Ona tili dtm


Download 18.34 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi18.34 Kb.
#1485791
  1   2   3
Bog'liq
BALL MAKISUMU 3


ONA TILI DTM
1)Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan qatorni belgilang?
A)nomoyon,shoffof,tomosho
B)hasharot,muomila,tajovuzkor
C)tarozi,tofovut,sazovor
D)mobodo,lavozim,tobora
2) Muqimiy qayerga qilgan sayohatida chitfurush bilan yo’ldosh bo’ladi va Xo’ja Iso badkor kabi kimsalarni , boshga to’n yopingan ,besh yuz xotinning vozi so’zini tinglab turganini ko’radi?
A)Yayfan B)Nursux
C)Do’rmancha D)O’ltarma
3)Quyida berilgan qaysi iboraning tarkibida ham metonimiya ham metafora usulini kuzatish mumkin?
A)Bir qoshiq qonimdan o’ting
B)O’ttizga kirmoq o’tin bo’lmoq
C)Bir yoqadan bosh chiqarmoq
D)Ikki oyoqni bir etikka tiqmoq
4)Qaysi gapda uch turkumga oid yasama so’z berilgan?
A)Odam oqil,obro’-e’tiborli,iste’dodli,sadoqatli do’stlari bilan faxrlanadi,ammo do’stlik mezoni faqat shular bilan o’lchanmaydi
B)Ular o’zlarining eng nodir asarlarida do’stlikni ,insonparvarlikni,mehr-muhabbatni ulug’laganlar
C)Vatanning kun sayinobod bo’layotgani ,yangi yo’llar ,mushtasham binolar barpo etilayotgani yurtdoshlarimizni qalbiga faxr baxsh etmoqda
D)Odamning do’stlari oldida burch va ma’suliyati borki,ularni ado etolmasa,do’stlari uning do’stligini e’tirof etmaydilar ,tan olmaydilar
5)Tovushlarning kichik ulug’i,
Tovushlarning hidi-bo’yi bor,
Tovushlarning sovuq,ilig’i bor,
Tovushlarning rangi-ro’yi bor,
Tovushlarning shirin-achchig’i,
Bordir hatto yumshoq-qattig’i,
Shoir rassom bo’lsaydi agar,
Chizar edi shundan lavhalar.
Parchada ismlarning egalik va kelishik qo’shimchalari qo’shilishi natijasida nechta so’z tarkibida fonetik o’zgarish sodir bo’lgan?
A)4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 7 ta
6)Quyidagi qaysi asarda “Butun xalq:Qo’li bog’liq yashashdan o’lim a’lodir” degan jumla keltirilgan?
A)”Ruhlar isyoni” B)”Oygul bilan Baxtiyor”
C)”Mardlik afsonasi” D)Nil va Rim”
7)"Ish qidirib yurmaydilar, ish deganning o'zi oyoqning tagidan o'rmalab chiqadi". Ushbu parcha qaysi asarda uchraydi?
A)"Chinor" B)"Shum bola"
C)"Sariq devni minib"
D)"Urushning so'nggi qurboni"
8) Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lgan asosdan yasalgan shakldosh yasama so’zlar sanaladi?
1) bo’sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza;
5) kechik; 6) chopmoq
A) 1, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 6
9) Osiyo chempionatida "Qatar" terma jamoasi "Yaponiya" milliy jamoasini yutdi.
Ushbu gapda yutmoq so’zi qaysi ma‘noda qo’llangan?
A) o’z qa’riga tortmoq
B)yengmoq, mag’lub etmoq
C)biror nima deyishdan o’zini tiymoq, oshkor qilmaslik
D)ichmoq, yemoq
10) O’rik ra‘noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg’ish.
Ushbu parchada necha o’rinda yasama sozlar qatnashgan?
A) 6 B) 5 C) 7 D) 4
11) Ezopning inson qiyinchiliklarda ham sabr-qanoat qilib yashashi,oddiy vaziyatlarda o’zini yo’qotib qo’ymasligi va shu kabi xatolar yoritilgan masalni aniqlang?
A)”Bo’ri va laylak”
B)”Eshak va baqalar”
C)”Burgut,zag’cha,cho’pon”
D)”Kiyik va tokzor”
12) Qaysi javobda sifat yasovchi qo’shimcha jarangli undoshdan so’ng qo’shilgan so’zlar ko'rsatilgan?
1) iliq; 2) siniq; 3) egik; 4) tiniq; 5) ochiq; 6) yoyiq; 7) yopiq; 8) teshik
A) 2, 3, 4, 5, 8 В) 1, 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6, 7
13)Quyidagi qaysi obrazga nisbatan:” Nilufar gulini yoqtiradigan, hattoki kiyimlari ham nilufar gul rangi edi”deb ta’rif berilgan?
A)Zebinisa B)Mehr
C)Huroyim D)Saltanat
14) Qaysi javobda o’zlik nisbatidagi fe’llar berilgan?
A) o’ylanmoq, sarg’aymoq
B) jimirlamoq, silkinmoq
C) ko’rinmoq, kiyinmoq
D) taralmoq, yiqitmoq
15) Qaysi gapda fe’lning o’tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo’llangan?
A)Agar mening gapimni tushungan bo’lsang, yur men bilan, ketdik.
B)Men bu mehmonni kuzatib borayotirman.
C)Ular allaqachon bir qarorga kelgan edilar.
D)Bir vaqt qarasam, yig’layapman, hech o’zimni bosolmayman.
16) Qaysi javobda “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni qahramoni Tarlon haqida ma’lumot berilgan?
A)U daryo bo’yiga o’tin tergani kelganida daryoda oqib kelayotgan sandiqni ko’rib qoladi va uni suvdan olib chiqadi.
B)U saroyda xizmat qilardi, xondan juda ko’p jabr-u jafo ko’rgan keksa qul edi.
C)U Oygulning otasi edi, isyonchilarga boshchilik qilar edi.
D)U Oygulning ko’z o’ngida zolim xon tomonidan qatl etiladi, bu esa xalqning g’azabini yanada oshiradi.
17) Safar insonni tarbiyalaydi. Darhaqiqat, asarda badavlat xonadonning lo’mbillagan o’g’li G’avvos Muhammad safar davomida chidamsizligi, injiqligi, badfe’lligi bilan hamrohlariga ozor yetkazadi. Safar nihoyasida esa hammaga yordam beradi va unda yaxshi sifatlar shakllanadi.
Ushbu parchada fikr yuritilgan G’avvos Muhammad obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) "Ulug’bek xazinasi" (Odil Yoqubov)
B) "Me’mor" (Mirmuhsin)
C) "Zulmat ichra nur" (Mirkarim Osim)
D) "Yulduzli tunlar" (Pirimqul Qodirov)
18) Quyida keltirilgan gapdagi nechta so’z tarkibida ot yasovchi qo'shimcha ikki marta qo'llangan?
Amr qildimki, vazirlar ushbu to’rt sifatga ega bo'lgan kishilardan bo’lishi lozim: birinchisi — asillik, toza nasllilik; ikkinchisi — aql-farosatlilik, uchinchisi— sipoh-u el ahvolidan xabardorlik, to’rtinchisi - sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
A) 3 В) 1 С) 2 D) 4
19) Quyidagi misralar Anvar Obidjonning qaysi she’ridan olingan?

Download 18.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling