Laboratoriya № Mavzu: Keramik materiallar va buyumlar tarkibi va xossalari


Download 344.23 Kb.
bet1/12
Sana01.03.2023
Hajmi344.23 Kb.
#1238384
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Laboratoriya-1

Laboratoriya №-1.

Mavzu: Keramik materiallar va buyumlar tarkibi va xossalari.




Mavzuni yoritish rejasi:
1. Keramik materiallar va buyumlar.
2. Xom materiallar.
3. Giltuproqning asosiy xossalari.
4. Keramik buyumlar ishlab chiqarishning umumiy tizimi
5. Keramik buyumlarning sinflanishi.
6. Keramik buyumlarning xossalari


Tayanch iboralar:
Giltuproq, qoliplash, presslash, kuritish, pishirish. keramik g‘isht, keramik toshlar, samarador buyumlar, keramik plitkalar, cherepitsa, kanalizatsiya va drenaj quvurlar, sanitar-texnik buyumlar.


Keramik materiallar va buyumlar
Keramik materiallar deb, mineral xom ashyodan qoliplash va keyinchalik yuqori haroratlarda pishirish yo‘li bilan olinadigan sun’iy tosh materiallarga aytiladi. Keramik materiallar eng qadimgi qurilish materiallaridan hisoblanadi. Keramik g‘ishtlarni qurilish materiali sifatida ishlatilganiga 5000 yildan ko‘p bo‘lgan.
Hozirgi zamon qurilishida keramik materiallar va buyumlar binolarning deyarli hamma qismlarida ishlatiladi. O‘zining chiroyliligi, boy estetik ko‘rinishi sababli keramik buyumlar binoning ichki va tashqi tomonlarini bezashda eng yaxshi pardozbop ashyo hisoblanadi. Keramik g‘ovak to‘ldiruvchilar engil betonlar uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Sanitar-texnik buyumlar va boshqa chinnidan qilingan buyumlar kundalik turmushda keng qo‘llaniladi. Maxsus keramik buyumlar kimyo va metallurgiya sanoatida (kislotaga chidamli, o‘tga chidamli buyumlar), elektrotexnika va radioelektronikada (elektroizolyatorlar, yarim o‘tkazgichlar) ishlatiladi.
Keramik materiallar to‘g‘risidagi fanga asos solgan va rivojlantirgan olimlar - A.I.Avgustinik, D.S.Belyankin, P.P.Budnikov, P.A. Zemyatchenskiy, M.I.Rogovoy va boshqalar hisoblanadi.
Xom ashyo
Giltuproq. Keramik buyumlar olish uchun asosiy xom ashyo sifatida giltuproq, diatomit, trepel kabi tog‘ jinslari ishlatiladi. Bulardan tashqari, toza oksidlar ishlatiladi. Giltuproq­ning xossalarini yaxshilash maqsadida har xil qo‘shimchalar qo‘llaniladi. Bularga plastilikni kamaytiradigan va oshiradigan, g‘ovak hosil qiladigan, erish haroratini pasaytiradigan qo‘shimchalar kiradi.
Giltuproq deb, suv bilan aralashtirganda plastik xamir hosil qiladigan, pishirgandan keyin toshsimon holatga o‘tadigan tabiiy cho‘kindi tog‘ jinslariga aytiladi. Giltuproqlar tarkibida dala shpati bo‘lgan tog‘ jinslarining emirilishi natijasida hosil bo‘lgan. (Masalan: granitlar, gneyslar, porfirlar va h.k.) Kimyoviy tarkibiga ko‘ra giltuproqlar suvli alyumosilikatlar bo‘lib, quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi.
nAl2O3mSiO2pN2O
Giltuproqning mineralogik tarkibi quyidagilardan iborat:

Download 344.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling