Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 411.8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.12.2020
Hajmi411.8 Kb.
#160974
Bog'liq
Muxammadsidiqov M (mustaqil ish)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI  

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI  

FARG‘ONA FILIALI  

 

 



 

 

MA’LUMOTLAR BAZASI 



 FANIDAN 

 

 



MUSTAQIL ISHI 

 

      Bajardi:                                            731-18-guruh talabasi     

                                                                 М. Muхammadsidiqov 

 

      Qabul qildi:                                      A. Dilshodov 

  

 



 

Farg‘ona-2020 

 

Mavzu: Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda texnologiyalar perspektivalari 

Reja: 

1.  Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. 

2.  Ma’lumotlar bazasining modellari turlari. 

3.  Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi  

4.  MBBT funksional imkoniyatlari. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Kirish 

Hozirgi  kunda  inson  xayotida  MBda  kеrakli  axborotlarni saqlash  va  undan  

oqilona  foydalanish  juda  muxim  rol  o’ynaydi.  Sababi  jamiyat taraqqiyotining qaysi 

jabxasiga nazar solmaylik  o`zimizga kеrakli ma'lumotlarni olish  uchun  albatta,  MBga  

murojaat  qilishga  majbur  bo’lamiz.  Demak,  MB ni  tashkil   qilish  axborot  almashuv  

texnologiyasining    eng    dolzarb    hal    qilinadigan  muammolaridan  biriga  aylanib 

borayotgani davr taqozasidir. Ma'lumki,   MB   tushunchasi   fanga   kirib   kеlgunga 

qadar,  ma'lumotlardan  turli  ko’rinnshda  fondalanish  juda  qiyin  edi.  Dastur  tzuvchilar 

ma'lumotlarni  shunday    tashkil    qilar  edilarki  u  faqat  karalayotgan  masala  uchungina 

o’rinli bo’lardi.  

Har bir yangi masalani xal qilishda Ma'lumotlar qaytadan  tashkil  qilinar va bu xol 

yaratilgan  dasturlardan  foydalanishni  qiyinlashtirar  edi.  Biz    foydalanadigan    axborot  

hajmi    kattalashib borgan  sari  uni boshqarish  murakkablashib boraveradi. Savol    kelib  

chiqishi  tabiiyki,  qanday  qilib  internet  tarmog’idagi  qidiruv  saytlari biz  qidirgan  

axborotni  sekundlar  ichida  minglab  muqobillari  bilan  birga  topib beradi?  Qanday  

qilib  normativ-huquqiy  hujjatlar  to`plamidan  iborat  elektron axborot  tizimlari  bizning  

so`rovga  mos  hujjatlarni  bir lahzada topib beradi? Javob oddiy,  bularning  hammasi  

berilganlar  bazasini  boshqarish  tizimlari  (keyingi o`rinlarda  BBBT)  orqali  amalga  

oshiriladi. BBBT uchun ko`p dasturiy ta‟minotlar  ishlab chiqilgan,  misol uchun SQL 

Server, Oracle, MySQL, MS Access va h.k. 

 

1.  Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. 

Baza bu – ishlov berilmagan elementlar bo`lib, ularning ichiga matn, son, tasvir, 

audio    va    videolar    kirishi    mumkin.    Masalan,    matn    klaviaturada    kiritiladi,  ovoz 

kompyuter  mikrofoni  orqali,  fototasvirlar  raqamli  kamera,  video va uning  ovozi esa  

raqamli  videokamera  orqali  yoziladi  hamda  kompyuterning  xotirasiga saqlanadi.  

Ma’lumotlar  deb,  ma’lum  bir  shaklda  qayd  qilingan,  qayta  ishlash,  saklash  

va  uzatish uchun yaroqli xabarga aytiladi.  

Ma’lumotlar  bazasi  deb,  kompyuter  xotirasida  saqlanadigan  bir-biriga  bog’liq  

bo’lgan    bir  predmet  sohadagi  ma’lumotlarning  to’plamidir.  Ushbu  ta’rifdan  quyidagi 

xulosalar kelib chikadi.  



Kompyuterlar  axborotlarni  ma’lumotlar  bazasi  asosida  ishlov  beradi.  Masalan, 

universitetning  ma’lumotlar  bazasi  deganda,  o`quv  xonalari,  o`quv  fanlari,  o`quv 

soatlari,  o`qituvchilar  va  talabalar  haqidagi  ma’lumotlarni  o`z  ichiga  oluvchi  baza 

tushuniladi.    Talaba    darsga    kelganda,    bazani    boshqaruvchi    maxsus    xodim. 

Kompyuterga  bir  nechta  elementlar  kiritib,  uni  darsga  kirishiga  ruxsat  beradi. Maxsus 

xodim  undan  tashqari  talabaning  fototasvirini  Kompyuterga  kiritish  uchun  raqamli 

kameradan  ham  foydalanadi.    Kompyuterning    asosiy    xotira    qurimasi    qattiq    disk  

(HHD)  da  saqlanadi.    Keyin  esa  kompyuter  yangi  ishlov  berilgan  talaba  haqidagi 

ma’lumotni chop  etish  uchun  printerga  yuboradi.  Talabaning  ID  raqami  shaxsini 

tasdiqlovchi  hujjati  yakunlangandan  keyin  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish dasturiy  

ta’minoti    yordamida    diskning  magnit  yo`lagida  kodirovka  qilinadi.  Ushbu  dastur  

ma’lumotlar    bazasini    boshqarish    tizimi    (MBBT)    deyiladi.    Ushbu    dasturda 

ma’lumotlarni  qo`shish,  modifikatsiya  qilish,  bazadan  ularni  o`chirish,  ma’lumotlar 

bazasi    bo`yicha    shakl    (forma)    va    hisobot  (otchet)  tayyorlash  mumkin  bo`ladi.  Bu 

dasturning yangi versiyalari  va ularning  afzallik  jihatlarini  quyida keltirib  o`tilgan.    

O’zaro  bog’langan  to’plamni  tushunamizki,  u   mashina  xotirasida  saqlanib,  

maxsus  ma’lumotlarni    bazasini    boshqarish    tizimi    to’ldirilishi,    o’zgartirilishi,  

takomillashtirilishi mumkin. 



 

2. Ma’lumotlar bazasining modellari turlari. 

MB  bitta  yoki  bir  necha  modellarga  asoslangan  bulishi  mumkin.  Har  qanday 

modelga    o’zining   xossalari    (parametrlari)  bilan tavsiflanuvchi  ob’ekt sifatida karash 

mumkin. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi. MB modellarining uchta 

asosiy turlari  mavjud:  

  Relyatsion model; 



  Ierarxik model; 

  Semantik model.  



Relyatsion    (lotin    tilidagi    relatio-munosabat    so`zidan    olingan)    modelda 

ma’lumotlarni    saqlash    uni    tashkil    etuvchi    kismlari    orasidagi    munosabatlarga 

asoslangan.  Eng  sodda  holda  u  ikki  o’lchovli  massiv  yoki  jadvaldan iborat bo’ladi. 


Murakkab    axborot    modellari    ana    shunday    jadvallarning    o`zaro    bog’langan 

to`plamidan iborat.   

MB ning  ierarxik  modeli  pastki  pog’onadagi  yuqori  pog’onadagiga  bo’ysunish 

tartibida  joylashgan  elementlar  to’plamidan  iborat  bo’ladi  va  ag’darilgan daraxt (graf) 

ni tashkil etadi. Ushbu model satx, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan  tavsiflanadi.  

Uning    ishlash    tamoyili    shundayki,    quyi    satxdagi    bir    necha  tugunlar    bog’lanish  

yordamida    yuqoriroq    satxdagi    bitta    tugun    bilan    bog’langan  bo’ladi.    Tugun  -    bu  

ierarxiyaning  berilgan  satxida  joylashgan  elementning  axborot modelidir.  

MB ning  semantik  tarmoq  modeli  ierarxik  modelga  o’xshashdir.  U  ham  tugun, 

satx,  bog’lanish  kabi  asosiy  parametrlarga  ega.  Lekin  semantik  tarmoq  modelida 

turli    satxdagi    elementlar    orqali    “erkin”,    ya’ni    “har    biri    hamma    bilan”  ma’noli 

bog’lanish qabul qilingan.  

Ko`pchilik    MB  lar    jadval    tuzilmasiga    ega.   Unda    ma’lumotlar    adresi    satr    va 

ustunlar  kesishmasi  bilan  aniklanadi.  MB da  ustunlar - maydonlar,  satrlar  esa yozuvlar  

deb    ataladi.    Maydonlar    MB  ning    tuzilmasini,    yozuvlar    esa,    unda  joylashgan  

ma’lumotlarni  tashkil  etadi.  

 

3. Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi 

MB alohida olingan modullardan tashkil topgan. MB boshqarish  bloki  disklardagi  

ma'lumotlar    bilan    foydalanuvchi  dasturi  va  tizimning    so`rovi  (guery)  orasidagi 

intеrfеysni aniqlaydi. Modullar quyidagicha: 

Fayl  mеnеdjеri - ma'lumotlar  to`zilmasi  bilan  disklar  o`rtasidagi bog`lanishni 

boshqaradi.  

Guery - prosеssor  ingliz  tilida  yozilgan  guery  gaplarini    MB ni   boshqarish 

bloki tushunadigan tilga o`tkazadi.   

Prеkompilyator    DML  (Data  Manipulation  Language)  ma'lumotlar            bilan  

manipulyatsiya  qiladigan  til  bo`lib,  u  quyidagi opеratsiyalarga javob bеradi:   

1. MB dan ma'lumotlarni ajratib olish,  

2. MB ga ma'lumotlarni kiritish,   

3. MB dan ma'lumotlarni olib tashlash,    

4. MB ni  modifikatsiya  (o`zgartirishlar)  qilish.  



Kompilyator DDL (Dala Definition Language)- MB tilini, uning   tuzilmasini va 

tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MB ning tuzilmasi ko`pincha jadval shaklida 

bo`ladi.        

     Shuni  ta'kidlash  lozimki,  hozirgi  vaqtda  dеyarli  barcha  MB lar  asosan rеlyatsion 

modеllar asosida  tashkil  qilinmoqda.  Shuni  nazarda  tutgan  Microsoft  

Office  korporatsiyasi  ham  eng  ommalashgan  dastur  vositalarga  ega,  bu  dastur  

vositalari    ixtiyoriy    sohada    yuqori    darajadagi    profеssional    xujjatlar    tayyorlash 

imkonini  bеradi.  Shulardan  biri  MB lar  bilan  ishlashga  mo`ljallangan  Microsoft 

Access  dasturi  bo`lib,  bu  dastur  Visual  Basic  for  Application  dasturlash  muhitida 

makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki. bu foydalanuvchiga xar 

tomonlama mukammal bo`lgan xujjatlar tayyorlashga yordam beradi. 

 

4MBBT funksional imkoniyatlari 

Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib 

borishi, ma’lumotlarning  tez  o’zgarishi  kabi  holatlar  insoniyatni  bu  ma’lumotlarni  

o’z    vaqtida    qayta  ishlash  choralarini  qidirib  topishini  taqozo  qiladi.  Informatsion 

texnologiyalarda axborotlarni kompyuterlarda qayta ishlash kun sayin rivojlanmoqda va 

jamiyatning 

barcha 


jabhalariga 

kirib 


bormoqda. 

Shu 


bois, 

kompyuterda 

ma’lumotlarnining  saqlanishi  va  u  bilan  bog’liq  bilimlarga  ega  bo’lish  muhim 

hisoblanadi.  

Ma’lumotlarni  saqlash,  uzatish  va  qayta  ishlash  uchun  ma’lumotlar  bazasi  

(MB)    ni  yaratish,  so’ngra  undan  keyin  foydalanish  bugungi  kunda  dolzarb  bo’lib 

qolmoqda.  Kompyuterdagi    Ma’lumotlar  -    Ma’lumotlar    bazasida    saqlanadi.    Ular  

maxsus  dasturlar  - Ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlari  yordamida  boshqariladi.  

Ma’lumotlar  bazasini boshqarish  tizimi  –  (MBBT-DVMS-Data  Base  Management  

System)    Ma’lumotlarni    kiritish,  qayta  ishlash  hamda  boshqarish  haqidagi  universal 

dasturlar vositasidir.  

Ma’lumotlar  bazasi (MB-DV-Data  Base) Ma’lum  bir  sohaga  tegishli  bo’lgan 

Ma’lumotlar  to’plamidir.  Ma’lumotlar  bazasi  MBBT  orqali  qayta    ishlanadi.  Bugungi 

kunda  ma’lumot  (berilgan)lar  muhim  hayotiy  milliy  resurslar  sifatida  qo’llaniladi.  Bu 

resurslarii  shunday  tashkil  etish  lozimki,  unan  foydalanish  maksimal  qulaylik  va  


foyda keltirsin.  Shunday  qilib,  Ma’lumotlardan  foydalanish,  ya’ni  ularii  ma’lum  bir  

texnologiya    asosida  yig’ish,  saqlash,  qayta  ishlash  va  uzatish  muhim  muammo 

hisoblanadi.  Bu  muammoni  yechishga    harakat    qilish,    ma’lumotlarni    ishlash  

jarayonidagi    yangicha    yondashish    yangi  texnologiyani    keltirib    chiqardi.    Bu  

texnologiyaning    asosini    Ma’lumotlar    bazasi(MB)    va  banklari(MBn)  tashkil  etadi. 

Ma’lumotlar  bazasi  va  banklaridan  foydalanish    o’zaro  bog’langan  ma’lumotlar  

to’plamlariga    kirishni,    ulardan    foydalanish    hamda    ishlashni    avtomatlashtiradi, 

ma’lumotlarni 

yangilash, 

keraksiz 

bo’lganini  yo’qotishni  avtomatlashtirishni 

ta’minlaydi.  

Ma’lumotlar  bazasini  normal  ishlatish  uchun  u  quyidaga  xususiyatlarga  ega 

bo’lishi kerak:  

1.    MB  dagi  ma’lumotlarning  bir  nusxali  bo’lishi.  Aks  holda  xotirada    saqlanadigan  

ma’lumotlar  ikki  nusxada bo’ladigan bo’lsa, bu qarama-qarshilikka olib keladi.  

2.    Ma’lumotlarni  birgalikda  ishlata  olish  imkoni,  ya’ni  MB  ga  ko’p  foydalanuvchilar 

yoki ko’pgina dasturlar tomonidan murojaat qilish imkoni bo’lishi kerak.  

3.  MB ni  kengaytirish  imkoni,  ya’ni  MBga  yangi  ma’lumotlarni  kiritish  va  MB 

tarkibiga yangi ob’ektni kiritish imkoni bo’lishi kerak.  

4.    MB  bilan  ishlash  qulayligi,  ya’ni  MB  ning  tarkibi  dasturlovchi  va  foydalanuvchi 

uchuny oddiy,  tushunarli  shaklda  bo’lishi  kerak,  bu  MB  ustida  bajarilayotgan  amallar  

oddiy ko’rinishga ega bo’lishi kerak.  

5.  MB ga effektiv murojaat qilish vaqti qancha kam bo’lsa, MB bilan ishlash unumdorligi 

shuncha yuqori bo’ladi.  

6.    MB  ning    o’zaro    mosligi,    ya’ni    ma’lumotlarning    fizikaviy    saqlanganligi    va  

mantiqiy mosligi (ma’lumotlar bir-biriga mantiqiy qarama-qarshi bo’lishi mumkin emas) 

hamda ma’lumotlarning faolligi.  

Ma’lumotlar  banki  (MBn)  deb,  ma’lumotlarni  markazlashtirgan  tartibda  yig’ish  

va kollektiv  tarzda  undan  foydalanishni  ta’minlovchi  dasturlar,  til  hamda  tashkiliy  

vositalar tizimiga  aytiladi.  MB ning  komponentalariga  MB  va  MBBTlari  kiradi.  MBn 

istalgan  ma’lumotlar  to’plamiga  tegishli  bo’lishi  mumkin,  jumladan,  mustaqil  fayllar, 

MB va axborot qidiruv tizimlari.  

 


MB larni keng miqyosda ishlatilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi:  

-    operativligi  bilan  (ma’lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati   bilan);  

- qulayligi bilan (istalgan talabga javob ola olishligi, ma’lumotlarni takomillashtirish va 

o’zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi);  

-  himoyalanganligi va  yaxlitligi  bilan  ma’lumotlarga  ruxsatsiz  kirish  mumkin  emasligi 

hamda EHM texnik vositalarning nosozligidan himoyalanganligi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Xulosa 

Ba'zan, MB ishlatilishi samaradorligini oshirish maqsadida  uning  tuzilishi   ham 

o`zgartirilib  turiladi. Bu  holda MB ning iеrarxik va tarmoqli modеllari vujudga kеladi.  

MB  ni  tashkil  qilish,  uni    to’ldirish,    nusxasini  olish    kabi    vazifalarni    bajarish  

uchun  maxsus  dastur  ta'minoti  bo`lishi  lozim. Bunday dastur ta'minoti MB (yuqorida 

qayd  qilganimizdеk)  dеyiladi.  Mazkur  tizimlar  bir  vaqtning  o`zida  bir  nеcha  

foydalanuvchiga  xizmat  ko`rsata  oladi,  ya'ni  ma'lumotlardan  bir  vaqtda  bir  nеcha 

kishining foydalanishi mumkin. Bunday MB larni  tashkil  qilishda  yuqori  darajadagi 

dasturlash tillari:  Qipper, Paradox, FoxPro lar mavjud.  Bu MB lardan Windows muhitida 

ishlash  imkoniyatiga  ega  Microsoft    Works    3.0,    yangi      tеxnologiya    asosida  ishlay 

oladigan  «kliеnt - server»-SQL Windows Solo kabilarni kеltirish mumkin.  Ammo, bu 

tillarda  ishlab  chiqilgan  MB  juda  qimmat  bo`lgani  uchun  Microsoft  firmasi  Microsoft 

Office tarkibida (kichik va o‘rta   biznеs   xodimlari   uchun   juda   qulay   bo`lgan   va 

birmuncha  arzon)  Microsoft    Access    (Access    2.0    va    Access-9x)    ni    ishlab    chiqib 

amaliyotga tadbiq  qildi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Foydalanilgan adabiyotlar 

1.  M.M.  Aripov,  J.O‘.  Muhammadiyev.  Informatika,  information  texnologiyalar.  

Toshkent 2005- y. 

2.  Б.Ю.  Ходиев,  А.А.  Мусалиев,  Б.А.  Бегалов.  Введение  в  информационные 

системы и технологии -Учебное пособие. Т. -«ТГЭУ» 2002.-156с. 

3.  Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik S.S.G‘ulomov umumiy tahriri 

ostida. Darslik. T.: Iqtisodiyot,  –2009.    

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 411.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling