Nosirova Muslimabonu Sherzodbek qizi Chirchiq Davlat Pedagogika


Download 36.63 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi36.63 Kb.
#1698841
Bog'liq
Ming bor tashakkur...





Nosirova Muslimabonu Sherzodbek qizi
Chirchiq Davlat Pedagogika
Universiteti I boshqich talabasi

Ming bor tashakkur...


Poytaxt ko'chalari, so'lim va maftunkor. Atrofga nazar solar ekanman, keksa-yu yosh odamlar oqimi meni hayratga soldi. Har birlarining chexralarida tinch va osoyishta hayotdan mamnun ekanliklari balqib turadi. Birlari ishga, birlari o'qishga, birlari davlat xizmatiga, ayniqsa, talabalarning darsga oshiqib ketayotganliklari ko'zni quvontiradi.

Tengdoshlarim, talabalar qatorida oliygoh ostonasiga qadam bosar ekanman, Respublikamizning turli joylaridan kelib quvonch bilan ostona hatlayotgan tengdoshlarimni ko'rib qalbim quvonch va shodlikka to'ladi.

Men o'rta maktabni tamomlab, Davlat granti asosida oliygohga kirgan bahtiyor talabalar qatorida ekanligimdan faxrlanaman. Bu bahtiyorlik mustaqil ona Vatanimizning, davlatboshimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning biz yoshlarga e'tibori, e'tirofi tufaylidir.

O'quv dargohimiz, undagi sharoit, o'quv xonalari, uning jihozlari ko'zni quvontiradi. Biz izlanib, yangilik sari intilib, ustozlar bergan bilimni mukammal o'zlashtirib yaxshi inson, yaxshi mutaxassis, davrning ijodkori, yurtning sevimli farzandi bo'lmog'imiz oliy maqsadimizdir.

Yana shuni quvonch bilan aytamanki, hali bir birlarimizni to'liq o'rganmagan do'stlarimiz ko'zlaridagi talabalik quvonchini ko'rib, bir oila farzandidek yurt koriga yarashimizga do'stlik, inoqlik, va ahillik bilan bilimlar cho'qqisiga dadil bormog'imizga ishonaman. Jonajon, yangi O‘zbekistonimizning barcha tengdosh talabalari quvonch va shodliklariga sherikman.

Talabalik muborak, Aziz tengdoshim!
Download 36.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling