Ona tili Qaysi gapda qo`shma sifat qismida sifatdosh mavjud?


Download 94.55 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi94.55 Kb.
#1163914
  1   2   3   4   5
Bog'liq
haftalik 1 2023


YAXSHI NIYAT +YURAKDAN HARAKAT = GRANT TALABASI – 2023 INSHAALLOH

Ona tili
1. Qaysi gapda qo`shma sifat qismida sifatdosh mavjud?
1) Shirinsuxan, oqko`ngil insonlar mevali daraxtga o`xshaydi: hamma ulardan bahra oladi; 2) Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi; 3) mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko`rki, ishyoqmaslar esa ularning og`riw joyidir; 4) Toshbag`ir odamdan yaxshilik kutma; 5) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir; 6) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o`xshaydi.
A) 2, 4, 5 B) 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 4, 6
2. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga kо’rа uch turi qatnashgan?
A) Bu masalada sizga har doim yordam berolmaymiz.
B) Bu tadbirda biz ham qatnashmoqchi edik.
C) Qilgan xatolaringga, albatta, sen o'zing javob berishing kerak.
D) Sen bu vazifani hech qachon uddalay olmaysan.
3. Odob kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo'lgan xurmatsizlik eshigini yopadi va odamni xazil-mazaxdan, kamsitilishdan saqlaydi.
Ushbu gapda necha o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo’yilgan?
A) 4 o‘rinda B) 2 o‘rinda
C) 5 o‘rinda D) 3 o'rinda
4. Qaysi javobda sifat turkumiga oid o!zaro ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan?
A) armug‘on, tuhfa, tortiq
B) suluv, go'zal, ko‘rk
C) tantiq, mard, saxiy
D) barvasta, norg‘ul, barzangi
5. Lekin Mahmud - Qutlug‘ Nigor xonim... akasi, ji.yani Bobur... ashaddiy dushmani Ahmad Tanbal... yon bosishi mumkin emasday tuyilardi.
Nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik qo'shimchalari qo'yilishi kerak?
A) 2 o‘rinda tushum, 1 o‘rinda o‘rin-payt
B) 1 o‘rinda qaratqich, 1 o‘rinda tushum, 1 o‘rinda jo‘nalish
C) 2 o‘rinda qaratqich, 1 o‘rinda jo‘nalish
D) 2 o‘rinda tushum, 1 o‘rinda qaratqich

Download 94.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling