Oqova suvlarni ishlatish munosabati bilan atrof-muhit muxofazasi


Download 30.65 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi30.65 Kb.
#1818305
  1   2   3
Bog'liq
Oqova suvlarni ishlatish munosabati bilan atrof


Oqova suvlarni ishlatish munosabati bilan atrof-muhit muxofazasi

Mundarija


Kirish……………………………………………………………………………3
1. Qatlam suvlari……………………………………………………………….4
2. Neft konlaridagi oqova suvlar xususiyatlari …………………………………5
3. Oqova suvlarning kanalizatsiyasi ……………………………………………6
3.1. Qatlamga suvni haydash……………………………………………………7
3.2. Suvni qatlamga haydashga yaroqliligini aniqlash…………………………..8
Xulosa…………………………………………………………………………...9
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………….9

KIRISH
Neft va gazni yig'ish, tayyorlash va uzatish tizimlari konni ishlatish va jihozlash loyihasida keltirilgan shart-sharoitlarning bajarilishini ta'minlaydigan ketma-ket va o'zaro bog'liq qurilmalar, mexanizmlar, mashinalar va inshootlar majmuasini ifodalaydi. Neft va gazni qazib olish, yig'ish, iste'molchi talabidan kelib chiqib tovar holatiga keltirish va transport qilishning bir necha usullari va texnologik tizimlari mavjud. Bu usullar va texnologik tizimlar bir qator olimlar hamda mutaxassislar tomonidan nazariy asoslab berilgan va bu haqida yaratilgan adabiyotlarda har bir muallif mahalliy va dunyo miqiyosidagi holatlarni bayon qilib bergan. . Neft konlarini ishlatish fanining maqsadi talabalarni neft uyumlarini ishlash jarayonlarini fizik asoslari bilan tanishtirish, turli rejimlardagi neft uyumlarini ishlash jarayonlarini modellashtirish usullarini o‘rgatish, ishlash ko‘rsatkichlarini gidrodinamik hisoblash usullarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Ushbu fan neft konlarini samarali ishlash muammosining ayrim tarafini o‘rganuvchi ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘liq. Ular qatorida “Oliy matematika”, “Fizika”, “Termodinamika va issiqlik mashinalari”, “Neft va gaz konlari geologiyasi”, “Neft va gaz qatlamlari fizikasi”, “Yer osti gidravlikasi”, “Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi”, “Neft, gaz va suvni yig‘ish va tayyorlash”, “Kon fizikasi” va boshqa fanlarni ko‘rsatish mumkin. Ammo, neft konlarini ishlatish neft uyumi va unda ro‘y berayotgan jarayonlar, konlarda neft, gaz va suvni tayyorlash, konlarni jihozlash, neft konlarini ishlashni texnik- iqtisodiy samaradorligi haqidagi hamma bilimlarimizni yagona maqsad uchun uzviy bog‘lashga qaratilgan.



1.Qatlam suvlari
Neft tarkibidagi suv va suvda erigan mineral tuzlar mustahkam emulsiyalar hosil qiladi. Bu emulsiyalar korroziyalarga sabab bo'lib, neftni qayta ishlashda qiyinshiliklar tug'diradi. Bundan tashqari suvli neftni transport qilish ham katta harajatlar talab qiladi. Shuning uchun ham quduqdan olinadigan neft tuzsizlantiriladi va suvsizlantiriladi. Hozirgi vaqtda qatlam suvlarining taxliliga katta ahamiyat berilmoqda, Shunki bu suvlar mahsuldor qatlamga qayta haydash uchun ishlatilmokda. Qatlamdan olinadigan suvlar bir - biridan mineral tuzlar kontsentratsiyasi, gazlar va mikroorganizmlar mavjudligi bilan farqlanadi. Qatlam suvlari turli kimyoviy tarkibdan iborat bo'lib, 2 ta asosiy guruhga bo'linadi:
1. qattiq suvlar - xlor kaltsiyli yoki xlor kaltsiy-magniyli;
2. ishqorli yoki gidrokarbonat natriyli.
Qatlam suvlarining asosiy tarkibiy qismini natriy xlor NaCl, kaltsiy xlor CaCl2 va magniy xlor MgCl2 lar tashkil qiladi. Ba'zi suvlarda magniy Mg, kaltsiy Ca, temir bikarbanat FeHCO3 tuzlari ham bo'ladi.
Qatlam suvlarida anion va kationlarga ajraladigan oddiy tuzlar ham mavjud. Anionlarga - gidroksid - OH ion, xlor - Cl ion, sulfat - SO4 ion, bikarbonat - НСОз ion, karbonat - CO2 ion , brom - Br ion va boshqalar kiradi. Bundan tashqari qatlam suvlarida kolloidlar (temir oksidi FeO, alyumin oksidi AI3O2); gaz ko'rinishidagi moddalar (karbonat angidrid CO2, oltingugurtsuvchil, azot N2, vodorod H2); nodir gazlar (geliy, argon, neon) va organik moddalar (naften kislotalar) mavjud bo'ladi. Qatlam suvlarida erigan moddalarning uning hajmiga bo'lgan nisbati - umumiy minerallanish deyiladi.
Qatlam suvlarining minerallanish darajasi 1 kg/m3 dan 200 kg/m3 gacha. Suvni asosiy tavsiflaridan biri suvchil ionlar kontsentratsiyasi ko'rsatkichi pH.
Bu ko'rsatkichdan suv eritmalarining kislotali va ishqorli muhitlari aniqlanadi. Suvlar pH kattaligi bo'yicha 5 guruhga bo'linadi:
1. nordon pH = 3 gacha;
2. nimnordon pH = 4 - 6 gacha;
3. neytral pH = 7;
4. kam ishqorli pH = 8-10 gacha
5. ishqorli pH = 11-14 gacha



  1. Download 30.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling