Laboratoriya № Mavzu: Keramik materiallar va buyumlar tarkibi va xossalari


Download 344.23 Kb.
bet12/12
Sana01.03.2023
Hajmi344.23 Kb.
#1238384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Laboratoriya-1

Sovuqqa chidamlilik. Sovuqqa chidamligiga ko‘ra keramik buyumlar 15, 25, 35, 50, 75, 100 markalarga bo‘linadi va bu xossa buyumning tuzilishiga bog‘liq. Agar keramik buyumning tuzilishi mayda yopiq g‘ovakdan iborat bo‘lsa, u sovuqqa chidamli bo‘ladi, chunki bular “xavfli” g‘ovaklarda to‘planadigan suvning muzlashi natijasida hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni “o‘ziga” yutadi.
Bug‘ o‘tkazuvchanlik - devorbop keramik buyumlar binoda havo almashinuvi imkonini beradi. Bug‘ o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan devor yuzalari terlaydi. Bug‘ o‘tkazuvchanlik buyumlarning g‘ovakligiga bog‘liq: ashyoning g‘ovakligi oshgan sari bug‘ o‘tkazuvchanligi ham oshadi. Agar tashqi devor bir necha qavatdan iborat bo‘lib, materiallarning bug‘ o‘tkazuvchanligi har xil bo‘lsa, ularning orasida namlik to‘planishi mumkin. Masalan, bino fasadlarini sirlangan pardozbop taxtachalar bilan qoplanganda qoplama bilan devor bir biriga tegib turadigan qavatda namlik to‘planishi va keyinchalik suv muzlab taxtachalar ko‘chib tushishi mumkin.


Nazorat savollari

  1. Gilning tarkibi qanday mineriallardan tashkil topgan?

  2. Keramik materiallar uchun ishlatiladigan xom materiallar qanday tayyorlanadi?

  3. Keramik materiallar va buyumlar qanday usullarda qoliplanadi?

  4. Buyumlarni yuqori haroratda pishirish rejimlarini tushuntirib bering.

  5. Devorbop keramik g‘ishtlar qanday markalarda ishlab chiqariladi?

  6. G‘isht devorli panellar qanday maqsadlarda ishlatiladi?

  7. Olovbardosh keramik materiallar qanday olinadi?

  8. Keramzit ishlab chiqarish jarayonini tushuntirib bering.

  9. Agloparit qanday maqsadlarda ishlatiladi?

  10. Keramik materiallari va buyumlarni qurilishda ishlatilishning samaradorligini tushintirib bering.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

  1. Maxmudova N. A., Nuritdinov X. N. Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari. Toshkent, “Noshir”. 2010.

  2. Maslennikova G. N., Mamaladze R. N., Midzuta S., Koumoto K. Kera-micheskie materialы. Moskva, Stroyizdat, 1991.

  3. O‘zRST 552-2007.Keramik buyumlar. Umumiy texnik shartlar.

  4. O‘zRST 530-95. Keramik g‘isht va toshlar. Texnik shartlar.

  5. GOST 7025-91. Keramik va silikatli g‘isht va toshlar. Suv o‘tkazuv-chanligi, zichligini aniqlash va muzlashga chidamliligini nazorat qilish usullari.

  6. GOST 7484-78. Pardozbop g‘isht va va keramik toshlar. Texnik shartlar.

  7. O‘zRST 824-97. Pardozbop keramik materiallari. Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi.

  8. O‘zRST13996-93. Fasadbop keramik plitkalar va ulardan yasalgan gilamsimon qoplamalar. Texnik shartlar.

  9. O‘zRST 823-97. Devorning ichki yuzasini qoplash uchun sirlangan keramik plitkalari.

  10. O‘zRST 825-97. Pollar uchun keramik plitkalar. Texnik shartlar.

  11. TSh 7-192:2003.Keramik cherepitsa.

  12. O‘zRST 831-97. Kanalizatsiya va drenaj keramik quvurlar. Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi.

  13. O‘zRST736-96. Keramik kanalizatsiya quvurlar. Texnik shartlar.

  14. GOST 8411-74. Keramik drenaj quvurlar.




Download 344.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling