Laboratoriya № Mavzu: Keramik materiallar va buyumlar tarkibi va xossalari
Download 344.23 Kb.
|
Laboratoriya-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keramik buyumlarning xossalari G‘ovaklik
- Suv shimuvchanlik
- Mustahkamlik
G‘ovak buyumlar - bularning suv shimuvchanligi (massasiga ko‘ra) 5% dan katta bo‘lib, o‘rtacha vazniy va hajmiy suv shimuvchanligi 8-20% va 14-36% ga teng. G‘ovak keramik buyumlarga devorbop, tombop, pardozbop buyumlar, drenaj quvurlar kiradi.
Zich buyumlar – bularning suv shimuvchanligi 5% dan kichik bo‘lib, odatda massasiga ko‘ra 1-4%, hajmiga ko‘ra 2-8% ga teng. Zich buyumlarga pol uchun ishlatiladigan plitkalar, yo‘l uchun ishlatiladigan g‘isht, kanalizatsiya quvurlari kabilar kiradi. Ishlatilishiga ko‘ra keramik materiallar va buyumlar quyidagi turlarga bo‘linadi: devorbop buyumlar (g‘isht, ichi kovak g‘isht va toshlar, g‘ishtli panellar); tombop buyumlar (cherepitsa); fasadlarni bezash uchun ishlatiladigan buyumlar (pardozbop g‘isht, mayda keramik taxtachalar), ichki devorlarni qoplash uchun ishlatiladigan buyumlar (sirli taxtachalar, karnizlar va h.k.); engil betonlar uchun to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit) issiqlik izolyasiyasi materiallari (serg‘ovak keramik buyumlar, diatomitli g‘isht va h.k.); sanitar – texnik buyumlar (vannalar, unitazlar, bachoklar va h.k.) pol uchun ishlatiladigan taxtachalar; yo‘l uchun ishlatiladigan g‘isht, kislotaga chidamli, o‘tga chidamli buyumlar; kanalizatsiya quvurlar. Keramik buyumlarning xossalari G‘ovaklik - Keramik buyumlarning g‘ovakligi odatda 10-40% ni tashkil qiladi. (g‘ovak buyumlar). Buyumlarning g‘ovakligini oshirish uchun g‘ovak hosil qiladigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Buyumlarning zichligini va issiq o‘tkazuvchanligini kamaytirish uchun g‘isht va solol toshlar ichi kovakli (ichi bo‘sh) qilib tayyorlandi. Suv shimuvchanlik Keramik buyumlarning g‘ovakligini xarakterlaydi. G‘ovak Keramik buyumlarning suv shimuvchanligi massasiga ko‘ra 6-20%, hajmiga ko‘ra 12-40% ni, zich keramik buyumlarning suv shimuvchanligi massasiga ko‘ra 1-5%, hajmiga ko‘ra 2-10% ni tashkil etadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik absolyut zich keramik buyumlar uchun katta - 1,16 vt/m0S. keramik buyumlardagi g‘ovaklar va bo‘shliqlar zichlikni va shu bilan birga issiqlik o‘tkazuvchanlikni ancha kamaytiradi. Masalan: devorbop keramik buyumlarni o‘rtacha zichligi 1800 kg/m3 dan 700 kg/m3 gacha tushirilganda ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,80 dan 0,21 Vt/m0S gacha kamayadi. SHunga muvofiq tashqi devorlarning qalinligi kamayadi. Mustahkamlik - Keramik ashyoning fazoviy tarkibiga, g‘ovakligiga bog‘liq. G‘isht va boshqa devorbop materiallarning markasi siqilishdagi mustahkamligini anglatadi, lekin shu bilan birga ularning egilishdagi mustahkamligi ham hisobga olinadi. G‘ovak devorbop buyumlarning markasi 75-300 (Masalan, g‘isht, keramik toshlar), zich buyumlarning markasi esa 400-1000 bo‘lishi mumkin (Masalan, yo‘l uchun ishlatiladigan g‘isht). Keramik buyum mustahkamligi va uning zichlik koeffitsienti orasida bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi: , (MPa) bunda R0 – absolyut zich buyumning musatahkamlik chegarasi, MPa; Kzich – zichlik koeffitsienti. Zichlik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: , bunda 0, – buyumning o‘rtacha va haqiqiy zichligi, g/sm3 Download 344.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling