Oits kasalligining tarqalishini tahlil qilish
Download 97.5 Kb.
|
Amaliyot hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tugashi_____________________ Malakaviy amaliyot joyi ____________________________ Hisobot bajarildi: Korxonadan amaliyot rahbari
- Hisobot bahosi _____________ Toshkent - 2023 OITS KASALLIGINING TARQALISHINI TAHLIL QILISH Reja: KIRISH
- 4. OITS ga qarshi praflaktik tadbirlar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Kirish
O’ZBEKISTON OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI “Hayot faoliyati xavfsaizligi” kafedrasi MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTI 4-kurs talabasi guruh._____________________________________________ F.I.Sh. Boshlanish __________________ Tugashi_____________________ Malakaviy amaliyot joyi ____________________________ Hisobot bajarildi: Korxonadan amaliyot rahbari: _______________________________ Lavozimi. F.I.Sh. imzo M.J. Universitet tomonidan amaliyot rahbari: _____________________ Lavozimi. F.I.Sh. imzo Hisobot bahosi _____________ Toshkent - 2023 OITS KASALLIGINING TARQALISHINI TAHLIL QILISH Reja: KIRISH 1. OITS kasalligining qisqacha tarifi 2. OITS kasaligining birinchi marta aniqlanishi 3. OITS kasaligining yuqush yoʻllari 4. OITS ga qarshi praflaktik tadbirlar XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Kirish Dunyo olimlarining fikriga kura OITS dastlab Afrika qit'asidan kelib chiqqan. Kasallikni qo`zg`atuvchi virus ushbu qit'ada yashovchi maymunlardan odamlarga yuqgan va dunyo bo`ylab tarqalgan. OITS to`g`risidagi dastlabki ma'lumotlar 1981 yillarda AQShda paydo bo`ldi. Kasallik birinchi marotaba besokolboz erkaklar o`rtasida immunitetni keskin pasayib ketishi natijasida yuzaga kelgan xavfli o`sma kasalligi tufayli aniqlandi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi virus to`g`risidagi ma'lumotlar 1983 yilda aniqlandi. Dunyo bo`ylab OITS epidemiyasining boshlanish vaqti deb 1970 yillarning oxiri va 1980 yillarning boshi qabul qilindi. OIV virusi xozirgi kunda dunyoning etakchi olimlari tomonidan boshqa xar qanday kasallik o`zg`atuvchilariga nisbatan eng ko`p o`rganilayotganligiga qaramay OITS kasalligiga qarshi vaksina ishlab chiqilgani yo`q. Chunki kasallikni qo`zg`atuvchi virus o`z xususiyatlarini juda tez o`zgartirishga qodir. Xozirgi kunda OITS faqat tibbiyotning emas balki, butun jamiyatning muammosiga aylanib qoldi. OITS muammosi faqat inson organizminigina zararlab qolmay, ko`plab davlatlarda jiddiy ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolarni xam keltirib chiqarmoqda. OITS- «Ortirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi» bo`lib, odam organizmida immunitet (himoya kuchlarining) yo`qolishi bilan kechuvchi xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallikni OIV–«Odam Immunitet tanqisligi Virusi» keltirib chiqaradi. OIV virusining 2 turi ma'lum. OIV yuqqan odam tanasida ikki yildan o`n yilgacha kasallik belgilari namoyon bo`lmay yurishi mumkin. Kasallik yashirin davrining bu tartibda uzoq davom etishi bilan ham xavflidir.OITS kasalligining yuqish yo`llari juda xilma-xil. Kasallik yuqqan odamning barcha biologik suyuqliklarida (So`lak, ko`zyoshi, qon, ona suti va boshqalar) OIV virusi bo`ladi. Lekin kasallikning eng keng tarqalgan 3 ta asosiy yuqish yo`li mavjud: jinsiy yo`l orqali; qon orqali; onadan bolaga; Jinsiy yo`l bilan kasallik asosan sayoq yuruvchi shaxslar, foxishalar, besokolbozlar orqali yuqadi. Qon orqali kasallik narkomanlar va turli muolajalarni amalga oshirish, qon quyish nosteril shpritslarni ishlatish natijasida yuqadi. Onadan bolaga onaning xomiladorlik vaqtida va ko`krak bilan emizish vaqtida yuqadi. 1987 yildan 01.11.2003 yilga qadar Respublikamizda 3531 nafar OIV virusi yuqqan shaxslar ro`yxatga olingan. OIV bilan ro`yxatga olingan shaxslarning 60 nafarini chet el fuqarolari tashkil etadi. Respublikada jami qayd etilgan 3531 nafar OIV yuqqan shasxlarning 11 nafari 15 yoshgacha bo`lgan bolalardir, 2916 nafari erkaklar va 615 nafarini ayollar tashkil etadi. OIV bilan ro`yxatga olingan shaxslarning 473 nafariga kasallik jinsiy yo`l bilan, 1960 nafariga qon orqali, 1098 nafariga noaniq yo`l (qaysi yo`l bilan yuqqanligi tekshirilmokda) yuqqan. Respublikamizda OITS kasalligi natijasida vafot etganlar soni 101 nafarni tashkil etadi. Vafot etganlarning 70 % zida atipik pnevmoniya xolati aniqlangan. Download 97.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling