Оиланинг бош=а аъзоларига хос алимент мажбуриятлари


Download 46 Kb.
bet1/3
Sana18.11.2023
Hajmi46 Kb.
#1785520
  1   2   3
Bog'liq
Aliment toʻlash va uning tartibi


Aliment toʻlash va undirish tartibi

Reja:



1. Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga
ta`minot berish
2. Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv
3. Alimentlarni to`lash va undirish tartibi


Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga ta`minot berish

Oila qonunchiligida agar ota-onalar o`zlarining voyaga yetmagan bolalariga qonunda nazarda tutilgan sabablarga ko`ra moddiy ta`minot berishga qodir bo`lmasalar, voyaga yetmagan bolalarga, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta`minot berish majburiyati sud tomonidan ularning qarindoshlari: bobo, buvi, nevara, aka-uka, opa-singil, shuningdek o`gay ota va o`gay ona, o`gay o`g`il va o`gay qiz, doimiy tarbiyada bo`lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.


Qonunda bobo va buvilar o`z nevaralariga, nevaralar esa voyaga yetgandan keyin o`z bobo va buvilariga, aka-uka va opa-singillar voyaga yetmagan, muhtoj aka-uka va opa-singillariga yordam berishlarining huquqiy asoslari belgilangan. Undan tashqari doimiy tarbiyada bo`lganlarning o`z tarbiyachilariga ta`minot berish majburiyatlari ham ko`rsatilgan.


Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv
Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to`lash tartibi) aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs bilan aliment oluvchi o`rtasida tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo`lsa, kelishuv qonuniy vakili bilan tuziladi.
Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv taraflarning o`zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan bo`lsa, uni o`zgartirish yoki bekor qilish ham o`sha shaklda amalga oshiriladi.
Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvga binoan to`lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar. Aliment to`lovchi va aliment oluvchi taraflar uchun o`zlarining kelishuviga ko`ra, sud qarori bilan belgilanadigan aliment to`lash tartibi va vositalaridan farq qiladigan kengroq tartib va vositalarni tanlash imkoniyatini yaratadi. Alimentni oluvchi shaxs bilan kelishuv asosida uni oyma-oy, haftada yoki boshqa muddatlarda bir yo`la (masalan, bir yilda bir marta, yarim yilda yoki har kvartalda bir marta) amalga oshirishi mumkin. Aliment to`lash haqidagi kelishuvda alimentni to`lashning boshqa usullari (masalan. Moddiy yordam xizmati ko`rsatish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish shaklida) ham nazarda tutilishi mumkin.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling