Laboratoriya № Mavzu: Keramik materiallar va buyumlar tarkibi va xossalari


Giltuproqning bog‘lash xususiyati


Download 344.23 Kb.
bet5/12
Sana01.03.2023
Hajmi344.23 Kb.
#1238384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Laboratoriya-1

Giltuproqning bog‘lash xususiyati deb uncha plastik bo‘lma­gan materiallarni (qum, shamot va h.k.) bog‘lash va quritgandan keyin etarli mustahkamlikka ega bo‘lgan xom buyumni hosil qilish xossasiga aytiladi.
Giltuproqning havoda kirishishi deb, qoliplangan buyumlarning quritish jarayonida chizikli o‘lchamlari va hajmini kichrayishiga aytiladi. Quritish davomida buyum tarkibidagi suv bug‘lanadi, giltuproq zarrachalari atrofidagi suv qobiqlarining qalinligi kamayadi, natijada zarrachalar bir-biriga yaqinlashib havoda kirishish ro‘y beradi. Havoda kirishish buyumni quritishdan oldingi o‘lchamlariga nisbatan % larda ifodalanadi.
Tarkibidagi mayin zarrachalarning miqdoriga qarab, har xil giltuproqlar uchun chizikli havoda kirishish 2-3 % dan 10-12% gacha o‘zgaradi. Kirishishni kamaytirish uchun giltuproqqa plastiklikni kamaytiradigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Aktiv yuzali qo‘shimchalar qo‘shish (0,05-2 % miqdorida) yo‘li bilan loyning talab qilinadigan namligini kamaytirish va havoda kirishishni qisqartirish mumkin.
Giltuproqning olovda kirishishi deb, pishirish jarayonida buyumlarning chizikli o‘lchamlari va hajmini o‘zgarishiga aytiladi. Pishirish davomida giltuproq tarkibidagi tez eruvchan birikmalar suyuq holatga o‘tadi va erimagan zarrachalarni o‘rab olib ular orasidagi bo‘shliqni qisman to‘ldiradi. Bir qism giltuproqning erishi va suyuq faza yuzasiga kuchlanish ta’sir qilinishi natijasida giltuproqning qattiq zarrachalari bir-biriga yaqinlashib buyumning hajmini kamaytiradi, ya’ni olovda kirishish ro‘y beradi.
Agar giltuproq tarkibida kvars qum ko‘p bo‘lsa, kirishish bo‘lmaydi, aksincha ashyo kengayadi. Buning sababi, qizdirish davomida kvarsning boshqa kristall shaklga kirishi va o‘z hajmini kengaytirishidir. Giltuproqning olov ta’sirida kirishishi 2-6% ga teng bo‘lib, bu ko‘rsatgich giltuproqning turiga bog‘liq.
Havoda va olovda kirishish qiymatlarining yig‘indisi to‘liq kirishish deb ataladi va 5-18 % ni tashkil qiladi. Berilgan o‘lchamdagi keramik buyumlar tayyorlash uchun qoliplash paytida to‘la kirishishni hisobga olish kerak, ya’ni qoliplana­digan buyumning o‘lchamlarini kattaroq olish kerak.

Download 344.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling