ONA
TILI O‘QITISH METODIKASI
MA’RUZACHI: MIRSAIDOVA NILUFAR SOBIRJONOVNA
FILOLOGIYА FANLARI NOMZODI
4- Ma’ruza. Lug‘at ustida ishlash. Maktabda lug‘at ustida ishlashning asosiy yo‘nalishlari. So‘z ma’nosini tushuntirish mеtodikasi. O‘qish, badiiy asarni qayta hikoyalash, matеrialni o‘rganish, bayon va inshoga tayyorlanish bilan bog‘liq holda o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish yo‘llari.
Ma’ruza reja:
1.Leksikologiya – Lug‘at ustida ishlashning lingvistik asosi
2. Lug‘at ustida ishlash metodikasining to‘rt asosiy yo‘nalishi
3. O‘quvchilar lug‘atini boyitadigan manbalar
4. So‘z ma’nosini tushuntirish .
So‘z va iboralar ustida ishlashda o‘yinlardan foydalanish
1.Mantiqiy mashqlar
2.Iboralar ustida ishlash
3.So‘z va iboralar ustida ishlashda topishmoqlardan foydalanish
Tayanch atamalar: So‘z, ibora, mantiqiy mashqlar, topishmoq, bayon, insho, frazeologiya,leksikologiya
Tayanch so‘zlar: ko‘chma ma’no, omonim, mantiliy mashqlar, leksikologiya, yo‘nalish
Maktabda lug‘at ustida ishlash metodikasining to‘rt asosiy yo‘nalishi
1.O‘quvchilar Lug‘atini boyitish, ya’ni yangi so‘zlarni, Shuningdek, bolalar Lug‘atida bo‘lgan ayrim so‘zlarning yangi ma’nolarini o‘zlashtirish.
2. O‘quvchilar Lug‘atiga aniqlik kiritish.
3.Lug‘atni faollashtirish, ya’ni o‘quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo o‘z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga o‘tkazish.
4.Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol Lug‘atidan nofaol Lug‘atiga o‘tkazish.
O‘quvchilar lug‘atini boyitadigan manbalar:
1.Atrofni o‘rab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarniig o‘yini va o‘qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni ko‘zatish.
2.O‘quvchilar lug‘atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar
Do'stlaringiz bilan baham: |