Oila va uning vazifalari


Download 181.32 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi181.32 Kb.
#1130422
Bog'liq
oila va uning vazifalari


Oila va uning vazifalari
Nabiyeva K
Oila-bu nikoh va qon-qaridoshchilikni asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning azolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan ozaro majburiyatlar bilan birlashganlar.
Oila bu-ijtimoiy institut bolib unda odamlar ortasida ozaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda boladi. Ana shu ozaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: intim munosabatlari,farzand korish va bolaning boshlangich ijtimoiylashish, tarbiyalash, tibbiy hizmat korsatish va boshqalar.
Har bir oila jamiyatnig bir bo’g’ini sifatida, jamiyat oldidagi ma’lum bir vazifani bajaradi
Hozirgi zamon oilasining asosiy vazifalari :
Reproduktiv – jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish.
Reproduktiv vazifasi inson zotini davom ettirish zaruriyati sababini asoslaydi. Xozirgi kunda 2-3 odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning aytishlaricha bolalar ota-onalarining erkinliklarini cheklaydialr: talim olishda, ishda, malakasini oshirishda, ozining qoboliyatini amalga oshirishda.
Iqtisodiy – uy xo’jaligini yuritish, oila a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini samarali qondirilishini ta’minlash. Farzandni dunyoga keltirish va voyaga yetkazish jarayonida oilaning jamiyatga keltiradigan iqtisodiy foydasi
Iqtisodiy vazifalar oila-azolari uchun boylik toplash bilan bogliq bolgan; kelin uchun sovglar kuyov uchun qalin, avlodlarga qoldiradigan buyumlar toyga, voyaga etish yoshiga sugurta qilish, mablaglari toplash. Bbizning jamiyatimizda sodir bolayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishlar oilaning mol mulk toplash, hususiy mulka ega bolish, turar joyini hususiylashtirish, meros qilib qoldirish va shu kabilar masalalaridagi iqtisodiy vazifasi yanada faolashib bormoqda.
Boshlangich ijtimoiylashtirish vazifasi.
Oila bola shaxsi shakilanishida faol tasir korsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir oila ijtimoiy mikro muhidir va ijtimoiy tasir korsatish omilaridan biridir. U bolaning jismoniy psixik va ijtimoiy rivojlanishiga tasir korsatadi.Oilaning vazifasi bolani tabiatiga mos ravuishda rivojlanib borishi uchun uni asta –sekin jamiyatga kirib borishdan iboratdir.
Tarbiyaviy – madaniy merosni avloddan avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash jamiyatning madaniy merosini saqlab turish
Boshlangich ijtimoiyashtirish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega boladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bolganlar va shundan bolib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakab ijtimoiy-pedagogik jarayonidir. Oiladagi sharoit va muhit bola shahsi shakilanishiga tasir kosatadi. Ota va ona oz bolasini ardoqlaydilar, erkalaydilar tashvish va qiyinchiliklardan asraydil.
Ota-onalarning shahsiy ibratlari-bolaning tarbiyasiga tasir korsatish muhim vositasidir. Uning tarbieaviy ahamiyati bolaning taqlid ttishga qiziqishi havas qilishga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bolmay bola kattalar qilgani takrorlaydi ularning harakterlariga taqlid qiladilar. Bazan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof odamlarga nisbatan yagona olchov belgisi bolib qolgan
Kommunikativ – oila a’zolarining muloqotga va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirish.
Reaktiv – o’zaro jismoniy, moddiy,ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, birbirining salomatligini mustahkamlash, oila-a’zolarining dam olishini tashkil etish vazifasi.
Regulyativ – boshqaruv, yosh avlodni ijtimoiy nazorat qilish va kattalarning ma’naviy-ahloqiy, seksual hulqini nazorat qilish va boshqarish.
Relaksatsiya va psixoterapevtik – kasb faoliyatida sarflagan kuch quvvatini oilada qayta tiklash va emotsional zo’riqishlar, ruhiy tanglik, stresslarning oldini olish. Ruhiy zo’riqishlarni bartaraf etish.
Download 181.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling