O’quv kursining sillabusi


Download 114.25 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi114.25 Kb.
#1427355
  1   2   3
Bog'liq
Sillabus (moliya 2-kurs) (1)





O’QUV KURSINING SILLABUSI
(2022/2023 o‘quv yili)

Fanning to‘liq nomi:

Moliya

Fan kodi: ML 1314

Fanga ajratilgan kreditlar (ECTS): 9

davomiyligi:
2 semestr (3-4)

Kafedra:

Moliya”

Bilim sohasi:

400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq

Ta’lim sohasi:

410 000 – Biznes va boshqaruv

Fan qaysi yo‘nalish talabalari uchun:

60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60410600 - Sug‘urta ishi
60412800 - Elektron tijorat
60412100 - Xalqaro valyuta kredit munosabatlari ijrosi

Fan ma’ruza o‘qituvchisi:

PhD N.Xidirov

Fanga ajratilgan umumiy soatlar: 270

Email: xidirov_nodir@tfi.uz

Fan seminar mashg’ulotlari o‘qituvchisi:

o'q-st. N.Nazarov

Prerekvizitlar: Fanni o‘qitishni dolzarbligi – ushbu fan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishishda ulardan samarali foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimi amal qilish qonuniyatlari kabi masalalarni qamrab oladi. Mamlakat moliya tizimi rivojlanish qonuniyatlarini bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lish, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi.

Tanlov turi: majburiy fan

Fanning qisqacha bayoni: Fanning qisqacha bayoni: “Moliya” fani majburiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, yuqorida ko’rsatilgan bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining 2-kursida o’qitilishi rejalashtirilgan. “Moliya” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi hamda barcha iqtisodiy bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida ham o’rganiladi. Mazkur fan moliya tizimlarini tashkil qiluvchi pul, bank ishi, kredit, investitsiyalar, aktivlar, majburiyatlar, moliyaviy risklar hamda moliyaviy instrumentlarni boshqarish, yaratish va o’rganishni tasvirlab beradi.

Fаnning mаqsаdi talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, pul oqimlari harakati, moliyaviy boshqaruv, moliya nazariyalari, moliyaviy infratuzilma, moliyaviy yangiliklar, pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili, moliyaviy hisobotlar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, moliyaviy risklar, moliyaviy siyosat, moliyaviy nazoratni tashkiliy asoslari, sug‘urta, xalqaro moliya munosabatlari va boshqa shu kabi moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.

Download 114.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling