Nutqning fonetik bo'linishi
Download 76.52 Kb.
|
1 2
Bog'liqNutqning fonetik bo\'linishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutq quyidagi tartibda fonetik birliklarga bolinadi
Nutqning fonetik bo'linishiBoshlang'ich ta'lim yo'nalishi sirtqi ta'lim 102-guruh talabasi Umarova Gulmiraning tilshunoslik fanidan tayyorlagan taqdimoti
Nutq quyidagi tartibda fonetik birliklarga bo'linadi:1) fraza; 2) taktlar; 3) bo'g'inlar: 4) tovushlar: Har ikki tomondan pauza bilan bo'lingan eng katta fonetik birlik fraza deb ataladi. Pauza davrida so'zlovchi kelgusi frazaning talaffuzi uchun zarur nafas oladi. Bir fraza birqancha gaplarni o'z ichiga olishi mumkin. Bir gap ham birqancha frazalarga bo'linishi mumkin. Shu tufayli fraza va gaplar bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Gap – gramatik (sintaktik) birlik, fraza esa, fonetik birlik hisoblanadi. Frazalar intonatsiya yordamida bir-biriga ulanadi. Fraza taktlarga bo'linadi. Takt – frazaning bir bo'lagi hisoblanib, bir urg'u yordamida bir yoki bir necha bo'g'inlaning ulanishidan tashkil topgan. Urg'uli bo'g'in yordamida ulangan taktlarning eng yuqori qismi kuchli talaffuzi bilan farqlanadi. Taktlar ma'nodor so'zlarni mustaqqil urg'uga ega bo'lmagan so'zlarga ulash uchun xizmat qiladi. Yordamchi so'zlar ma'nodor so'zlarning oldi va orqa tomonidan ulanadi. Ularning oldi tomonidan ulanishi prokliza deyiladi. Oldi tomonidan ulangan so'z proklitika deb ataladi. Masalan: Beshta kam bir, beshta kampir; mana senga olam olam gul (Hamid Olimjon), alla-qayerda kabi. Orqa tomondan ulanish enkliza va ulangan urg'usiz so'z enklitika deb ataladi. Masalan, siz ham, senga deb oldim, bir bor ekan, bir yo'q ekan kabi. Ma'nodor so'zlar ham proklitka va enklitka vazifalarni bajara oladi. Bunday xususiyat o'zbek tilida mavjud bo'lib, u ma'nosi jihatdan ulangan (ya'ni leksikalizatsiya qilingan) so'z birikmalariga xos. Masalan, oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani? (qo'shiqdan). Bu o'rinda “oq, oppoq” so'zlari proklitka bo'lib keladi. Ishlar yaxshi, do'stim, yaxshi – bunda do'stim so'zi kirish so'zi funksiyasida enklitika vazifasini bajaradi. Taktlar bo'g'inlariga bo'linadi. Bir yoki bir necha tovushlardan tashkil topgan takt bo'lagi bo'g'in hisoblanadi. Bo'g'in hosil qiluvchi tovushlar ovozining darajasiga ko'ra unlilar, sonor undoshlar (m, n, l, r) va sirg'aluvchi jarangli undoshlardan iborat. Daniyalik tilshunos O. Yespersen ovozning darajasiga ko'ra tovushlarni tasnif qilgan. Biroq uning sonorlik nazariyasi (sonorious – lotincha ovozli ma'nosida) bo'g'in hosil bo'lishini yetarli yoritib bermaydi. Amerikalik tilshunos R. Stetson taklif etgan bo'g'inning ekspirator nazariyasi (experation – lotincha “nafas olish” ma'nosida) tovushning yoki tovushlar birikmasining nafas kuchi bilan talaffuziga asoslangan. Bo'g'in umumiy talaffuz kuchining xalqasi bo'lib, unda ovozning darajasi ya'ni sonorlik, nafas kuchi, kuchli va baland talaffuz mujassamlashgan. Odatda so'zdagi bo'g'inlar soni undagi unli tovushlar soniga qarab belgilanadi. Bunday qarash doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Undosh tovushlar ham bo'g'in hosil qiluvchilik vazifasini bajara oladi. Chunki nuqta unlilar qo'shni holatda kelgan undoshlar yordamida bo'g'in hosil qiladi. Download 76.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling