Oqsil va polipeptto unumli gormonal
Download 29.54 Kb.
|
OQSIL VA POLIPEPTTO UNUMLI GORMONAL
OQSIL VA POLIPEPTTO UNUMLI GORMONAL MODDALAR Gipofiz bezining gormonal moddalari Fiziologik holatda gormonlar gipofizning old, o'rta va orqa qismidan ajraladi. Gipofizning old.qismida trop — boshqaruvchi gormonlar hosil bo'ladi, bu jarayon gipotalamus bilan bog'liqdir. Agar qonda trop gormonlar miqdori kamaysa yoki organism alohida holatga tushib qolsa (yallig'lanish ro'y bersa), gipotalamusdan rilizing — gormonlar qonga chiqadi va gipofizdan trop gormonlar ajralishiga va ular miqdorining qonda oshishiga sabab bo'ladi. Keltirilgan misolda kortikotropin ko'p hosil bo'lib, qonga tushadi, shu tufayli buyrak usti bezidan glyukokortikoidlaming ajralishi ortib boradi, ular esa o'z navbatida organizm ni og'riqqa chidamli, yallig'lanishga qarshi ta’sir ko'rsatadi. Agar biror sababga ko'ra qonda trop gormonlar ko'payib ketsa, gipotalamusdan rilizing — gormonlar ajralishi kamayadi, shu tufayli gipofizda trop gormonlarining hosil bo'lishi kamayadi. Gipotalamusda hosil bo'lgan rilizing — gormonlar past molekulali peptidlardan iborat bo'lib, liberin deb ataladi. Masalan, kortikotropin ajralishini orttiradigan rilizing — gormon kortikoliberin, shu toifada qolganlari — tiroliberin, folliliberin, lyuliliberin, somatoliberin, prolaktoliberin deb ataladi. Gipofiz trop gonnonlari ajralishini kamaytiradigan moddalar statinlar deb ataladi, masalan: somatostatin, prolaktostatin shular jumlasidandir. Hozirgi kunda liberin va statinlar tibbiy amaliyotda qo‘liana boshlandi, bu borada katta ilmiy ishlar olib borilmoqda. Gipofiz old qismi gormonal moddalari qatoriga kortikotropin, somatotropin, tirotropin, menopauzali hamda xorionik gonadotropin, prolaktin, ular me’da-ichak shirasi ta’sirida parchalanadi, parenteral yoilar orqali yuboriladi. Kortikotropin yoki AKTG buyrak usti bezlari faoliyatiga ta’sir ko'rsatadi, ularda kortikosteroidlar, ayniqsa, glyukokortikoidlar hosil boiishini, ajralishini orttiradi. Kortikotropin ta’sirida buyrak usti bezlarida askorbinat kislota va xolesterin kamayib ketadi, chunki kortikosteroidlar xolesterindan hosil bo'ladi. Kortikotropin ta’siri asosan glyukokortikoidlarga o'xshab ketadi — yallig'lanishga, allergiyaga qarshi, immunodepressiv xususiyatlari bor hamda uglevodlar, oqsillar almashinuviga ta’sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, kortikotropin miya qon tomirlari tonusini, o'tkazuvchanligini, ekstrapiramid sistemaning faolligini me’yorlashtiradi. Kortikotropin revmatizm, poliartrit, bronxial astma, leykoz, neyrodermitlar, ekzemalar hamda allergik kasalliklami davolashda keng qo'llanilardi, hozirgi kunda bu kasalliklami davolashda glyukokortikoidlar hamda yallig'lanishga qarshi boshqa moddalar ko'proq qo'llanadi. Kortikotropin asosan glyukokortikoidlar bilan uzoq vaqt davolanganda, buyrak usti bezi faoliyatini Qshirish uchun qo'llanadi. Kortikotropin miya shishida, miyada qon aylanishi yetishmovchiligida, xoreya, parkinsonizm kasalliklarida ham qo'llanadi. Organizmda unga nisbatan antitelolar paydo bo'lishi, allergik holatlar, uyqusizlik yuzaga kelishi hamda qon bosimi oshishi mumkin. Somatotropin anabolik xususiyatga ega, modda oqsillar — aminokislotalaming hujayraga o'tishiga to'sqinlik qiladi, natriyni tutib qoladi. Mukopolisaxaridlarai, ayniqsa, xondroitinser kislotaning hosil bo'lishiga, uning almashinuviga ijobiy ta’sir ko'rsatishi tufayli somatotropin osteogenez, xondrogenez jarayonlarini kuchaytiradi. Modda yog' almashinuviga ham ta’sir ko'rsatadi, lipaza fermentining faolligini, qonda erkin yog' kislotalar miqdorini ko'paytiradi, insulinga qarshi ta’sir ko'rsatadi, qonda qand miqdorini oshiradi. Somatotropin asosan davo sifatida organizmda bu modda yetishmovchiligi tufayli kelib chiqadigan gipofizar pakanalikda qoilanadi. Gipotalamusdan somatotropinga qarama-qarshi gormon Download 29.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling