Ontogenez turlari va xususiyatlari
Download 45.57 Kb.
|
Mavzu Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlan (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ontogenez turlari va xususiyatlari.
Maktabgacha yosh davrda psixik rivojlanish xususiyatlari. Reja: 1. Ontogenez turlari va xususiyatlari. 2. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishga xos xususiyatlar. 3. Go'daklik va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari 4.Boladagi muammolarning sabablari Ontogenez turlari va xususiyatlari. Ontogenez (yunoncha: ontos — borliq va ...genez) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "Ontogenez" terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi. Ontogenez organizmning xususiy rivojlanishi davomida roʻy beradigan barcha morfologik, fiziologik va funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va si-fat oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. Ontogenez. ketma-ket keladigan bosqichlar rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy koʻpayadigan organizmlarda bu bos-qichlar murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va ba-logʻatga yetish davrlarini oʻz ichiga oladi. Ontogenez davomida rivojlanayotgan organizmning alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiklashadi. 18-asrda Ontogenezni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri — preformizm Ontogenez.ni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni struk-turasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, Ontogenez boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan. Ontogenez davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq. Hayvonlarda O. jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. O. jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida O.ning murtakkacha (proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi (postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional davr jinsiy hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish davrini; embrional davr embrionning tuxumdan yoki embrion pardadan chiqqungacha, postembrional davr jinsiy voyaga yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda O.ning 3 tipi maʼlum: 1) lichinkalik — tuxum poʻstidan ancha erta chiqqandan soʻng organizm lichinka holida xayot kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi; 2) tuxum qoʻyuvchi — murtak uzok, vaqt tuxum ichida rivojlanadi, lichinka davri boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum — tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday holatda baʼzan murtak bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz beradi. Anʼanaviy ravishda O.ni embriologiya oʻrganar edi. Embriologiyadan rivojlanish biologiyasi ajralib chiqqandan soʻng embriologiyaning vazifasi murtakdan oldingi va murtak davrini oʻrganish boʻlib qoldi. Oʻsimliklarda O. urugʻlangan tuxum hujayraning rivojlanishidan boshlanadi. Oʻsimliklarda O.ning oʻziga xos xususiyatlari jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning almashinishidan iborat. Sporofit zigotadan, gametofit — unib chiqayotgan sporadan hosil boʻladi. Gulli oʻsimliklar hayotiy siklida sporofit ustunlik qiladi, erkak va urgʻochi gametofit esa qisqarib ketadi. Vegetativ koʻpayishda O. ona organizm, shu jumladan, ixtisoslashgan organlar (ildiz-meva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining boʻlinishidan boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar O.i embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk, koʻpayish va qarilik davrlariga boʻlinadi. O. davrida oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi yuz beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib boradi; yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid qaytmas oʻzgarishlar paydo qiladi. O.da oʻsimliklarning bir butunligi fitogormonlar, shuningdek, har xil organlar, mas, fotosintez qiluvchi organ — barglar bilan suv va mineral moddalarni shimuvchi ildiz oʻrtasida metabolitlar almashinuvi orkali taʼminlanadi. O. davomida oʻsimlik oʻsadi va rivojlanadi. Oʻsish oʻsimlikning boʻyiga ortishi, yaʼni miqsoriy oʻzgarishi boʻlsa, rivojlanish sifat oʻzgarishidan iborat. Koʻpchilik oʻsimliklar yopishib yashashi tufayli ular O.i koʻp jihatdan tashqi muhit sharoitiga bogʻliq. Oʻsimliklarda muhitning noqulay omillariga turli xil moslanishlar (tinim holati, fotoperiodizm va boshqalar) paydo boʻlgan. Shu tufayli ular faoliyatining faol davri yilning eng qulay fasliga toʻgʻri keladi. Bolaning ona qornida paydo bo‘lgandan tug‘ilgunga qadar bo‘ladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bo‘lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bo‘linadi. Zigota bosqichi (1-2 haftalik) Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki xafta kerak bo‘ladi, shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mmdan kamroq bo‘ladi, uning hujayralari bo‘linishni boshlaydi. Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar to‘plami ko‘rinishida bo‘ladi. Boshqa hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to‘qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayrlarning ajralib hosil bo‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo‘lib hisoblanadi. Zigota 36 xafta davomida murtakdan bola tug‘ilishigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyor holga keladi. Embrion bosqichi (3-8 hafta) Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakkizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashki qavatda - ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. O‘rta qavatda - mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil bo‘ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga bo‘linishi boshlanib, organizm ko‘prok salamandrani eslatadi. O‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez 44 rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab yuborgan bo‘ladi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda mavjud bo‘ladi, lekin uning o‘lchamlari onaga sezilarli daraja bo’lmaydi. Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi. Homila bosqichi(9- 38 hafta) Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha yetadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin. Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik imkoniyatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug‘ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar bola esa o‘z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-atvori ma’lum darajada tarkib topadi. Shu sababli bolaning ma’lum davrdagi rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda qanday bo‘lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga yarasha va yosh imkoniyatiga mos keladigan bo‘lishini ta’minlash uchun ham kerakdir. Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko‘rsatilgan davrlari umuman qabul qilingan bo‘lsa ham, bu davrlarni absolyut davr deb hisoblash mumkin emas. Yosh davrlariga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi va soatini ko‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari o‘rtasidagi chegarani ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqoridagi davrlarga ajratishni absolyut deb bo‘lmaydi CHaqaloqlik (tug‘ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko‘pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug‘iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg‘armasiga ega bo‘ladi. Tug‘ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliy rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo‘lishning yangi tajribalarini o‘zlashtirish imkoniga sohib bo‘ladi. CHaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. SHu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. CHaqaloqlik davri oxiri va go‘daklikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo‘lishiga munosabat bildirish paydo bo‘ladi. Go‘daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go‘dak to‘laligicha kattalarga bog‘liq bo‘ladi (uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo‘rgaklashadi, ag‘darib qo‘yishadi, qo‘lga olishadi, sayr qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o‘rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi yili so‘ngiga kelib go‘dak ayrim so‘zlarni tushunadi va ilk so‘zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o‘z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko‘tarila olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go‘daklik so‘ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o‘zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o‘rganadi. Download 45.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling