FUQAROLARNING TURAR JOY HUQUQLARIGA TAALLUQLI, KOMMUNAL XIZMAT VA OBODONLAShTIRISh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
O‘QUV SAVOLLARI
- Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish (MJtK 157-modda)
- Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzish (MJtK 158-modda)
- Turar joylardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish (MJtK 159-modda)
O‘QUV SAVOLLARI
4. Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik (MJtK 1591-modda)
O‘QUV SAVOLLARI
5. Uylarni qurish qoidalarini buzish (MJtK 160-modda)
6. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini buzish (MJtK 1601-modda)
7. Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish (MJtK 161-modda)
157-modda. Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish
Turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turar joy berish tartibini buzish, uylarga va turar joylarga ko‘chib kirishning belgilangan muddatlariga rioya qilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Ushbu huquqbuzarlikning yuridik tarkibi va tahlili:
157-moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning tajovuz obyekti uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, uylar va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlari tartibini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |