Operatsion tizimlar fanidan 2-amaliy mashg’ulot Mavzu: Windowsda buyruqlar satri intepretatori va Powershell muhiti. Powershellda ssenariylar yaratish


Download 35.06 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi35.06 Kb.
#1632496
  1   2   3
Bog'liq
1683263065 (1)


Operatsion tizimlar fanidan 2-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Windowsda buyruqlar satri intepretatori va Powershell muhiti. Powershellda ssenariylar yaratish
Ishning maqsadi: Windows OTning buyruqlar satri va PowerShell muhitlari vositasida talabalarda OTning ishini avtomatlashtirishga oid bilimlarini oshirish va ish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Avval o’zingizga kerakli papkaga kirib olishingiz lozim:

Menda hozir C:\Users\user> papkada ekan
Agar siz boshqa path dagi filelar bilan ishlamoqchi bo’lsangiz. cd kalit so’zi bilan file joylashuvini yozasiz. Masalan:

Katalog(papka) ga kirish uchun ham “cd” dan keyin papka lokatsiyasini to’liq berish lozim
cd .. buyrug’I bilan bittadan directory(papka) ortga qaytaradi:

CMD ning oddiy foydalanuvchi uchun kodlari:
Color all - cmd textini rangini o’zgartiradi.
Shutdown –s –f –t 100 - Kompyuteringizni 100 sekundan keyin o’chiradi.
Shutdown – a - o’chirish buyrug’ini bekor qiladi.
Help - sizga asosiy kodlarni ta’rifi bilan chiqarib beradi.
Explorer - Yo'lboshlovchi (проводник) oynasini ochib beradi.
Tree - kataloglarni grafik ko'rinishda ko'rsatish imkoniyatini beradi. Odatiy bo'lib, displey psevdo-grafika orqali amalga oshiriladi.
Ver - operatsion sistemangizning versiyasini ko’rsatadi.
Systeminfo - ushbu buyruq sizga kompyuteringiz konfiguratsiyasi haqida batafsil ma’lumot beradi. Ro’yxat operatsion tizimingiz va uskunangizni mutlaqo qamrab oladi. Masalan “Windows” ning o’rnatilgan sanasi, oxirgi yuklash vaqti, BIOS versiya, umumiy va mavjud xotira, o'rnatilgan tuzatishlar, tarmoq kartasi konfiguratsiyasi va boshqalarni qidirishingiz mumkin.
MD - bu buyruq bilan siz yangi papka(katalog) yoki yangi fayl ochishingiz mumkin:

Albatta cmd dagi path (manzilingizni o’zgartirib o’zingizga kerakli joyga ochishingiz lozim), aks holda default o’zi turgan joyga ochib qo’yadi.

Masalan menda shunaqa manzilga ochiladi
Date va Time - bu buyruqlarni alohida yozmadim. Date buyrugida siz hozirgi sanani ko’rish va o’zgartirish imkoniga ega bo’lasiz, Time komandasida esa hozirgi soat, minut va sekunni o’zgartishingiz mumkin bo’ladi.
Exit - Ushbu buyruq sizga ommaviy ma'lumotlarni yopish yoki hatto buyruq qatorini yopish imkonini beradi. (Cmd dan ham chiqib ketishi mumkin).
Title - ya’ni sarlavha bu bilan siz cmd oynasining nomini o’zgartirishingiz mumkin.
Prompt - Bu ham juda ham qiziqarli buyruqlardan biri. har safar buyruq oldidan chiqib turadigan so'zlarni o'zimizga belgilash imkoniyatini beradi. Bu rejimdan chiqib ketish uchun qaytadan prompt buyrug'ini kiritishingiz kerak.

Echo - bunda siz huddi promptdagidek, lekin echo off yozsangiz umuman bo’sh oynada buyruq yozish imkonini beradi keyin, echo on buyrug’i bilan yana tiklashingiz mumkin kerak bo’lganda.
Mode - Tizim qurilmalarini sozlashda yoki ko’rishni imkonini beradi.
Start - Alohida oynada dastur yoki buyruqlarni ishga tushiradi. Masalan, start mspaint deb yozsangiz paint ishga tushadi.

Download 35.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling