Olamning hozirgi zamon ilmiy fizik manzarasini tushuntirishda bozonlarning hissasi


Download 105.83 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi105.83 Kb.
#1600996
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi


MUNDARIJA
Kvark-glyuon plazma. Protonlarni yemerilishi. Higs bozoni. Supersimmetriya


OLAMNING HOZIRGI ZAMON ILMIY FIZIK MANZARASINI TUSHUNTIRISHDA BOZONLARNING HISSASI
Xiggs bozoni va olam paydo bo’lishining yangicha nazariyalari
Bozonlar va Kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o`zaro taxsirlar
KIRISH
Tanlangan mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev yangi yil arafasida – 2016 yil 30 dekabr’ kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Bunda Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili mavzusidagi nutqida ”Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o`zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi” - degan edi. Shu maqsaddan kelib chiqib mamlakatimizda ilm fanni rivojlantirishga katta e`tibor berilayotgan bir vaqtda tabiiy fanlarni zamon yangiliklari bilan boyitib borish asosiy maqsadimiz hisoblanadi.
Tadqiqotlar natijasida shu narsa ma`lum bo`ldiki, Koinotning o`zi bundan 13 mlrd. yil avval «Katta portlash» natijasida paydo bo`lgan va dastlabki davrda mikroskopik o`lchamlarga ega bo`lgan. Shu nuqtai nazarda elementar zarralar xaqidagi xozirgi zamon tajriba qurilmalari yordamida olingan ma`lumotlar Koinot rivojlanishining dastlabki etapidagi fizik jarayonlarni tushunishga yordam beradi. Xususan, tezlatgichlardagi to`qnashuvchi zarrachalarning energiyasi qanchali katta bo`lsa, materiyaning tadqiq etilayotgan qismining o`lchamlari shuncha kichik bo`ladi, shuningdek Koinot evolyutsiyasining ko`rilayotgan davri shunchalik oldinroq bo`ladi. Shunday qilib mikro- va makro-olamlarning uyg’unlashuvi sodir bo`ldi.
Bundan 50 yil avval barcha moddalar atomlardan, ular esa o`z navbatida 3 ta fundamental zarralardan tashkil topganligi ma`lum bo`ldi (musbat zaryadlangan protonlar va elektr jixatdan neytral bo`lgan neytronlar – markaziy yadroni tashkil etadi, manfiy zaryadlangan elektronlar yadro atrofida orbitalar bo`ylab harakatlanadi).
Hozirgi davrga kelib bizga nima ma`lum bo`ldi? eng muhimi shundan iboratki, bizning atrofimizdagi barcha moddalar atomlardan tashkil topgan. Ular tabiatimizning g’ishtlari bo`lib, doimiy harakatda bo`lishadi, katta masofalarda ular bir birlaraga tortishadi va shu bilan birgalikda juda yaqin masofalarda bir birlaridan itarishadi. Ma`lumki, atomning ulchamlari 10-8 cm = 1 Angstremga teng. Ushbu o`lchamlarni ko`z oldiga keltirish uchun qo`yidagini misol sifatida qarash mumkin. Masalan, agar oddiy olmani Yerning o`lchamlarigacha kattalashtirsak. u holda olma atomlarining o`lchamlari olma o`lchamlarining o`ziga teng bo`lib qoladi.
Atomning hamma musbat zaryadi va atomning deyarli butun massasi radiusi 10-13 cm tartibida bo`lgan juda kichik xajm ichida mujassamlashgan musbat yadrodan iborat va atom yadrosi atrofida esa 10-8 cm. tartibda bo`lgan masofalarda orbitalar bo`ylab manfiy zaryadlangan elektronlar harakatlanadi. elektronning o`lchamlarini xozirgacha o`lchash imkoni bo`lmadi. Faqat shu narsa ma`lumki uning radiusi 10-16 cmdan kichik. Yadroning ulchamlari esa 10-13 cm ga teng. O`z navbatida yadrolar protonlar va neytronlardan tashkil topgan. elektron proton va neytrondan 2000 marta engilroqdir. endi yana bir savol tug’iladi. Proton va neytronlarning o`zlari nimalardan tashkil topgan? Javob ma`lum: ular kvarklardan tashkil topishgan. elektron-chi nimadan tashkil topgan? Hozircha bu savolga javob yo`q.
Yuqorida qayd etilgan tabiatning barcha jarayonlari Koinotda sodir bo`ladi. Koinotning ulchamlariga esa 1028 sm ga teng, bu esa 1010 yorug’lik yiliga teng. Bir yil davomida yorug’lik bosib o`tadigan masofa yorug’lik yili deb ataladi va u 9,5 1012 km yoki tahminan 1018 sm ga teng. Yerdan Quyoshgacha bo`lgan masofa 1,5 1013 sm (150 mln km) ga teng, Yerning radiusi esa 6,4 108 sm (6400 km). Koinotdagi protonlar va neytronlarning soni tahminan 1078-1082 sm teng. Quyosh tarkibida taxminan 1057 protonlar va neytronlar mavjud. Erni o`zida esa ularning soni 4 1051 ga teng. Tabiatning barcha narsalari atomlardan tashkil topgan, shu jumladan biz va sizlar ham.
Tabiatdagi atomlar bilan ajralmas holda o`zarota`sirlar tushunchasi ham mavjud. Qattiq jismda atomlar bir birlari bilan nima orqali bog’langan? Nima sababdan bizning Yer sayyoramiz Quyosh atrofida yopiq orbita bo`ylab harakatlanib undan uchib ketmaydi? Nima uchun yadrodagi protonlar, ya`ni musbat zaryadlangan zarrachalar, elektr jixatdan bir biridan itarishadi va ular bir biridan uzoqlashmaydi? Ularni qanday kuchlar birga ushab turadi? Tabiatda hozirgi paytda 4 hil o`zarota`sir kuchlari mavjud.

Download 105.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling