O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Download 349.11 Kb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
2 3 O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni “Umumiy psixologiya” fani bo„yicha tuzilgan dastur talabalarning olam, jamiyat va insonning urganishi psixologik bilimlarga zaruratning mavjudligi; ularning dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda psixologik qonuniyatlarni o„rganish ehtiyojining mavjudligi; inson psixologiyasining umumiy psixologik qonuniyatlarini, shaxs va voqyelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami orasidagi munosabat, voqelikni anglashi, olamni psixologik tahlili, psixologik hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilanligi xarakterlaydi. Umumiy psixologiya fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo„lib, 1-2-3- kurslarda o„qitilishi maqsadga muvofiqdir. “Umumiy psixologiya” fani va ijtimoiy- gumanitar fanlar turkumiga kiradi va u Psixologiya (sport) bakalavriat ta‟lim yo„nalishida o„qitilqdi. U boshqa fanlarni o„qitishda asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu kursning asosiy vazifasi talabalarda umumpsixologik bilimlarni shakllantirish. Bu fan o„quv dasturi oltita bo„limdan iborat: “Psixologiya fan sifatida”, “Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti”, “Shaxs psixologiyasi”, “Psixik jarayon: tasnif, xususiyat, qonuniyatlar”, “Psixik holatlar”, “Shaxs xususiyatlari”ga doir ma‟lumotlarni o„zida mujassamlashtiradi. I. O‘quv fanining maqsad va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda umumiy psixologik bilimlarni nazariy asoslarini, hayotidagi psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini, shaxsning kamoloti va unga ta‟sir ko„rsatuvchi omillarni tadqiq etish ko„nikmasini hosil qilishdan iborat. Umumiy psixologiya fanini o‘qitish vazifalari quyidagilarni hal etishga qaratilgan: - umumiy psixologiya muammolarini yechimini topishning asosiy yo„nalishlari haqida; psixologiyani vujudga kelish va rivojlanishi tarixi haqida; umumiy psixologiyaning tizimlari, tamoyillari, mexanizmlari, kategoriyalari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi; - hayot faoliyatida shaxs shakllanishining metodlari, funksiyalari, tamoyillari; insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holati optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishida har xil usullarini qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; -har xil xarakterdagi empirik materiallarni umumlashtirish va tahlil etish; odam faoliyatini, xulq-atvorini va muomalasini psixologik baholash; psixologiya metodologiyasi muammolarini shakllantirish vositalarini qo„llash malakalariga ega Download 349.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling