Laboratoriya № Mavzu: Keramik materiallar va buyumlar tarkibi va xossalari
-rasm. Tunenlli quritgichning sxemasi
Download 344.23 Kb.
|
Laboratoriya-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keramik buyumlarning sinflanishi
2.5-rasm. Tunenlli quritgichning sxemasi: 1 – issiqqlikni uzatish; 2 – quruq g‘isht yuklatilgan vagonchalar; 3 – Isitish gazlarini chiqarib olish; 4 – issiq uzatadigan markaziy kanal.
Pishirish – keramik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasida yakunlovchi va muhim bosqichdir. Pishirish uchun sarf bo‘ladigan xarajatlar mahsulot tannarxining 35-40 % ni tashkil qiladi. Pishirish davomida suvga chidamli, mustahkam sun’iy tosh hosil bo‘ladi. Keramik materiallarni pishirish jarayonida yuqori harorat ta’sirida bir qator fizik-kimyoviy o‘zgarishlar bo‘lib, har xil minerallar hosil bo‘ladi. Qizdirish boshlanganda harorat 1100S gacha bo‘lganda erkin birikkan suv ajralib, keramik massa plastikligini yo‘qotadi. Harorat ko‘tarilib 500-7000S ga etganda organik qo‘shimchalar yonib ketadi, giltuproq tarkibidagi kimyoviy birikkan suv parchalanadi, keramik massa plastiklik xossasini butunlay yo‘qotadi. Harorat ko‘tarilgan sari giltuproq minerallari parchalanib, kristall panjaralari buziladi va amorf shakldagi AL2O3 va SiO2 hosil bo‘ladi. Harorat 10000 S ga etganda qattiq fazada bo‘ladigan reaksiyalar natijasida yangi krisstall moddalar, masalan sillimanit AL2O3SiO2 hosil bo‘ladi, keyinchalik harorat 1200-13000S ga etganda u mullitga 3AL2O32SiO2 aylanadi. SHu bilan bir qatorda keramik massa tarkibidagi tez eriydigan birikmalar va qo‘shimchalar erib ma’lum miqdorda suyuq faza hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan eritma keramik massa zarrachalarini biriktirib, ular orasidagi g‘ovaklarni to‘ldiradi, zarrachalar bir-biriga jipslashib zichligi oshadi. Sovugandan keyin toshsimon ashyo hosil bo‘ladi. Bu jarayon pishirish deb ataladi. Pishirish natijasida ashyoning zichligi oshib, ochiq g‘ovaklar kamayadi. Keramik ashyoning pishirilganlik darajasi suv shimuvchanlik orqali nazorat qilinadi. Keramik buyumlarni pishirish tunnelli yoki aylanma xumdonlarda olib boriladi. Tunelli xumdon uzun yo‘laklardan iborat bo‘lib, ichki tomoni o‘tga chidamli ashyo bilan qoplanadi. Keramik buyumlar vagonlarda xumdon bo‘ylab asta-sekin harakat qilib qizdirish, pishirish, sovo‘tish zonalaridan o‘tadi. Tayyor mahsulot sovo‘tish zonasidan keyin xumdondan vagonchalarda chiqarib olinadi. Pishirish harorati ashyoning turiga qarab har xil bo‘ladi. G‘isht va boshqa devorbop keramik materiallar 950-10000S haroratda pishiriladi. Pishirish harorati oshib ketsa, buyumlarning yuzasi eriy boshlaydi va shakli o‘zgaradi. Pishirish harorati etarli bo‘lmasa, buyumlar chala pishgan bo‘ladi, ularning mustahkamligi, suvga, sovuqqa chidamliligi kamayadi. pishirilgandan keyin keramik buyumlarning xossalari sinab ko‘riladi va standart talabiga muvofiqligi aniqlanadi. Keramik buyumlarning sinflanishi Tuzilishiga ko‘ra keramik buyumlar 2 turga bo‘linadi: Download 344.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling