Nordic international university X alqaro nordik universiteti
Download 73 Kb.
|
Maktab yoshidagi bolalarga beriladigan kunlik ovqatlar va uning tarkibiy mahsulo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: NURAYSHA UBAYDULLAYEVA Guruh: 4-MMT-22
- Internet resurslari
X ALQARO NORDIK UNIVERSITETI Maktab yoshidagi bolalarga beriladigan kunlik ovqatlar va uning tarkibiy mahsulotlar miqdori
2023-yil Mavzu: Maktab yoshidagi bolalarga beriladigan kunlik ovqatlar va uning tarkibiy mahsulotlar miqdori Bolalar bogchalarida bolalar ovqatlanishini tashkil etish, ya'ni ular organizmini zarur oziq moddalar va vitaminlar bilan miqdor va sifat nuqtai nazardan osuvchi organizm talablariga mos holda ta'minlash, ular normal osib, rivojlanishlari uchun kata ahamiyat kasb etadi. Ovqat tarkibi xilma-xil, yaxshi tayorlangan va bola organizmi uchun zarur bolgan barcha moddalarga boy bolishi lozim. Shuningdek ovqatlanish tartibi togri tuzilgan bolishi talab qilinadi. Bolalar ovqatlanishini tashkil etilishi malakali mutaxassis hamshiralar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarga e'tibor beriladi: Turli aholi guruhlarining oqilona ovqatlanishini organish, hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib qolganligi barchaga ma'lum. Bu haqida kop joylarda gapirilad. Hozir ham bu muammo xususida qator mamlakatlar va Respublikamizda ancha ishlar qilinmoqda. Ammo bu muammoning yechilishi bir qancha sabablar tufayli keyinga surilmoqda. Chunonchi, ovqatlanish muammosi bogcha bolalarida ham uchrashi aniqlandi. Bola organizmi taxminanan uch haftali bolganidan boshlab ovqatiga yoglar qoshilishiga moslasha boshlaydi. Bu yoglar tuli korinishda bolishi mumkin: baliq moyi, osimlik moyi, sut yogi va hokazolar. Bir yoshar bolalar organizminida yoglar almashinuvini organish boyicha olib borilgan tadqiqotlar korsatishicha, ular organizmida toyinmagan yog kislotalariga boy yoglar (baliq yogi, osimlik moylari) sigir suti moyiga nisbatan yaxshiroq ozlashtiriladi. Shunga kora bolalar ratsionini tuzishda tarkibida toyinmagan yog kislotalariga boy yoglardan foydalanishga koproq e'tibor berish maqsadga muvofiq boladi. Lekin shunisi ham muhimki osimlik (yoki baliq) moyining kichik yoshdagi bolalarning kunlik ratsiondagi miqdori umumiy yoglarning 10 % dan oshmasligi lozim. Tvorog va yoglarni bolalar ovqatiga kiritish bosqichma- bosqich amalga oshirilishi lozim 1. Bogchaga keltiriladigan oziq mahsulotlar sifati. Ularni saqlash sharoiti va realizatsiyalash muddati. 2. Menyularni tuzish. Ovqatning fiziologik tola qimmatligi. 3. Oziq mahsulotlarining ovqat tayyorlashda togri ishlatilishi. 4. Ovqat tayyorlash texnologiyasining togriligi. 5. Tayyorlangan ovqatning sifatliligi, uni bolalar yoshiga kora togri berilishi. 6. Turli yosh guruhlari uchun ovqatning tarkibini tahlil qilinishi (jadvallar asosida hisob-kitob qilish usuli bilan). 7. Tasdiqlangan mahsulotlar royxati boyicha ulardan foydalanilishini kunlik nazorat qilib borilishi. 8. Ovqatlanish boyicha tegishli xujjatlarni rasiylashtirib borilishi (Yosh guruhlari boyicha bolalar ratsionida hayvon oqsili miqdori, Ovqatning kimyoviy tarkib analizi, Ovqatni vitaminlashtirish va boshqa jurnallar). 9. Muassasaning ovqatlanish kengashida tegishli masalalarni korib chiqilishi. 10. Ota-onalar bilan uyda ovqatlanishni togri tashkil etish boyicha ish olib borilishi. Bogcha tarbiyachilari bolalarning oqilona ovqatlanishi asoslarini yaxshi bilishlari va ular ovqatlanishini nazorat qilish malakasiga ega bolishlari kerak. Ma'lumki, bogchalarda bolalar ovqatlanishini tashkil etishda kop kamchiliklarga yol qoyiladi. Aniqlanishicha, eng kop uchraydigan xatolardan biri - ratsionda hayvon oqsillari, almashtirib bolmaydigan aminokislotalar miqdorining kamligidir. Bunga menyu uchun mahsulotlarni notogri tanlash va ularning tarkibini bilmaslik asosiy sabab boladi. Kopincha oziq mahsulotlarning narxi ularning biologik qimmatiga togri kelmasligi aniqlangan. Masalan ovqatlanish ratsionlarida arzon, lekin yuqori biologik qiymatga ega mahsulotlar (jigar, buyrak, tvorog, loviya, noxat, bogdoy yormasi va boshqalar) kam ishlatiladi. Yoglardan kop hollarda notogri foydalaniladi, ishlatilayotgan osimlik moylari natural holda deyarli iste'mol qilinmaydi, ularning xilma-xilligiga e'tibor berilmaydi (kop hollarda faqat paxta moyi ishlatiladi). Meva, sabzavot va poliz mahsulotlari ratsionlarda kam uchraydi. Bularning natijasida ovqat tarkibida almashtirib bolmaydigan aminokislotalar, toyinmagan yog kislotalari, mineral moddalar, mikroelementlar va natural vitaminlar kamayib ketadi. MUHOKAMA Bolalar bogchalarida ovqatlanishni tashkil etishda yol qoyiladigan xatolardan yana biri - ovqatni tayyorlashda yosh guruhlariga kora differensial yondashuvning mavjud emasligi. Kichik va katta yoshdagi bolalar ovqatidagi mahsulotlar miqdori bir hil bolishiga yol qoyilmasligi lozim. Bunday holat ovqatning har xil yoshdagi bolalarda oziq moddalarga bolgan fiziologik talabiga mos kelmasligiga olib keladi. Natijada kichik yoshdagi bolalar oziq moddalarni, masalan oqsillarni, ozlarining fiziologik talablariga kora kop, katta yoshdagilari esa kam qabul qilishadi. Ovqatlanishdagi kamchiliklar nazoratsiz ovqatlanishdir. Agar ovqat tayyorlash uchun ishlatilayotgan mahsulotlar miqdorini hisobga olishda turli yosh guruhlari e'tiborga olinmasa, ratsionlarning kimyoviy tarkibini alohida bir vaqt oraligi uchun hisoblab topish mumkin bolmaydi. Natijada bolalarning oziq moddalarga bolgan talabi qay darajada qondirilayotganligini bilib bolmaydi. Bolalar ovqatlanishining sifati kop omillarga bogliq: ovqat tayyorlashda mahsulotlardan togri foydalanish, kulinar qayta ishlash qoidalariga rioya etish, porsiya taqsimotini togri amalga oshirish. Bolalar ovqatning sifati va tarkibi oshxona ishchilarining togri ovqatlanishini tashkil etish qoidalarini bilishlari katta ahamiyat kasb etadi. Demak, bogcha bolalarining notogri ovqatlanishiga birinchi navbatda e'tiborsizlik sabab bolyapti, deyish mumkin. Bogcha bolalarining togri ovqatlanishini yolga qoyish birinchi galda ota-onalarning va bogcha tarbiyachilarining ishidir. Ulardan birortasining bu ishga e'tiborsiz qarashi jiddiy oqibatlarga sabab bolishi mumkin. Ayniqsa, bu borada bogcha tarbiyachilarining orni muhimdir. Aniqlanishicha, bogcha bolalari kundalik ovqatlarining 80 foizini bogchada iste'mol qilishadi. Demak, ana shu jarayonda bogcha tarbiyachilari ularning togri va oqilona ovqatlanishlariga jiddiy e'tibor qaratishlari zarur. Aks holda, ularning yosh organizmi turli salbiy ozgarishlarga duchor bolishlari ham mumkin. NATIJA Shuni ta'kidlash muhimki, bogcha bolalarining organizmi osuvchi organism bolib, ularning asosiy oziq moddalarga, vitaminlar va ma'danli moddalarga bolgan talabi bir muncha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Zero ularning organizmida moddalar almashinuvi kuchli, ularda hujayralarning bolinib kopayish jarayoni juda jadallik bilan boradi. Xullas, ular osish va rivojlanishda katta odamlarga nisbatan oziq moddalarga bolgan talabi yuqori boladi. Bogcha bolalarining ovqatlanishida birinchi navbatda e'tibor qaratish kerak bolgan narsa ularning osuvchanligidir. Bolalarning iste'mol taomlariga bolgan talabi osish nuqtai-nazardan ta'minlanishi kerak. Masalan, 3-7 yoshli bolalar uchun kunlik oqsillarga bolgan talab me'yori 60 g, yogga 60 g, karbonsuvlarga esa 240 g ni tashkil etadi. Yuqorida aytib otilgan oziq moddalarni bu miqdordan kam yoki kop iste'mol qilish normal osib rivojlanish jarayoniga salbiy ta'sir etishi mumkin. Oziq moddalarni kop yoki ortiqcha iste'mol qilish bir tomondan bu moddalar organizmga zararli hatto zaxar moddalarga aylanishiga va ikkinchi tomondan semizlikka olib keladi. Bu borada ayniqsa, vitaminlarning orni muhim. Kopchilik tadqiqotlar vitaminlar yetishmasligi osishdan juda orqaga qolishga, aqliy va jismoniy jihatdan sust rivojlanib qolishga olib keladi. Shu bilan birga turli vitaminlarning ratsion tarkibida yetishmasligi har xil noxush kasalliklarga olib keladi. Yosh organizmning kasalliklarga chidamliligini, immunitetini kuchsizlantirib yuboradi. Bogcha bolalarining ovqatlanishida e'tiborga olish kerak bolgan narsa shuki, ular kopincha shirinliklarni sevib iste'mol qilishadi. Natijada ovqatga nisbatan ishtaxa pasayishi mumkin. Yoki ovqat tarkibida shirinliklar kopayishi oqibatida organizmda karbonsuv miqdori oshib ketishi mumkin. Shuning uchun bolalarning ovqati tarkibida shirinliklar ham me'yoridan oshmasligi lozim. Bu borada eng ma'qul shirinlik asal hisoblanadi. Shakar orniga asal berish yosh organizm uchun ancha foydali. Chunki asal tarkibida biofaol moddalar, foydali mikroelementlar, vitaminlar juda kop. Bu moddalar esa bolalar uchun juda muhim. Bogcha bolalarning ovqatida oziq tolalarining yetarlicha bolishiga jiddiy e'tibor berish kerak. Oziq tolalariga boy mahsulotlardan (karam, sabzi, turli boshqa sabzavotlar olma, qora non) ularga doimiy ravishda berib turish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bogcha bolalarining yaxshi, jismoniy baquvvat bolib yetishishlari oziq tolalariga kop jihatdan bogliq. Bolalarning yoshi oshib borgan sari chaynash muskullari yaxshi rivojlanishi uchun ularga qattiq non, suxari, goshtli suyak kabi mahsulotlardan ham berib turish foydali. XULOSA Umuman olganda, bogcha bolalarining oqilona ovqatlanishini tashkil qilish va uni yolga qoyish ularning ota-onalariga va bogcha tarbiyachilariga kop jihatdan bogliq. Zero, ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarga nima berishi yoki nima bermasligi, qay tartibda berishi bolalarning ovqatlanish holatiga jiddiy ta'sir etadi. Bola ana shu iste'mol qiladigan narsasiga qarab osib rivojlanadi. Shuning uchun dastavval ota-onalar bu borada qaygurishlari lozim. Shuningdek, oqilona ovqatldanish va uning tashkil qilishning ahamiyati xususida bogcha tarbiyachilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish yaxshi natija beradi. Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari: Беюл Е.А., Оленева В.А., Геллер Г.М. и др. -Вопр. питания, 1980, No 4, с. 22-25. Рацион, питание и предупреждение хронических заболеваний. Докладисследовательской группы ВОЗ. Женева, 1993 г Сайланова Д.К. Состояние фактического питания и физического развития у детей 1-7 лет в условиях южного приаралье (Республика Каракалпакистан). Автореф. дисс. канд. мед. наук - Т., 2004-19 с . Худойшукуров Т., Каримов М. ва бошқалар. Овқатланиш ва саломатлик. Тошкент. «Медицина», 1990 й. Қурбонов Ш. Қ., Қурбонов А.Ш. Овқатланиш физиологиясининг асослари. Қарши, 2000 й. Qodirov U.Z., Abdumadjidov A.A., Askaryans V.P. Bolalar fiziologiyasi Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti. Semenza G. Digestion and absorption of sugars. In: Modern problems in pediatrics. Basel; New-York, 1968, v.11, p. 32-47. Wright A., Burstyn P.G., Gibney M. J. Dietary fibre and blood, pressure. Brit. Med. J., 1979, v. 2, p. 1541-1543. Internet resurslari: http://edadetey.ru http://pitanie-detey.ru Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling