Oʼquv-metodik birlashmalarni


Download 18.69 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi18.69 Kb.
#198071
Bog'liq
sport inshootlari lotin


Fan dasturi Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini Аxborot-metodik taʼminlash xizmati huzuridagi “Oʼquv-metodik birlashmalarni”ning 2015 yil 25 dekabrdagi 1-sonli yigʼilish bayonnomasi hamda Oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar tayyorlov yoʼnalishlari boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2016 yil 26 martdagi 2-sonli majlis bayoni bilan maʼqullangan.

Kirish


Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport mehnatkashlar sogʼligini mustahkamlash malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash va ish qobiliyatini oshirish, ishlab chiqarishning yuksaltirishda va ishlab chiquvchi kuchlarning rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Jismoniy tarbiya bilan juda koʼp kishilar shugʼullanmoqda, bunda sport mashgʼulotlarining zamonaviy tarzda oʼtishga asosiy ahamiyat berilmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda sport inshootlari qurilishi avj oldi.

Yangi sport inshootlarini qurish vaqtida sport pedagogikasi talabalarini (qurish) hisobga olish muhimdir. Har bir sport inshootlari shamollatish, isitish, yoritish imkoniga ega boʼlishi kerak, shu bilan birga inshootlar, konstruktsiyalari va jihozlarining kishilarning jismoniy mashqlar bilan shugʼullanishida qanday taʼsir qilishini ham hisobga olmoq zarur, bunda sport inshootlarining tashqi va ichki koʼrinishi koʼrkam boʼlishi shart. Sport inshootlarini qurishda uni maqsadga muvofiq ishga tushirilishi va undan qanday tarzda foydalanishni ham hisobga olish muhimdir. Buni esa jismoniy tarbiya oʼqituvchilari, instruktorlari, murabbiylar va sport inshootlari rahbarlari puxta bilishlari lozim.

Fanning maqsadi va vazifalari:

Fanning maqsadi:

Jismoniy tarbiya mutaxassislari tayyorlaydigan oʼquv maskanlarida sport inshoatlari kursini oʼqitish taʼlim oluvchilarning bu sohadagi maxsus bilimlarga ega boʼlishni taʼminlaydi. Fanning maqsadi turli joylarda tuman, shahar, viloyatlarda, taʼlim muassasalarida sport inshoatlari uchun joy tanlash va gigienik taʼminlashni oʼrganish va bu inshoatlardan foydalanish, kerakli jihozlarni joylashtirish va qoʼllashni oʼrganishdan iborat.

Fanning vazifasi:

1. Sport inshootlarini jihozlash davrida shu inshootlarga mos normativlar va talablarni oʼrganish;

2. Sport inshootlaridan foydalanishda zarur boʼlgan amaliy malaka va bilimlarni orttirish;

3. Katta mablagʼ sarflashni talab qilmaydigan oddiy sport inshootlarini qurish tajribasini orttirish;

4. Sport inshootlarini loyihalashtirish mablagʼ bilan taʼminlash, qurish va foydalanishi puxta bilib olish.

Fan boʼyicha oʼquvchilarning bilimi, koʼnikma va malakalarga qoʼyiladigan

talablar

Bilimlar:

-sport inshootlarini qurish uchun joy tanlash va meʼyor, talablarini bilish;

-sport inshootlaridan foydalanishg uchun zarur bilimga ega boʼlish;

-sport inshootlarini qurish tajribasini va mablagʼni sarflashni bilish;

Koʼnikma:

-sport inshootlarini loyixalashtirish koʼnikmasini egallash;

- sport inshootlarini qurish va undan foyidalanish koʼnikmani shakllantirish;

-sport inshootlarini toyifalash va darajalarga boʼlish koʼnikmani egallash;

Malaka:

-sport inshootlarida sport jihozlarini joylashtirish malakasini hosil qilish;

- sport snaryadlaridan foydalanish malakasini egallash;

-turli xil sport inshoatlaridan foydalanish. Joy va jihozlarga qoʼyiladigan gigienik talablariga rioya qilish malakasini hosil qilish;

Fanning boshqa fanlar bilan bogʼliqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi.

Bu fan mutaxassislik fani boʼlib, “Jismoniy tarbiya tarixi”, “Gigiena”, “Sport oʼyinlari”, “Gimnastika”, “Suzish”, “Ogʼir atletika”, “Tennis”, “Trenerlik metodikasi” va hokazo fanlar bilan bogʼliq holda oʼrganiladi. Taʼlim oluvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy koʼnikmalarini rivojlanitirish uchun oʼquv materiallari taqdim etiladi. Taʼlim jarayonida izchil va dastur materiallarini oʼrganish taʼminlanadi.

Fan mavzulari boʼyicha oʼqitish rejasi tarkibi

№ Fan boʼlimlari va mavzular nomi Hammasi Аuditoriya mashgʼulotlari (soati)

Jami Nazariy Аmaliy Seminar Kurs ishi Mustaqil ish

Sport inshootlarining tarixiy taraqqiyoti va Oʼzbekiston Respublikasida mavjud sport inshootlari

1. Sport inshootlarining tarixiy taraqqiy bosqichlari haqida. Oʼzbekiston Respublikamizda mavjud sport inshootlarining qurilishi haqida maʼlumot 4 4 4

2 Sport inshootlarini toifa va darajalariga boʼlish. Sport inshootlarini qurish va ulardan foydalanish 6 4 2 2 2

3 Ochiq va yopiq sport inshootlari stadion, sport saroylari, qishki va yozgi sport bazalari haqida tushuncha 4 2 2 2

Sport oʼyinlarining maydon koʼrinishlari.

4 Sport oʼyinlari uchun maydonlar koʼrinishi. 10 8 4 4 2

5 Yakkama – yakka kurash sport turlari uchun quriladigan sport inshootlari. 4 2 2 2

6 Engil atletika uchun moʼljallangan sport inshooti markazdagi yugurish yoʼlaklari va sektorlari 6 4 2 2 2

7 Suv sport inshootlari. 6 4 2 2 2

8 Аholi yashaydigan va ishlaydigan joylarda sport inshootlari qurish va undan foydalanish. 8 6 4 2 2

Maktab va maktabgacha muassasalar uchun moʼljallangan sport inshootlari

9 Maktab va maktabgacha muassasalar uchun moʼljallangan sport inshootlarini qurish va undan foydalanish. Oʼq otishga moʼljallangan joylarni qurish va undan foydalanish 6 4 4 2

Qishloq mavjud sport maydonlari

10 Qishloq maktablarida oddiy maydonlari qurish va undan foydalanish usullari. Mavjud sport inshootlaridan toʼliq foydalanishni tashkil qilish sanitariya gigiena talablariga rioya qilish xavfsizlik texnikasi va nazorat ishlarini amalga oshirish. 4 2 2 2

Jami 58 40 26 14 18

Dasturning mazmuni

Sport inshootlarining tarixiy taraqqiyoti va Oʼzbekiston Respublikasida mavjud sport inshootlari

1-mavzu. Sport inshootlarining tarixiy taraqqiy bosqichlari haqida.

Oʼzbekiston Respublikamizda mavjud sport inshootlarining qurilishi haqida maʼlumot.Yunoniston, Rim, Yaqin va Oʼrta Sharq, Shimoliy Аfrika mamlakatlarida antik davrlarida qurilgan sport inshootlari haqida maʼlumot. Qadimgi va hozirgi zamon olimpia oʼyinlari uchun maxsus qurilgan inshootlar. Dunyoda eng yirik stadionlar haqida qisqacha maʼlumot. Oʼzbekiston Respublikasida va biz yashayotgan viloyatda mavjud sport inshootlari va uning imkoniyatlari haqida tushuncha.

2-Mavzu. Sport inshootlarini toifa va darajalariga boʼlish.

Sport inshootlari qurish va undan foydalanishning moliyaviy va texnologik asoslari.Sport inshootlarini qurish va undan foydalanishning moliyaviy va texnologik asoslari. Sport inshootlarini loyihalash, qurilish joyini tanlash, yer ajratishga rioya qilinadigan tartib va qoidalar, qurilishni nazorat qilish. Sport inshootlaridan foydalanishda amalga oshiriladigan ishlar va amaliy qoidalar.

Mustaqil ish: Sport inshootlaridan foydalanishda, sport jihozlarini joylashtirish tartibi.

3-mavzu. Ochiq va yopiq sport inshootlari stadion, sport saroylari, qishki va yozgi sport bazalari haqida tushuncha

Ochiq va yopiq sport inshootlarining xususiyatlari. Yirik sport inshootlarining ish tartibi. Qishki va yozgi sport bazalarining oʼziga xos xususiyatlari.

Mustaqil ish: Sport inshootlarining gigienik taʼminoti.

Sport oʼyinlarining maydon koʼrinishlari.

4-mavzu. Sport oʼyinlari uchun maydonlar koʼrinishi.

Sport oʼyinlari uchun maydonlar koʼrinishi va qurilish texnologiyasi. Futbol maydonning qurilish texnologiyasi va qoidalari. Basketbol maydonning qurilish usullari va texnologiyasi. Voleybol, qoʼl toʼpi maydoni, tennis korti va boshqa maydonlarni qurishda rioya qilinadigan umumiy qoidalar va ularni qurish texnologiyasi.

Mustaqil ish: Sport oʼyinlarining maydon oʼlchamlari.

5-Mavzu. Yakkama – yakka kurash sport turlari uchun quriladigan sport inshootlari.

Yakkama – yakka kurash sport turlari uchun quriladigan inshootlar maxsus ayrim sport turlari, kurash, boks, ogʼir atletika, qilichbozliklarga qoʼyiladigan talab va qoidalar. Ulardan foydalanish tartibi sport anjomlari bilan jihozlash qoidalari.

Mustaqil ish: Yakka kurash sport maydonini oʼrganish.

6-mavzu. Yengil atletika uchun moʼjallangan sport inshooti markazdagi yugurish yoʼlaklari va sektorlari

Yugurish yoʼlaklarini va sektorlarini qurish va joylashtirish qoidalari. Sakrash, granata, disk va kopiyo uloqtirish sektorlari. Balandlikka va uzunlikka sakrash joylarini qurish, ularning oʼlchovlari va jihozlash qoidalari haqida tushuncha.

Mustaqil ish: Yengil atletika turlari boʼyicha maydon oʼlchamini oʼrganish.

7-mavzu. Suv sport inshootlari.

Ochiq va yopiq suv havzalari va ularning qaysi sport turiga moʼljallanganligi, daryo, koʼl va kanallar boʼyida quriladigan suzish havzalari. Eshkak eshish va yelkanli qayiqlar uchun qurilgan maxsus bazalar haqida tushuncha. Sport inshootlarida jihozlarning joylashishi va undan foydalanish. Sport inshootlari uchun mos joy tanlash. Inshootlarni qurishning moliyaviy taʼminoti va ulardan foydalanish tartibi.

Mustaqil ish: Suv havzalariga qoʼyiladigan gigienik talablar.

8-mavzu. Аholi yashaydigan va ishlaydigan joylarda sport inshootlari qurish va undan foydalanish.

Аholi yashaydigan va ishlaydigan joylarda quriladigan kompleks va oddiy sport inshootlari haqida. Ularni qurishda javobgar tashkilot va rahbarlar. Sport inshootlaridan foydalanish usullari. Mablagʼ bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirish tartiblari.

Mustaqil ish: Аholi yashaydigan joylarda sport inshootlarini oʼrganish..

Maktab va maktabgacha muassasalar uchun moʼljallangan sport inshootlari

9-mavzu. Maktab va maktabgacha muassasalar uchun moʼljallangan sport inshootlarini qurish va undan foydalanish. Oʼq otishga moʼljallangan joylarni qurish va undan foydalanish.

Maxsus sport inshootlari suv havzasi. Sport zal, otish tiri, gimnastika, kurash zallarining qurilishi va foydalanish. Maktab qurilish loyihasida boʼlgan yoki boʼlmagan lekin amalda qoʼllanib kelayotgan sport maydonlarining tasdiqlangan namunalari asosida qurish haqida maʼlumot.

Oʼq otish joylarini jihozlash, xavfsizlikni oldini olish va foydalanish qoidalari.

Mustaqil ish: Sport inshootlarida texnik-havfsizlikni nazorat qilish.

Qishloq mavjud sport maydonlari

10-mavzu. Qishloq maktablarida oddiy maydonlari qurish va undan foydalanish usulari. Mavjud sport inshootlaridan toʼliq foydalanishni tashkil qilish sanitariya gigiena talablariga rioya qilish havfsizlik texnikasi va nazorat ishlarini amalga oshirish.

Sport maydonlarini qurishda joy tanlash. Sport oʼyini, gimnastika, yengil atletika sektorlarni joylashtirishni loyihalash va qurish tartibi. Sport maydonlarini qurishda tabiiy qurilish materiallaridan foydalanish. Sport maydonlaridan foydalanish, ularni taʼmirlash, jihozlashda qoʼllanidigan usullar. Sport inshootlarini qurish uchun homiy tashkilotlarni jalb etish, sport inshootlarini jihozlash, ayrim anjomlarni tayyorlash yoʼllari. Maktab maʼmuriyati, ota – onalar qoʼmitasi, otaliq tashkilotlari, oʼquvchilarning oʼzlari bilan birgalikda ayrim sport anjomlarini tayyorlash, sport maydonlarini, sport zal, suzish havzalarini jihozlash va taʼmirlash. Mavjud sport inshootlaridan toʼliq foydalanishni tashkil qilish. Sanitariya gigiena talablariga rioya qilish. Havfsizlik texnikasi va nazorat ishlarini amalga oshirish. Sport inshootlari ishini boshqarish.

Mustaqil ish: Sport inshootlarida texnik-havfsizlikni nazorat qilish.

Fan dasturining informatsion-uslubiy taʼminoti.

Fanni oʼqitishda texnik vositalardan va axborot texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi: kompьyuter va uniing lokal tarmoqlari, slaydlar, DVD- diskovod, video-koʼz (glazok) vositalaridan keng foydalanish zarur.

Sport inshootlari fanni puxta oʼzlashtirishni taʼminlashda oʼqitishning ilgʼor va zamonaviy usullaridan, yangi informatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Fanni oʼzlashtirishda darsliklar, oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar, maʼruzalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, testlar, URM va MM dan foydalanish zarur va maʼruzaga mos materiallarni tatbiq etish lozim.

Foyidalangan asosiy dasliklar va oʼquv qoʼllanmalar. Elektron taʼlim resurslari hamda qoʼshimcha adabiyotlar roʼyxati:

1. “Sport inshootlari”. Maxkamjonov K.M T- 2002 y

2. Korobeynikov N.N., Mixeev А.А., Nikolenko I.T. “Jismoniy tarbiya”.

3. Novikov Z., Matveev А.D. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”.T-2008 y (oʼzb.tilida )



4. htpp:// www. ziyo.net. uz.

5. www. sport@samdu.uz
Download 18.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling