleptik baholash


Download 20.02 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi20.02 Kb.
#1253982
  1   2   3
Bog'liq
maqola (1)


NONNING SIFATINI ORGANOLEPTIK BAHOLASH
TKTI, Dots.Rajabov.A.N.
B21-17U-MSM-2 guruh talabasi Abdullayev I.S.
Annotatsiya: maqola hozirda ishlab chiqarilayotgan non va non mahsulotlarining organoleptik sifat ko‘rsatgichlari va qolipli non mahsulotining ГОСТ 27842-88 da ko‘rsatilgan organoleptik ko‘rsatgichlar bo‘yicha baholanashi to‘g‘risida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: non, organoleptik ko‘rsatgich, ГОСТ 27842-88, sifat, kimyoviy, fizikaviy, fizik kimyoviy tekshiruv.
Hozirgi kunda non va non mahsulotiga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Non va non mahsulotlari inson hayotining asosiy ozuvqa manbalaridan biri hisoblanadi. Istemolchilar ko’pincha non va non mahsulotlari sotib olayotganda uning sifati qanday aniqlash mumkunligini, sifatini aniqlashda nimalarga e‘tibor berish kerak ekanligini va mahsulotga orgonoleptek baho berishni bilishmaydi. Buning natijasida sifatsiz va istemolga yaroqsiz mahsulotlar harid qilishadi.
Organoleptik tahlil – bu inson sezgi organlari (ko‘z, burun, til, qo‘l) orqali mahsulotni baholash. Ya’ni uning ta’mi, hidi, rangi va boshqalarni aniqlash.
Nonlarning organoleptik ko‘rsatgichlaridan biri bu tashqi ko‘rinishi hisoblanadi. Nonlarning tashqi ko‘rinishi tekshirilganda ularning shakliga, yuzasining holatiga va nonning sirti yuzasi qizarib pishganlik darjasi hisobga olinadi. Nonning shakli to‘g‘ri, tekshirilayotgan non turiga mos bo‘lishi lozim. Nonlar bir-biriga yopishgan yoki shishib qolmagan bo‘lishi lozim. Ba’zi nonlarning issiqlik paytida ezib ko‘rilsa o‘z shaklini o‘zgartirib deformatsiyaga uchrashi mumkin, bunday nonlar savdoga chiqarilmaydi. Nonlar sirt yuzasi silliq, yaltiroq ifloslanmagan bo‘lishi kerak. Qizarib pishganlik darajasi hamma joyida bir xil kuygan joylari bo‘lmasligi kerak.
Nonning asosiy organoleptik ko‘rsatgichlaridan yana biri bu mag‘zining holatidir. Nonning mag‘zi yaxshi pishgan nonga xos, yopishqoq emas, barmoq bilan ezganda ho‘llik sezilmasligi kerak. Nonning mag‘zi pishmagan xamir va unga tegishli bo’lmagan aralashmalardan holi bo‘lishi lozim. Mag‘zi elastik ko‘rinishda bo‘lishi kerak, ya’ni qo‘l bilan bosganda o‘z holatiga qaytishi va uvalanib ketmasligi kerak. Yana bir ko‘rsatgichlardan g‘ovakligi hisoblanadi. Nonda g‘ovakligi hamma joyda bir xil rivojlangan, mayda ko‘zchalardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Oxirgi ko‘rsatgichlari bu ta’mi va hididir. Nonning hidi va ta’mi o‘ziga xos, yoqimli begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi lozim.
Organoleptik ko'rsatkichlarga ko'ra, bug'doy unidan tayyorlangan non ГОСТ 27842-88 standart talablarga javob berishi kerak. Bu talablarni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.



Download 20.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling