Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar


Download 170.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana05.05.2023
Hajmi170.92 Kb.
#1431825
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. 1-Ma’ruza. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va



Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar 
 
Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi. Nuklein kislotalar 
yangi bir biologik modda sifatida 1868 yili shveystariyalik biolog olim Fridrix Misher tomonidan 
kashf etilgan edi. U yiringni tashkil qiladigan qon elementlari – leykostitlar yadrosidan fosforga 
boy noma’lum birikmani ajratib olib, unga “nuklein” nomini beradi. Keyinroq bu modda kislota 
xossasiga ega bo`lgani uchun “nuklein kislota” deb ataldi. 1891 yilda nemis olimi Kossel bu 
moddalarni gidroliz qilib, ular 3 xil komponentdan: purin va pirimidinlar qatoriga kiradigan
geterostiklik azotli asoslar, uglevod va fosfat kislotadan tashkil topganligini aniqladi. Shuningdek, 
u kislotalarning 2 turi mavjudligini ko`rsatdi. Ular keyinroq tarkibiga kiradigan uglevod 
komponenti – pentozaning riboza yoki dezoksiriboza bo`lishiga qarab ribonuklein kislota(RNK) va 
dezoksiribonuklein kislota(DNK) nomini oldi.
Mononukleotidlardan tashkil topgan va zanjirda 3¹5¹ - fosfodiefir bog`lari yordamida bog`langan 
yuqori molekulyar moddalarga nuklein kislotalar yoki polinukleotidlar deyiladi.
Hujayra tarkibidagi DNK va RNKning umumiy miqdori uning funkstional holatiga bog`liq bo`ladi. 
Masalan, urug` hujayralari (s’ermatozoidlar)da DNK hujayra quruq massasining 60% ini, 
ko’pchilik hujayralarda 1-10, muskullarda esa 0,2 % bo`ladi. ‘NK ning miqdori esa odatda, DNK 
ga nisbatan 5-10 marta ko`proq bo`ladi. Jigar, oshqozon osti bezi, embrional to`qimalar kabi faol 
ravishda oqsil sintezlovchi to`qimalarda RNK/DNK nisbati 4 dan 10 gacha bo`ladi. 
Yadrosi shakllanmagan bakteriya hujayralari (prokariotlar) da DNK molekulasi sitoplazmaning 
maxsus zonasida – nukleoidda joylashgan bo`ladi. Agar u bakteriyaning hujayra membranasi bilan 
bog`langan bo`lsa, mezosoma deb aytiladi. Kichik o`lchamli DNK bo`laklari bunday xromosomali 
zonadan tashqarida joylashgan bo`lib, bakteriyalarda bunday qismlar ‘lazmidalar deyiladi. 
Yadrosi to`la shakllangan hujayralar (eukariotlar) da DNK yadro bilan yadrocha oralig`ida – 
xromosomalar tarkibida hamda yadrodan tashqari organoidlar (mitoxondriya va xloro’lastlar)da
bo`ladi. Hujayraning taxminan 1-3 % DNK si yadrodan tashqariga, qolgan qismi esa yadro 
ichida taqsimlangan bo`ladi. DNK dan farqli ravishda RNK hujayrada tekisroq taqsimlangan. Bu 
esa RNK ning vazifasi turli-tuman ekanligi bilan bog`liq. Yuksak tuzilgan organizm hujayrasida 
hamma RNK ning 11 % i yadroda, 15 % i mitoxondriyada, 50 % i ribosomada va 24 % i 
gialoplazmada joylashgan bo`ladi. 
DNK ning molekulyar massasi tirik organizmning murakkablik darajasiga bog`liq. Odam va 
boshqa yuksak organizmlarning hujayralaridagi xromosomalarda DNK giston va giston 
bo`lmagan oqsillar bilan bog`langan bo`ladi. Bunday komplekslar dezoksiribonukleo’troteidlar 
(DN’) deyiladi. 
RNK ning DNK ga nisbatan molekula massasi ancha kichik. Bajaradigan vazifasi, molekula 
og`irligi va nukleotidlar tarkibiga qarab RNK ning quyidagi asosiy turlari farq qilinadi: 
informastion yoki matritsali (mRNK), transport (tRNK) va ribosoma (rRNK).

Download 170.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling