Nostandart axloq ko`rinishi. Bajardi: pep 1. guruh talabasi


Download 492.5 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi492.5 Kb.
#1355887
Bog'liq
Nostandart axloq ko`rinishi

  • Nostandart
  • axloq
  • ko`rinishi.
  • Bajardi: PEP 21.3 guruh talabasi
  • Mannapova Mahliyo
  • Mualliflar barcha axloqiy deviasiyani ikkita katta guruhga bo’ladilar: nostandart va destruktiv axloq. Nostandart axlos tafakkurning yangi shakli, yangi g’oyalar, shuningdek, axloqning ijtimoiy stereotiplari doirasidan chiquvchi harakatlarga ega bo’lishi mumkin. Bunday shakl garchi aniq tarixiy sharoitlarda qabul qilingan me’yorlardan chetga chiqsada, biroq jamiyatning kelgusidagi rivojlanishida ijobiy rol o’ynovchi faollikni ko’zda tutadi. Nostandart axloqqa misol qilib, novatorlar, inqilobchilar, oppozisionerlar, bilimning qaysidir sohasini ochuvchilarni keltirish mumkin. Ushbu guruh qat’iy ma’noda ogishgan xulq deb tan olinishi mumkin emas.
  • Axloqni ogishgan deb kvalifikatsiya qilish uchun u shaxsning umumiy yo’nalganligi bilan muvofiqlashishi zarur. Bunda axloq nostandart vaziyatlar oqibati (masalan, jarohatdan keyingi sindrom doirasidagi axloq), krizisli vaziyat oqibati (masalan, yaqin odamining o’limi tufayli birinchi oy davomidagi qayg’u reaksiyasi) yoki o’z-o’zini muhofazalash oqibati (masalan, hayot uchun real xavfning mavjudligida) bo’lmasligi lozim.
  • Ijtimoiy axloqning asosiy variantlari:
  • 1.Me’yoriy («standart») axlok.
  • 2.Marginal (cheklangan) axloq.
  • 3.Nostandart («nome’yoriy») axloq - ushbu jamiyatda ushbu vaqtda qabul qilingan kamchilik odamlarga xos me’yorlar chegarasidan chiqadi. Ikki asosiy shaklda namoyon bo’ladi:
  • - kreativ (ijodiy) axloq
  • - deviant (og’ishgan) axloq
  • 4. Patologik axloq.
  • - kreativ (ijodiy) axloq - yangi g’oyalarni amalga oshiradi, o’ziga xos, mahsuldor, taraqqiyparvar, me’yorning o’zini o’zgartirishga olib kelishi mumkin, biroq qator hollarda atrofdagilarning qarshiligini uyg’otadi;
  • - deviant (og’ishgan) axloq - mahsuldor emas, destruktiv yoki autodestruktiv, atrofdagilarning ma’qullamasligini uyg’otadi.
  • Deviant axloq "rasman o’rnatilgan yoki haqiqatda ushbu jamiyatda yuzaga kelgan me’yorlarga mos kelmaydigan muomala, inson harakati ma’nosida psixologiya, pedagogika va psixiatriyaning predmeti sifatida yuzaga chiqadi.
  • Deviant axloq o’zining eng keyingi ko’rinishlarida hayot uchun bevosita xavf tug’diradi, masalan, suisidal axloq, zo’ravonlik jinoyatlari, "og’ir" giyohvand moddalar iste’mol qilish. Zararning psixologik markeri o’sha odamning o’zi yoki uning atrofidagilarning aziyat chekishidir.
  • Individual darajada deviant axloq anchagina muammoli ko’rinadi, chunki shaxsning o’zi va atrofdagi odamlar hayoti uchun real zarar, deviant shaxsning ijtimoiy muhit bilan nizosi, uning ijtimoiy moslashmaganligi kabi salbiy fenomenlar bilan bog’liqdir.
  • Deviant axloq masalalari bo’yicha ilmiy adabiyotlarda birmuncha ishlab chiqilgan va anchagina odatlangan klinik yondoshuv hukmronlik qiladi. Ayni damda ma’lumki, shaxs axloqiga psixologik jihatdan - shaxsning o’ziga nasihat qilib ta’sir ko’rsatish mumkin. Ayonki, mutaxassis og’ishgan xulq tasnifiga ikkita yetakchi yondoshuvni aniq differensiyalashi zarur - psixologik va klinik.
  • Agar turli sabablar kuch; muhabbat, ijodkorlik va ruhiyat orqali o’z-o’zi dolzarblashtirish mumkin bo’lmasa, u deviant axloq orqali o’zini ifodalash bilan almashtirilishi mumkin.
  • Deviant axloq bevosita hissiy buzilish bilan bog’liq degan tasavvurga asoslangan. Usmirlarni ushbu muammolaridan oldindan xabar berish uchun hissiyotlarni tanish, ularni maqbul obrazda ifodalash va stressni mahsuldor udsalashga o’rgatiladi. Guruhchi psixologik ish davomida qaror qabul qilish malakasi shakllanadi, o’z-o’zini baholash ko’tariladi, o’z-o’zini aniqlash va ijobiy qadriyatlarni rivojlantirish jarayoni rag’batlantiriladi.
  • Nostandart axloqqa misol qilib, novatorlar, inqilobchilar, oppozitsionerlar, biliinning qaysidir sohasini ilk ochuvchilami keltirish mumkin. Ushbu guruh qat’iy ma’noda ogishgan xulq deb tan olinishi mumkin emas.

Download 492.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling