Shaxs
Odam har qanday tirik organizm kabi jonli
tabiatning bitta a’zosi, elementidir.
Lekin odam
tabiatdagi boshqa
mavjudotlardan
o‘zining ko‘plab
jihatlari bilan
farqlanadi.
Inson – tabiatdagi eng rivojlangan,
ongli mavjudotdir. U xuddi boshqa
jonzotlar kabi tirik tanaga ega.
Odam ongli, aqlli mavjudot
sifatidagi jihatlarini
namoyon qila boshlaydiki,
bu jihatlar faqatgina
tabiatning odamzot deb
atalmish qismining vakili
bo‘lgan insongagina xosdir.
Har bir alohida odam – bu individ.
U ayol yoki erkak,
yosh yoki qari, baland yoki past bo‘yli, oriq yoki semiz
deb tavsiflanadigan umumiy xususiyatlarga, ovqat, suv,
boshpana, kiyim kabi umumiy ehtiyojlarga, ota-onaga,
o‘z uyiga bog‘liqlik, sog‘inch, muhabbat kabi tuyg‘ularda
namoyon bo‘ladigan his hayajonga ega.
Shaxs ham, albatta odam, inson, individ. Lekin
unda tabiiy xususiyatlar, ehtiyojlar, his-hayajon,
tuyg‘ulardan tashqari bir qadar ahamiyatliroq
bo‘lgan jihatlar mavjud.
Shaxs uchun qator qadriyatlar muhim.
Bu qadriyatlarga misol qilib o‘z uyi – oilasi, mamlakati –
vatani, mahallasi – qo‘ni-qo‘shnilari, o‘quv dargohi –
sinfdoshlari yoki kursdoshlari, ishxonasi – hamkasblari
kabilarni keltirish mumkin.
Shaxsga yashash prinsiplari, atrofdagilar bilan
munosabat qonun qoidalari, o‘zi yashayotgan,
faoliyat yuritayotgan muhitda obro‘-e’tiborga,
nufuzga ega bo‘lish istagi kabilar xosdir.
Shaxs o‘z his-hayajon va ehtiyojlarini jilovlay oladi.
Unda ong va iroda kuchli. Shaxs o‘z ichki dunyosini
biladi, tushunadi va ma’lum tizimga sola oladi.
Shaxs faqat o‘z-o‘zi bilan ovora emas. U atrofdagilar,
hayot, mahalla, mamlakat, vatan haqida doimo
o‘ylaydi, qayg‘uradi, g‘amxo‘rlik qiladi.
Biz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ajdodlarimizni tilga
olganimizda ularni buyuk shaxslar deb ulug‘lashimiz
ham shaxs tushunchasining naqadar salobatli
ekanligini bildiradi.
Shaxs sifatida shakllangan kishi yetarli darajadagi aql-
idrok, bilim, zakovat, kuch-quvvat, tajriba, kasbiy
mahorat, ilmiy salohiyat, jismoniy va ma’naviy
salomatlikka, ya’ni inson kapitali deb atalmish boylikka
ega bo‘lishi lozim.
Insonning ma’naviy boyligi
-
uning dunyoqarashi, xulqi,
odobi,
madaniyati kabi ruhiy
dunyosi bilan bog‘liq
fazilatlari inson kapitalining
asosiy tashkil etuvchilaridan
hisoblanadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh
maqsadi qilib aynan inson kapitalini rivojlantirish
belgilanganligi ham bejiz emas.
Chunki,
inson kapitali –
mamlakatimizning
jahon arenasidagi
raqobatbardoshligini
ta’minlab beradigan
omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |