Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent Arxitektura qurilish


Download 2.12 Mb.
bet1/5
Sana15.07.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1660391
  1   2   3   4   5
Bog'liq
HISOBOT


OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Toshkent Arxitektura qurilish UNIVERSITETI

Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti
bino va inshootlar qurilishi ” kafedrasi

o’quv amaliyoti
hisoboti
talaba :_____________________
guruh:_____________________
AMALIYOT RAHBARI:______________________
TOSHKENT
2023

MUNDARIJA:

  1. KIRISH……………………………………………………………3

  2. AMALIYOT O’TKAZILGAN KORXONA VA TASHKILOTLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR…………………………………12

  3. AMALIYOT TASNIFI…………………………………………25

  4. AMALIYOT DAVRRIDAN LAVHALAR……………………28

  5. XULOSA………………………………………………………32

  6. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………33


KIRISH

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING


QARORI
QURILISH SOHASIGA OID YAGONA MA’MURIY QURILISH REGLAMENTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq;
Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq;
Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali;
davlat siri bilan bog‘liq obyektlarning birlamchi ruxsat berish hujjatlarini, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan o‘tkazishdan tortib obyektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha qurilish jarayonlari Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP ishtirokisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
bir oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
2022-yil 1-dekabrga qadar qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlari bilan belgilangan tartiblarning qo‘llanilishi natijalariga ko‘ra ularni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling