Ochiq eshiklar


Download 39.12 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi39.12 Kb.
#1305037
Bog'liq
MAQOLA OCHIQ ESHIKLAR KUNI



KASB-HUNAR MAKTABIDA “OCHIQ ESHIKLAR” KUNI
O'sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ma'nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo'lishlari hamda o’z kasbining yetuk mutaxassislari bo’lib yetishishlari uchun yurtimizning barcha ta'lim muassasalarida qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni to'liq o'zlashtirishlari lozim.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi Muzrabot tuman kasb-hunar maktabida 2022/2023 o'quv yili qabulini sifatli va to’g’ri tashkil etish maqsadida Muzrabot tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 9-sinf bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari taklif etilib, ularni kasb-hunar maktabida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2022 yilning 27 aprel kuni “Ochiq eshiklar kuni” hamda “Kasblar festivali” tadbiri o'tkazildi.
Ochiq eshiklar kuni” hamda “Kasblar festivali” bilan hamohang tarzda yoshlarni harbiy sohaga qiziqtirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, Termiz harbiy garnizoni ma’naviyat-ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasi hamda O’zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo’shinlari harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy kuy-qo’shiqlar va shu bilan birgalikda xizmat davomida foydalaniladigan zamonaviy texnik vositalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi va xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tadbirda tumandagi umumtalim maktablarining 224 nafar  9-sinf bitiruvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir kasb hunar maktabi rahbariyati va pedagog xodimlari tomonidan puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar kasb hunar maktabining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berishdi.
Kasb-hunar maktabida hozirgi kunda 6 ta yo‘nalishda, jumladan “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari”, “Tikuvchilik”, “Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari)” “Chilangar”, ”Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi”,” va “Traktorchi-mashinist” kasblari bo‘yicha jami 304 nafar o’quvchi-yoshlar tahsil olmoqda.
Kasb-hunar maktabi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan pedagog va xodimlar tumandagi mavjud maktablarga targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.
– Bu tadbir menda katta taassurot qoldirdi, – deydi “Sopollitepa” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlardan biri Doston Abdullayev. – Bu yerda kasblar haqida tasavvurlarim ancha kengaydi, uning mazmun-mohiyati haqida ko‘plab ma’lumotlar oldim. Ayniqsa, ustozlar va o’quvchilar bilan suhbatlashib, kasbga bo‘lgan qiziqishim hamda kelajakda hujjatlarimni Muzrabot tuman kasb-hunar maktabiga topshirish istagi kuchaydi.
Jumladan, har bir kasb-hunar o‘rgatuvchi murabbiy sohasi yuzasidan ma’lumotlar berib, o‘z kasbining afzallik jihatlarini batafsil tushuntirib berdilar.
Ma’lumot uchun, 9 sinf bitiruvchilari kelgusida yoki maktabni davom ettirishlari yoki kasb-hunar maktablariga hujjat topshirishlari mumkin. Bitiruvchi yoshlar qiziqishi va kelajakdagi maqsadlaridan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy ravishda tanlovni amalga oshirishlari mumkin.
Tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad maktablardan taklif etilgan pedagog va o'quvchilarni kasb-hunar maktabida o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, fan va sport to'garaklari faoliyati, o'quvchilarga ta'lim berayotgan pedagoglar hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalarining sifat tarkibi, ta'lim sohasidagi yutuqlar, o'quvchilarning kasbiy bilimlarni va fanda erishgan yutuqlari, kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarning o’z kasbining chin ma’nodagi haqiqiy egalari bo’lib yetishishlarida ko'makchi bo'lib kelayotgan o’z kasbining mohir pedagoglari tomonidan zamonaviy bilim va ko’nikmalarni bilan yaqindan tanishtirildi.
Bugungi tadbirda ham o‘qituvchilar o‘quvchilarni kasb hunar maktabi bo‘ylab, jumladan, sport zali, axborot resurs markazi, o’quv ishlab chiqarish ustaxonasi, maxsus va umumta’lim fanlari uchun jixozlangan xonalar bo‘ylab sayohat uyushtirishib, birma-bir tanishtirdilar.
Muhtasar qilib aytganda mazkur o’tkazilgan uchrashuvda maktab o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga yetarli javoblarni olishdi.
Bo‘lib o‘tgan "Ochiq eshiklar kuni" bitiruvchi yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.

Muzrabot tuman kasb-hunar maktabi
yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: Jamshid NAZAROV
Download 39.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling