Oqova suvlarni ishlatish munosabati bilan atrof-muhit muxofazasi


Neft konlaridagi oqova suvlar xususiyatlari


Download 30.65 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi30.65 Kb.
#1818305
1   2   3
Bog'liq
Oqova suvlarni ishlatish munosabati bilan atrof

Neft konlaridagi oqova suvlar xususiyatlari

Oqova suvlar deb, qatlam suvlari, chuchuk suvlar va atmosfera suvlarining aralashmasiga aytiladi. Chuchuk suvlar neftni tuzsizlantirish, deemulgatorlarni tayyorlash, kompressorlami sovutish va boshqalarga xizmat qiladi.
Oqova suvlarni 82 - 84% qatlam suvlari, 15% chuchuk suvlar, 1,5 - 3% atmosfera suvlari tashkil qiladi.
Konni ishlatish jarayonida juda ko'p miqdorda qatlam suvi yer yuzasiga olib chiqiladi. Mahsuldor qatlamlarni qatlamdan olingan suvlar bilan bostirish juda muxim masalalardan biridir.
Qatlamdan olingan suvlarni qayta haydash quyidagi muammolarni hal qilishga yordam beradi:
1. chuchuk suv sarfini kamaytiradi;
2. suv havzalarini ifloslanishini, havzalardagi baliqlarni o'lishini oldini oladi;
3. mahsuldor qatlamlarni o'tkazuvchanligini saqlab qoladi, chunki gil va alevrolitlar tuzli suv ta'sirida shishmaydi;
4. qatlamning neft beraolishlik koeffitsiyenti ko'tariladi.
Bunga sabab deemulgatorli suvlar yaxshi yuvish qobiliyatga ega. Oqova suvlardan foydalanishda bir qator qiyinchiliklar ham vujudga keladi.
Bular:
• tozalash qurilmalarining murakkab va qimmatliligi;
• suv bostirish tizimidagi suvo'tkazgichlar va qurilmalarning korroziyasi va boshqalar.
Hozirgi vaqtda bu masalalar konlarda o'z yechimini topayapti. Masalan, suv o'tkazgichlarning ishi va qurilmalar maxsus lak - bo'yoqlar bilan qoplanib, korroziyadan himoya qilinmoqda. 6 - 8 oy xizmat qilgan o'tkazgichlar 3 - 4 yil davomida ishlatilyapti.


  1. Oqova suvlarning kanalizatsiyasi

Oqova suvlarning kanalizatsiyasi deganda, kondagi oqova va yomg'ir suvlarining zovur va lotoklar tizimi orqali maxsus tozalash inshootlariga yig'ilishiga aytiladi. Bu tizimlarni qurish va ishlatish oson bo'lishi bilan birga bir qator kamchiliklarga ham ega. Bular quyidagilar:
1. oqova zovurlarning ko'p shoxchali turini qurish;
2. oqova suvlarning o'zi oqishi uchun to'g'ri keladigan relyef sharoitlarini tanlash;
3. oqova zovurlarning zich turi kon hududida transportlarning harakatiga halaqit beradi;
4. hudud qoramoy (mazut) bilan ifloslanadi;
5.sovuq iqlimli hududlarda qish faslida va ariqlaming muzlashi kuzatiladi.
Hozirda neftni yig'ishni germetiklashgan usullarida neft suv bilan birga neftni tayyorlashning markazlashgan qurilmasiga boradi. Mana shu yerda ular ajratiladilar.

Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling